Mashinalaridan foydalanish, texnik


-rasm. Bog‘lardagi mevalarni yarim mexanizatsiyalashtirilgan usulda


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

65-rasm. Bog‘lardagi mevalarni yarim mexanizatsiyalashtirilgan usulda
qo‘lda terish komplekslari 
Hosilni yig‘ishtirib olish meva turlari, ekish sxemalari va qator orasining 
o‘lchamlariga qarab maxsus meva teradigan qurilmalar, mashinalar va 
kombaynlar bilan terib olinadi. Bunday mashinalar asosan pnevmatik va mexanik 
ishchi qismlar bilan jihozlangan. Kombaynlar qator oralari kengligi 6 m gacha va 
shoxlarining diametri 7 m gacha bo‘lgan bog‘zorlardagihamda qator orasi 3-4 m 
va diametri 3,5 m gacha bo‘lgan olcha, olxo‘ri va olma kabi yarim butali 
daraxtlarning mevasini yig‘ib olishda foydalaniladi. Mashinalar quyidagicha 
ishlaydi. 
Agregatlar 
meva 
daraxtiga 
yaqinlashib, 
ilgichlarni 
bir-biriga
yaqinlashtiradi va tebratgich ishga tushirilib daraxt tanasi silkitiladi. Tebranish 
natijasida uzilgan mevalar ilgichlarga to‘kiladi. So‘ngra ular qiya o‘rnatilgan 
ko‘ndalang transporterlar orqali bo‘ylama transporterga uzatiladi. 
Bunda to‘kilgan barglar va mayda chiqindilar ventilyator hosil qilgan havo
hisobiga mevalardan ajraladi va qarama-qarshi tomonga Harakatlanib, pastga – er 


179 
yuzasiga to‘kiladi. Bo‘ylama transporter chiqindilardan tozalangan mevalarni 
konteynerga uzatadi. 
Olxori tergich 
Olcha tergich 
Qorag‘at (smorodina) tergich 
Gilos tergich 
To‘kilgan olmani tergich 
Olma tergich 
66-rasm. Meva teradigan zamonaviy mashinalar 
Texnik qayta ishlov berishga mo‘ljallangan yoki tezda iste’mol qilinadigan
uzumlar hosili maxsus kombaynlari bilan yig‘ib olinadi.


180 
67-rasm Uzum hosilini yig‘ib olish jarayoni
 
 
Uzum hosilini yig‘adigan kombaynlar qator orasi 2-4 m, qiyaligi 5 
gradusgacha bo‘lgan maydonlardagi texnik navli uzumlarni silkitish usulida ishlov 
berish orqali yig‘ib olishga mo‘ljallangan.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling