Mashinasozlik sanoati


Download 38.35 Kb.
bet1/7
Sana26.01.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1124190
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mashinasozlik


Mashinasozlik sanoati 
Tarmoqning dastlabki korxonalari O’zbekistonda 20 yillarda shakllandi. Metallga 
ishlov berish, tamirlash ustaxonalaridan iborat. Toshkentda 1927 yilda mexanika zavodi 
(hozirgi "Qishloqmash") ishga tushiriladi. 
Unda paxta tozalash zavodlari uchun asbob uskunalar ishlab chiqariladi. 1932 yil 
Ekskavator zavodi, -yillar oxirida "Komunar" (Andijon) "kolxozchi" (Samarqand), 
"bolshevik" (Qo’qon) zavodlari ishga tushirildi. Urushdan keyin irrigatsiya qurilish va 
paxtachilik mashinalari hamda to’qimachilik kimyo va xalq xo’jaligining boshqa 
tarmoqlari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarila boshladi. 
Sanoat mahsulotlarining umumiy hajmida mashinasozlik sanoatining xissasi 1997 
yilda 12%ga chiqdi. 

Bu tarmoq bizda asosan mustaqillikka erishganimizdan keyin, shakllana boshladi. 


"Uzavtomash" uyushmasi 1994 yilda tuzilib hozir uning sharoitda 18ta korxona va 
tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. 1992 yilda "UzDEU" avto qo’shma korxonasi 1993 yil 
"avtoehtiyotqism" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ish boshladi. Samarqandda "Sam 
Koch-avto" ishga tushdi va yangi "UzavtoVAZ agregat" korxonalarida "LİAZ" (Rossiya) 
ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda avtobus va trolleybuslar ishlab chiqarish 
mo’ljallanmoqda. 1997 yilda O’zbekistonda 65 ming dona engil avtomobil ishlab 
chiqarildi. 

Tarmoqda 20% mashinasozlikning mahsulotini ishlab chiqariladi. Sobiq İttifoq 


respublikalari uchun g’o’za seyalkalari paxta terish mashimnalari, paxtachilikka 
moslashtirilgan chopiq traktorlarining asosiy qismi 1990 yillar boshigacha O’zbekistonda 
ishlab chiqarilgan.
Hozir mamlakatimizda juda ko’plab qishloq xo’jaligi uchun mashina va ehtiyot 
qismlar ishlab chiqaruvchi quyidagi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda: TTZ, 
Toshqishloqmash, Agregat zavodi, "Uzitalmator", Chirchiq qishloq xo’jalikmash, 
Bog’dorchilik mashinasozligi zavodi, "O’zqishloqloqxo’jalikxolding" kompaniyasi bilan 
birgalikda 7 ta qo’shma korxona . 
"O’zbekto’qimachilikmash" birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma 
tarkibida "ToshTo’qimachimash", "Qo’qonTo’qimachimash" Gagarin kukun 
mahsulotlari zavodi (Jizzax). Toshkent maxsus to’qimachiligi Konstruktorlik byurosi 
ishlab turibdi. 

Tarmoq asosan urush yilarida shakllana boshladi. Kabel zavodi "Faton" (lampa, 


generatorlar, radiolampalar) Chirchiq transformator zavodi mahsulot berdi. Urushdan 
keyin "Mikont" (radiodetallar, shisha izolyatorlar) ishga tushdi. 1982 yil Algoritm 
(EHMlar) ishga tushdi. Undan keyin "Zenit", so’ngra bu zavodda qo’shma korxona 
(Jan.Koreyaning "Goldstar" firmasi bilan videomagnitafon va videopleyerlar, Xitoyning 
Sintsiyan radio zavodi bilan hamkorlikda rangli telivizorlar ishlab chiqarila boshladi. 
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotning 80-90% eksport qilinadi va 
20dan ortiq boshqa mamlakatlar (Jan.Koreya, AQSh, Turkiya, Rossiya, Singapur) 
firmalari bilan qo’shma korxonalar barpo etilagan. 

O’zbekistonda urush yillari jangovor samolyotlar ishlab chiqarilgan Toshkent 


aviayiya zavodi 1941 yilda barpo etilagn, zavodda İL-14, AN-22, İL-76, İl-114 
samalyotlari ishlab chiqariladi. 1996 yildan "Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish 
birlashmasi" davlat AJ deb ataladi.

Ushbu tarmoq xunarmandchilikning bir qismi sifatida rivojlanadi. ©g’ochni tilish, 


qirqish, yo’nish, randalash, parmalash, o’ymakorlik, egar, sandiq, beshik, panjara, 
aravasozlik kabi juda ko’p tarmoqlar bo’lgan. 

Shaharlarda sanoat kombinatlarining yirik tsexlari bazasida yog’ochsozlik 


korxonalari (qurilish detallari, dereza, eshik boloklari tayyorlash) tashkil etildi. 
60-70 yillarda "O’zbekyog’ochqurilish", "O’zqurilishyog’ochsanoati" boshqarmalari 
barpo etilib, uning negizida ko’pgina takomillashgankorxonalar (Toshkent duradgorlik 
buyumlari zavodi, İtaliya, Germaniya, Shvetsiya firmalari bilan hamkorlikda) "Toshkent" 
yog’ochsozlik birlashmasi (parket, eshik, rom) Toshkent quyoshdan himoya uskunalari, 
DSP ishlab chiqaruvchi zavodlar va boshqalar faoliyat ko’rsatadi. 
Mamlakatimizda yog’och xom ashyosi taqchilligi tufayli yog’ochsozlik sanoatidagi 
mavjud quvvatlarning yarmidan foydalanilmoqda. Shuning uchun 1994 yil Vazirlar 
Mahkamasi "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o’suvchi yog’ochbop 
daraxtzorlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to’g’risida" qaror qabul qildi. Qarorda 
yaqin kelajakda har yili 5 mln metr kub sanoatbop va qurilish yog’ochi tayyorlash rejasi 
belgilangan. 
 
O’zbekistonda ko’p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Tsement, azbest-
yement, devorbop materiallar, yumshoq yopg’ich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy 
sharoitlardan qoplama materiallari, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, 
issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog’lovchi materiallar va ulardan buyumlar, 
sanitariya-gigiena jihozlari, polimer xom-ashyodan qurilish materiallari va buyumlar 
temir-beton konstruktsiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bor. Jami 100 dan 
ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. O’zbekistonda 1997 yilda 3.3 mln 
tonna tsement shiferlari, 5.2 mln kv metr deraza oynalari, 1 mln kv metr linolium ishlab 
chiqarildi.


Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling