Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Mashina traktor agregatlarining ish qobiliyati. Agregatlar va


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

24.1-§. Mashina traktor agregatlarining ish qobiliyati. Agregatlar va 
tizimlarining ish qobiliyatini yo‘qotishning harakterli ko‘rinishlari 
Mashina traktor agregatlaridan foydalanish jarayonida ular turli tashqi 
ta’sirlar ostida bo‘ladi, natijada ularda kamchilik va nuqsonlar kelib chiqadi. 
Mashina traktor agregatlaridan texnik foydalanish ularni joydan joyga 
ko‘chirish, saqlash va foydalanishda texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi 
[23]. 
Texnik xizmat ko‘rsatish deganda yangi yoki ta’mirdan chiqqan texnika 
vositalarini chiniqtirish (obkatka) yonilg‘i bilan ta’minlash, texnik ko‘rikdan 
o‘tkazish va ta’mir qilish tushuniladi. 
Har qanday texnik vositalar, qishloq xo’jaligi mashinalari, ularning tashkil 
etuvchi qismlari unumdorligi, tejamliligi, massasi, shakli, dizayni (pardozi) va 
boshqalarga bog‘liq bo‘lgan hossalarga ega. 
Mashina traktor agregatlaridan foydalanish jarayonida mana shu hossalari 
o‘zgaradi.
Bu hossalarni 5-ta guruxga ajratish mumkin: 
1. Foydalanish va iste’mol qilish hossalari (quvvat, tezlik, yonilg‘i sarfi va 
boshqalar); 
2. Ishonchlilik hossalari; 
3. Texnologik hossalari; 
4. Standartlanish, unifikatsiyalanish va o‘zaro almashuvchanlik darajasi; 
5. Dizayn (estetik ko‘rsatkichlari, tashqi ko‘rinishi v.x.k.z). 
Demak, foydalanish sifatini aniqlaydigan texnik parametrlarining barcha 
talablarini qoniqtiradigan texnika vositalari yaroqli hisoblanadi. 
Mashina traktor agregatlarining nosozligini aniqlashda, unga va ish 
sharoitlariga qo‘yiladigan asosiy va qo‘shimcha talablar nazarda tutiladi. 
Mashina traktor agregatlarining foydalanish ko‘rsatkichlarini talab etilgan 
muddat yoki ish hajmini bajarguncha bo‘lgan oraliqda barcha funksiyalarini 
bajara olish hossasi ishonchlilik deb aytiladi. Mashina traktor agregatlarining 


196 
ishonchliligi uning buzilmasdan ishlashi, ta’mirbobligi, saqlanuvchanligi va 
qismlarining har xil yuklamalarga chidamliligi bilan ifodalanadi. 
Mashina traktor agregatlarining foydalanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar 
kiradi: 
1. Bajariladigan ish hajmi
2. Xizmat muddati; 
3. Resursi; 
4. Garantiya muddati; 
5. Garantiyalangan ish hajmi. 
Mashina traktor agregatlarining texnik holati va texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari barcha muddatlarda barqaror bo‘lmay foydalanish jarayonida 
o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlarga detallarining uzluksiz eyilib borishi, 
mexanizmlarining texnologik toliqishi sabab bo‘ladi. 
Mashina qism va detallarining eyilishi quyidagi omillarga bog‘liq: 

Detallar tayyorlangan materialning kimyoviy va fizikaviy hossalariga

Ishqalanuvchi sirtlarning ishlash sharoitiga; 

Solishtirma bosim miqdori va nisbiy siljish tezligiga; 

Detallar issiqlik darajasiga; 

Moylash sifati va moy miqdoriga. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling