Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Eyilishlar va ularni o‘zgarish xarakteri
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
24.4-§. Eyilishlar va ularni o‘zgarish xarakteri
Detallarga ishlov berganda ularning yuzalarida chiziqlar va g‘adir- budirliklar qoladi. SHuning uchun detallar ishlaganda bu g‘adir-budirliklar ishqalanuvchi yuzalarda bir-biri bilan ilashadi. Mashinaning dastlabki ish davrida detallarning sirtlari tez sur’atlar bilan eyiladi. Bu davr mashinani chiniqtirish yoki detallarni ishlatib, bir-biriga moslash davri deb ataladi. Mashinaning ishlashi davomida uning detallari eyilishda davom etadi, lekin juda sekin eyiladi. Bu me’yoriy foydalanish davri deb ataladi. Ma’lum muddat ishlagandan keyin eyilish yana tezlashadi, chunki ishqalanuvchi yuzalar orasida tirqish kattalashib, zarbli yuklama paydo bo‘ladi. Bu vaqt mexanizmda nuqson paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Detallar sirti eyilishining o‘zgarish xarakterini yuqoridagi 79-rasmdan ko‘rish mumkin. Eyilish sur’ati deganda vaqt yoki ishqalanuvchi yuzalarning bir-biriga nisbatan o‘tgan yo‘li birligiga eyilishning kattalishishini tushunish kerak. Eyilish sur’atiga quyidagilar ta’sir etadi: ish sharoiti (solishtirma bosimlar, yuklama xarakteri, nisbiy tezliklar, temperatura). Bosim va nisbiy tezlik qancha katta bo‘lsa, eyilish sur’ati shuncha tez bo‘ladi. Ortiqcha yuklama, titranish, o‘zgaruvchan va zarbiy yuklamalar ham eyilish sur’atini tezlashtiradi. Detallarning umumiy va ayrim joylarning ortiqcha qizishi eyilish sur’atini oshiradi va ularning shikastlanishiga olib keladi. Eyilish sur’ati yo‘l yoki vaqt birligiga nisbatan hisoblangan bajarilgan ishga mutanosib o‘zgaradi; materiallarning xossalari, ularning o‘zaro nisbati va ishda o‘zgaruvchanligi. Ma’lum xossali metallar uchun ularni moylash, moy miqdori, sifati va tozaligi muhim ahamiyatga ega. Etarli moylamaslik yoki past sifatli moy 203 eyilish sur’atini tezlashtiradi. Ichki yonuv dvigatellari uchun, bundan tashqari, nasosga kelayotgan yonilg‘ining va silindrlarga so‘rilayotgan havoning tozaligi ham katta ahamiyatga ega. Moy, havo va yonilg‘i eyilishga sabab bo‘ladigan turli aralashmalar bilan qanchalik ko‘p ifloslangan bo‘lsa, eyilish sur’ati shuncha tez bo‘ladi. Korroziya (zanglash) ga sabab bo‘ladigan moddalar qancha ko‘p bo‘lsa, detallar shuncha kuchli eyiladi; ishqalanuvchi yuzalarning juftlashtirilish, bir-biriga urinish va ishlov berilishi sharoitlari. YUzalarning quruq ishqalanishi, uzellarning o‘qdoshligi, yuzalar va o‘qlarning parallelligi, tikligining buzilishi eyilish sur’atini doim kattalashtiradi. Detallarni ishlab chiqarish nuqsonlari va tiklashdagi xatolar ham detallarning eyilishini tezlashtiradi va shikastlanishga olib keladi. Detallarning sirtiga qo‘pol ishlov berilganda sirtlari toza ishlov berilgan sirtlarga nisbatan tez eyiladi; eyilish mahsulotlarining turi va xossalari. Odatda yirik va qattiq zarrachalar eyilish sur’atini oshiradi. Eyilish xarakterining tahlili (79-rasm) shuni ko‘rsatadiki: - chiniqtirishda eyilish qancha kam va chiniqtirishdan keyin ishqalanuvchi juftning eyilish sur’ati qancha past bo‘lsa, mashinaning me’riy foydalanish vaqti shuncha ko‘p bo‘ladi; - detallar eyilishining o‘zgarish qonuniyati ishqalanuvchi juftning ishiga insonning aralashuvi zarur bo‘lgan vaqtni aniqlashga imkon beradi. - detallarning mashinaning ish vaqtida eyilishidan tashqari, qishloq xo‘jaligi texnikasini noto‘g‘ri saqlashda ham detallar eyiladi. Detalning zanglashi, darz ketishi, rezina va plastmassaning parchalanishi va boshqalar sababli mashinalar kuchli eyiladi va hatto shikastlanadi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling