Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish asoslari
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Таyanch iboralar
25-§. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish asoslari
25.1-§. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonida dala ishlarini qisqa muddat ichida bajarish zarurligi tufayli mashinalarning ishga tayyorligi qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Mashinalarga texnik xizmati ko‘rsatish esa ularga dala ishlarini bajarish davrida mustaxkam ishlashini nazarda tutadi. Dala ishlarini bajarish jarayonida mashinalar og‘ir sharoitda ishlaydi, ya’ni chang ko‘tarilib moylash mahsulotlari eskiradi, uyilish qismlari jadalligi ortadi, mexanizm va detallarning ishlashi yomonlashadi, o‘nqir cho‘nqirlarda ishlashi natijasida dvigatel, transmissiya detallari va yurish qismlari turlicha yuklanishda ishlaydi va eyiladi. Agar mashinalarni texnik jixatdan ishga yaroqli bo‘lishiga qaratilgan choralar o‘z vaqtida va sifatli bajarilmasa yuqoridagi omillarni ta’sir etishi natijasida mashinalarning foydalanish ko‘rsatkichlari ancha pasayishi va kamchiliklarining kelib chiqishi natijasida agregatlar to‘xtab qolishi mumkin. Bu esa mahnat unumdorligiga ta’sir etadi, ish sifati kamayadi, yonilg‘i-moylash maxsulotlari sarfi ortib texnikalarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ko‘payadi [10, 11, 12, 27]. Texnik xizmati ko‘rsatish - mashinalardan foydalanishda, foydalanishga tayyorlashda, tashish va saqlashda ularning sozligini, ish qobiliyatini texnik shayligini ta’minlash uchun bajariladigan ishlar majmuidan iborat. Mashinalarga texnik xizmat va ta’mirlash tizimi har bir aniq foydalanish sharoitiga qarab o‘zaro bog‘langan tadbirlar majmuidan iborat. Bu tadbirlar texnik xizmatni va ta’mirlashni tashkil etish texnologiyasini ifodalaydi, hamda normativ- texnik xujjatlarda ko‘rsatilgan sifat ko‘rsatkichlarini qanoatlantirishi lozim. Таyanch iboralar: chiniqtirish, solishtirma bosim, yuzalarning nisbiy siljish tezliklari, texnik xizmat ko’rsatish turlari, strategiyas, rivojlanish istiqbollari. 206 Xozirgi davrda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishning ikki tizimi: extiyojga va talabga muvofiq; ogohlantiruvchi-rejali texnik xizmat ko‘rsatish amalda qo‘llaniladi. Rejali - deb atalishining mohiyati shundan iboratki, hamma texnik xizmatlar turi ma’lum vaqtda, ya’ni reja- grafik bo‘yicha belgilangan holda o‘tkaziladi. Texnik xizmat tizimining «ogohlantiruvchi» deb atalishining mohiyati shundan iboratki, davriy texnik xizmatlarda bajariladigan texnologik operatsiyalar nosozliklarning vujudga kelishini, detallar eyilib sinishini oldini oladi. XUJJATLAR. Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish konstruktorlik xujjatlari normativ-texnik xujjatlar jumlasidan bo‘lib ular quyidagilardan iborat: Texnik tavsifnoma, foydalanish bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar to‘plami, formulyar va pasport. Texnik tavsifnomada mashinaning tuzilishi va ishlash tamoillari hamda texnik xarakteristikasi keltiriladi. Foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar to‘plamida mashinani ishlatish qoyidalari va texnik xizmatga oid ma’lumotlar beriladi. Formulyarda mashinaning parametrlari, ko‘rsatkichlari, uni ishlatilganligi va texnik holatiga oid ma’lumotlar beriladi. Pasportda mashinaning asosiy xarakteristikasi, parametrlari hamda mashina ishlab chiqarish korxonaning kafolat majburiyatlari keltiriladi. Formulyarda va texnik xizmat ko‘rsatish oylik-reja grafigida har bir texnik xizmatning o‘tkazilish vaqti, traktorning umumiy bajargan ish hajmini, ma’sul shaxs haqida aniq ma’lumotlar yozib boriladi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling