Mashinalaridan foydalanish, texnik


a) v) 73-rasm. O‘t-o‘rgich (a) va o‘rgich-ezgich (v) mashinalar


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

a) v)
73-rasm. O‘t-o‘rgich (a) va o‘rgich-ezgich (v) mashinalar 
Ezgichdan foydalanish o‘tning qurishini tezlatadi, beda poyalari va 
bargilarining bir vaqtda qurishiga, binobarin, barglarni saqlab qolishga imkon 
beradi va tayyorlanadigan pichanning sifatini oshiradi.
O‘zbekiston sharoitida beda va o‘tzorlar tashkil etish va ularni 
parvarishlashda bajariladigan umumiy ishlarni tashkil etish, urug‘larni ekish va 
parvarishlash ishlarini sifatli qilib amalga oshirishda maxsus qishloq xo‘jaligi 
mashinalaridan, ayniqsa etishtirilgan hosilni yig‘ishtirib olishda zamonaviy 
texnologiya va texnikalardan foydalanishni taqqazo etadi. 
Ko‘plab em-xashak tayyorlash texnologiyalari (rasm) mavjud bo‘lib, eng 
ko‘p tarqalganlariga quyidagilar: sochilgan va zichlangan xashak, senaj, silos va 
o‘simlik uni tayyorlash kiradi.
Sochilgan pichan tayyorlash texnologiyasi quyidagi ishlarni o‘z ichiga 
oladi: o‘simlikni o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, qatorga 
uyumlash va ag‘darish, uyumlarni to‘plash va transport vositasiga ortish va tashish, 
g‘aramlash, havo haylash yordamida namligini me’yorgacha kuritish. Bu 
texnologiya oddiy va kam xarajatli bo‘lsada. xashak isrofgarchiligi yuqori 
hisoblanadi.
Maydalangan pichan tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni o‘rish yoki 
o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, aralashtirish, qatorga uyumlash va 
ag‘darish, uyumlarni erdan ko‘tarish bilan birga o‘simliklarni 3-4 sm. uzunlikda 
maydalash, maydalangan massani transport vositasiga ortish va pichanxona 


190 
tashish va joylash, atmosfera havosi yoki ventiliyasiya yordamida namligini 
me’yorgacha kuritish. 
Zichlangan (presslangan) pichan tayyorlash texnologiyasi: o‘simlikni 
o‘rish yoki o‘rish-ezish, tabiiy holda dalada quritish, ag‘darish, qatorga uyumlash 
va ag‘darish, yig‘ish bilan birga zichlash va toylash yoki rulonlash, toy va 
rulonlarni to‘plash, transport vositasiga ortish va tashish, g‘aramlash yoki 
omborlarga joylash. Bunda tayyorlangan xashakka ob-havoning ta’siri kamayadi, 
sifati ortadi, ularni tashish va saqlash qulay, isrofgarchiligi kamayadi. Sarf-
xarajatlar birmuncha yuqori bo‘ladi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling