197
Rostlangan mexanizmlarning o‘zgarishi yoki biron bir qismlarning bo‘shalib
ketishi natijasida ham ishlamay qolish hollari ro‘y beradi.
Ayniqsa mashina detallarining
eyilishida material emiriladi, uvalanadi va
qoldiq deformatsiya sodir bo‘ladi.
Mashina detallarining emirilishi 3-ta asosiy turga: mexanik,
molekulyar
mexanik va korrozion mexanik eyilishlarga bo‘linadi (78-rasm|).
78-rasm. Eyilishning turlanishi
Kavitatsion-suyuqlik qattiq jismga nisbatan harakatlanishida vujudga
keladigan gaz pufaklarining sirt yaqinida yorilishi.
Fretting-kichik tebranma nisbiy siljishlar vaqtida
bir biriga uriluvchi
sirtlarning sodir bo‘lishi.
Fretting-korroziyadagi eyilish-detallarni dinamik yuklanish sharoitida juda
kam qaytma-ilgarlanma siljib sirpanib ishqalanishda sodib bo‘lishi.
Eyilish quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:
- Eyilish jadalligi - eyilish miqdorining bajarilgan ish hajmiga nisbati;
- Eyilish tezligi - eyilish miqdorining eyilish
vujudga kelgan vaqtga
nisbati;
- Eyilish chidamliligi – materiallarning ma’lum ishqalanish sharoitida
eyilishga qarshilik ko‘rsatish xossalari. Bu xossalar
eyilish tezligi va eyilish
jadalligiga teskari kattalik bilan baholanadi.
198
Mashina traktor agregatlari detalarining eyilishi texnik xizmatning o‘z
vaqtida va sifatli o‘tkazilishiga (moylash, tozalash,
mexanizmlarni rostlash va
boshqalar) ko‘p bog‘liq bo‘ladi.
Detallarning xizmat qilish vaqtini ortishi bilan ularning eyilishi ortadi.
Tutash detallarning eyilishida xarakterli 3-ta davr bo‘ladi (79-rasm).
79-rasm. Detallar eyilishining xarakterli egri chizig‘i
Mashina traktor agregatlarining nosozligini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli
texnik xizmat ko‘rsatish, tegishli foydalanish materiallaridan
foydalanish va
texnikaviy eksplutatsiyaga rioya qilish uni shlash muddatini oshiradi.
Mashina traktor agregatlari qancha mukammal bo‘lmasin amalda uning
barcha tashkil etuvchi qismlarini bir xil absolyut ishonchli bo‘lishiga
erishib
bo‘lmaydi. CHunki mashinani tashkil etuvchi qismlarini tayyorlashda ularning
o‘lchamlari, materiallarining sifati bir turli bo‘lmaydi.
Mashina traktor agregatlari qancha takomillashtirilgani
sari ishonchliligi
kamayib borishi mumkin. Ishonchlilikning yagona va kompleks ko‘rsatkichlari
tajriba o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. SHuning uchun mamlakatimizda katta