Mashinali o’qitishda tanib olish va sinflashtirish masalalari


Asosiy tushunchalar va ta’riflar


Download 477.01 Kb.
bet2/9
Sana10.11.2023
Hajmi477.01 Kb.
#1762163
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu (O\'qit-li o\'qitish)(227-248)

2. Asosiy tushunchalar va ta’riflar


MO’ masalalar sinfi “timsol” (“obraz”) tushunchasi bilan uzviy bogʻliq. Timsol soʻzi inglizcha “Pattern recognition” soʻzidan olingan [38]. “Pattern” soʻzi timsol tushunchasidan tashqari “model”, “bogʻliqlik”, “uslub” kabi tushunchalarga ham toʻgʻri keladi. Hozircha MO’da va asosan sun’iy ong yaratishda timsol - bu umumiylik xususiyatiga ega boʻlgan obyektlar majmuasi deb tushuniladi.


Timsollarni tanib olish (sinflashtirish) masalalarida MO’ning asosiy vazifasi - bu obyektlarning bir-biriga mosligini oʻrganishda ishlatiladigan, ya’ni ularning oʻxshashligini aniqlaydigan tanib oluvchi qoidalarni topishdan iborat. Agar ikkita timsol oʻrtasida moslik mavjud boʻlsa, timsollar bir-biriga oʻxshash deyiladi,
Shunday qilib, O’qituvchili MO’ning timsollarni tanib olish (singlashtirish) masalasi - bu obyektlarning xossalarini oʻrganish asosida ularni oldindan berilgan sinflarga tegishli yoki tegishli emasligini tanib olishdan iborat.
Yuqorida keltirilgan sohalarda MO’ usullarining keng qoʻllanilishi quyidagi xususiyatlarga asoslanadi:
- oʻrganiluvchi obyektlarning murakkabligi, ya’ni ularning koʻplab sohalarga egaligi;
- obyektlar haqida toʻliq ma’lumotlarning yetishmasligi.
O’qituvchili MO’ asosida timsollarni tanib olishni (sinflashtirishni) asosiy muammosi, bu tanib oluvchi qoidani qurish va bu qoida yordamida obyektlarni talab etilgan ishonchlilik bilan oldindan ma’lum boʻlgan sinflarga qarashliligini aniqlashdan iboratdir.


3. O’qituvchili mashinali o’qitish tizimlarni yaratish bosqichlari


O’qituvchili MO’ tizim(MO’T)larini yaratish asosiy va qoʻshimcha bosqichlardan iborat. Asosiy bosqichga quyidagilar kiradi:


- BRni tuzish;
- mavjud masalani yechish jarayonida BRdan muhim yoki muhim emas belgilarni tanlash;
- muhim yoki muhim emas belgilarga mos QQQQni qurish;
- obyektlarni tanib olish yoki sinflashtirish usullaridan foydalanish;
- ET yoki sinov tanlanma(ST)dagi obyektlarning qaysi sinfga qarashli ekanligi haqida qaror qabul qilish.
Qoʻshimcha bosqichga quyidagilar kiradi:
- BRga yangi belgilarni kiritish;
- belgilarni muhim yoki muhim emas belgilarga ajratishni sharhlash;
- tanib olish (sinflashtirish) masalasini baholash uchun boshqa usullarni qoʻllash;
- tanib olish (sinflashtirish) jarayonini optimallashtirish.
Endi ushbu bosqichlarni amalga oshirish jarayonini koʻrib chiqamiz.
1-bosqichda obyektlar haqidagi ma’lumotlar idrok etiladi. Idrok etilgan ma’lumotlar obyektlarda belgilar sifatida qabul qilinadi.
2-bosqichda haqiqiy obyektlarda BR tanlanadi va ular kodlashtiriladi.
3-bosqichda haqiqiy obyektlarda tanlangan BRdan qaror qabul qiluvchi muhim yoki muhim emas belgilar ajratiladi.
4-bosqichda QQQQ topiladi va uning yordamida obyektlar taniladi yoki sinflashtiriladi.
Hozirgi vaqtgacha biz tanib olish muammosida shaxslarni avtomatlarga almashtirish haqida gapirgan edik. Endi bilimlarni amaliyotga qoʻllash masalasi bilan shugʻullanamiz. Shu ma’noda o’qituvchili MO’ning timsolni tanib olish (sinflashtirish) usullarining amaliyotda qoʻllanilishi MO’T deb yuritiladi.
O’qituvchili MO’Tlarining timsolni tanib olish masalalariga texnika va tibbiy tashxis, geologik qazilmalarning holatini aniqlash, obyektlarning statistik va dinamik holatini aniqlash, hosilning holatini belgilash, oʻrmondagi yongʻinni aniqlash va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish kabilarni kiritish mumkin.
Quyida o’qituvchili MO’T qoʻllaniladigan sohalarni qaraymiz [30]:


  1. Download 477.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling