Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Traktor va mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

25.2-§. Traktor va mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish
turlari va davriyligi 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida traktorlarga, mashinalarga va avtomobillarga 
ko‘rsatiladigan texnik xizmatlar, ularning turlari, davriyligi GOST20793-86 da 
belgilangan [10, 11, 12].
Barcha turdagi traktorlar uchun texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mir qilish 
turlari belgilangan: 


207 
- CHiniqtirishda texnik xizmati ko‘rsatish (CH-TXK) 
- Har smenada texnik xizmati ko‘rsatish (KTXKT) 
- Raqamli texnik xizmati ko‘rsatishlar (TXK-1, TXK-2 TXK-3) 
- Mavsumiy texnik xizmati ko‘rsatish (baxorgi-yozgi ishlatish mavsumiga 
o‘tishda, kuzgi-qishgi ishlatish mavsumiga o‘tishda) 
- Alohida sharoitlarda ishlatishda texnik xizmati ko‘rsatish (qumli, toshli-
tog‘, balchiq joylarda, cho‘l va baland tog‘li joylarda, hamda past haroratli 
joylarning hususiyatlarini e’tiborga olgan xolda o‘tkaziladi) 
- Mashinalarni saqlashda texnik xizmati ko‘rsatish (uzoq saqlashga 
tayyorlashda, uzoq saqlash jarayonida, uzoq saqlashdan olishda) 
- Joriy ta’mir 
- Asosiy ta’mir 
- Texnik ko‘rikdan o‘tkazish.
Traktor va mashinalarga saqlash davrida o‘tkaziladigan texnik xizmatlar 
(saqlashga tayyorlash, saqlash jarayonida va saqlashdan olish davrida) GOST7751-
85 ga muvofiq amalga oshiriladi. 
Traktorlarga va murakkkab texnikalarga texnik xizmati ko‘rsatish quyidagi 
ketma ketlikda amalga oshiriladi: 
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-JR 
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-JR 
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-AR 
9-jadval 
Traktorlar va murakab mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi 
Mashinalar nomi 
O‘lchov birligi 
Xizmat ko‘rsatish davriyligi 
(muddati) 
TXK-1 
TXK-2 
TXK-3 
Traktor, kombayn va 
murakkab qishloq 
xo‘jalik mashinalari 
Moto-soat 
125(60) 
500(240) 
1000(960) 


208 
GOST20793-86 ga muvofiq amaliyotda texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi 
TXK-1 va TXK-2 uchun 10% ga TXK-3 uchun 5% gacha belgilangan 
davriylikdan avval yoki keyin o‘tkazilishiga ruxsat etiladi. 
Har kungi texnik xizmat (KTXK) har 10 soatdan keyin traktorning yoki 
mashinaning har bir smenasida o‘tkaziladi. 
Traktorlarga bahorgi-yozgi foydalanishga o‘tishdagi mavsumiy texnik 
xizmat havoning turg‘un issiqlik darajasi +5

S dan yuqori bo‘lgan vaqtda 
o‘tkaziladi, kuzgi-qishgi foydalanishga o‘tishda esa +5

S dan past bo‘lgan issiqlik 
darajasida o‘tkaziladi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling