Mashinalaridan foydalanish, texnik


Senaj tayyorlash texnologiyasi


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Senaj tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy 
holda dalada quritish, aralashtirish, qatorga uyumlash va ag‘darish, namligi 50-
55% bo‘lganda yig‘ish bilan birga 2-3 sm. uzunlikda maydalash, transport 
vositasiga ortish va tashish, senaj tayyorlanadigan joyga yoki transheyaga joylash, 
zichlash va havo o‘tmaydigan qilib berkitish.
O‘t uni tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy 
holda dalada quritish, bir qatorga uyumlash, uyumlarni ag‘darish, yig‘ish bilan 
birga 3-4 sm uzunlikda maydalash, transport vositasiga ortish va tashish, barabanli 
quritgichlarda quritish, quritilgan massani un holatigacha maydalash yoki granula 
tayyorlash va omborxonaga saqlash uchun qo‘yish. 
Silos tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish bilan birga maydalash 
transport vositasiga yuklash, tashish, silos transheyasiga tushirish va shabbalash, 
zichlangan massani ustidan somon va tuproq qatlami bilan berkitish. 
Texnologik jarayonlarini bajarishda mashinalarning maqbul rejimda 
ishlashini ta’minlash uchun uning barcha qismlarini rostlash talab etiladi. Masalan, 
ko‘p yillik va ekilgan o‘simliklarni qirqish balandligini shunday o‘rnatish kerakki, 
bunda qirqish balandligi o‘simlikning ildiz bo‘ynidan yuqoriroq bo‘lishi kerak. 
Aks holda ko‘p yillik o‘simliklarni qayta o‘sishi kamayadi.
SHu bilan birga xashak yig‘ishtirivchi mashinalarning ishchi qismlari 
o‘simlik poyalarini shikastlantirmasligi, tuproq bilan ifloslantirmasligi, barg va 
gullarini to‘kmasligi kerak. 


191 
Em-xashak tayyorlashda turli xildagi o‘t-o‘rgichlar, o‘rgich-ezgichlar, 
aralashtirgichlar, ag‘dargichlar, g‘aramlagichlar, ortgichlar, zichlagichlar, o‘rgich-
maydalagichlar, em-xashak va silos yig‘ishtirish kombaynlari va boshqa 
mashinalardan foydalaniladi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling