Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Mashinalardan texnik foydalanishning asosiy


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

24.3-§. Mashinalardan texnik foydalanishning asosiy
ko‘rsatkichlari 
 
Puxtalik - mashina sifatini tavsiflovchi eng muhim hodisalardan biri 
hisoblanadi. Puxtalik deganda buyumlarning ko‘rilayotgan vaqt oralig‘ida yoki 
ma’lum ish sharoitlarida talab etilgan ish hajmini bajarish davomida o‘zining 
foydalanish ko‘rsatkichlarini belgilangan chegaralarda saqlagan holda 
topshiriqdagi vazifalarni bajara olish xossasi tushuniladi. Mashinalarning puxtaligi 
ularning ishga doim tayyorligi, ta’mirbopligi, saqlanuvchanligi va ko‘pga 
chidamliligi (umrboqiyligi) bilan tavsiflanadi. 
Mashinalarning ishga doim tayyorligi (buzilmay ishlashligi) - bu 
mashinaning ma’lum ish hajmini bajarish davomida buzilishlarni bartaraf etish 
uchun majburiy tanaffuslarsiz o‘zining ish qobiliyatini saqlash xususiyatidir. 
Ta’mirboplik - mashinaning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘li 
bilan buzuqliklarni va kamchiliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga 
moslanganlik xususiyatidir. Buzilganda qayta tiklash mumkin bo‘lgan detal va 
uzellar 
ta’mirlanadigan 
deb 
ataladi. 
Qayta 
tiklanmaydiganlari 
esa, 
ta’mirlanmaydigan detal va uzellar deb ataladi. 
Saqlanuvchanlik – buyumning saqlash va tashish vaqtida o‘zining texnik 
hujjatlarda ko‘rsatilgan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini saqlash xususiyati. 
Umrboqiylik (ko‘pga chidamlilik) - mashina (detal) ning o‘z ish qobiliyatini 
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashlarga to‘xtashlar bilan chekka holatgacha 
saqlay olish xususiyatidir. Mashinaning chekka holati samaradorlikning 
pasayganligi, xavfsizlik talabalari va boshqalardan kelib chiqqan holda ishlatishda 
davom ettirish mumkin emasligi bilan aniqlanadi. Mashinaning chekka holati 
texnik hujjatlarda ko‘rsatib o‘tiladi. 
Mashinaning puxtaligi uni ishlab chiqishda belgilab qo‘yiladi, ishlab 
chiqarishda ta’minlanadi va foydalanish davrida saqlanadi. Mashinalardan 


202 
foydalanish asosiy texnik tafsilotlari quyidagilardan iborat. Mashina bajaradigan 
ish hajmi - soat, kilometr, gektar va boshqa kattaliklarda, shu jumladan, shartli 
birliklarda o‘lchanadigan ish vaqti yoki hajmi iborat [23]. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling