Mashinasozlik sanoati


Download 38.35 Kb.
bet4/7
Sana26.01.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1124190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mashinasozlik

Go’sht sanoati. 
O’zbekiston aholisini 1930 yilarga qadar go’sht bilan mayda va tarqoq qassobxona va 
qulixonalar taminlab kelgan. Go’sht sanoati respublika xalk xo’jaligi rejasiga alohida 
tarmog’i sifatida 1932 yilda kiritilgan. Shu yil Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, 
Kattaqo’rg’on, Termiz, Qarshi, Qo’qon shaharlaridagi 8 ta shahar qassobxonasi, 
Samarqand va Buxorodagi muzxonani birlashtirgan "O’zgo’shtsanoat-sovitish" tresti 
tashkil etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyo’l 
shaharlaridagi go’sht xonalar, Xo’jayli, Urganch mol so’yish punktlari va Toshkent 
muzxona kombinati ham kiradi. 1965 yilda Respublika go’sht va sut sanoati vazirligi 
tashkil etildi. Ko’pgina shaharlarda go’sht kombinatlarida yuqori o’uvvatga ega kolbasa 
tsexlari qurildi, korxonalarda yangi texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot turlari ko’paydi. 
Respublika hozir o’zining mustaqil va etarli xom-ashyo bazasiga ega. Tarmoqdagi 
o’sish respublikada chorva mollari bosh sonini saqlab qolish va ko’paytirishga erishilgan 
holda taminlanmoqda va Turkiya, Germaniya firmalari bilan hamkorlmikda suyakni 
qayta ishlash, ichak mahsulotlari tayyorlash, go’shtni qadoqlash bo’yicha tadbirlar 
amaloga oshirilmoqda. 
Sut sanoati. 
Tarmoq korxonalarida sut-qatiq, saryog’, sut konservalar, quruq sut, pishloq, birinza, 
qaymoq, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. O’zbekistonda 
birinchi sut zavodi 1928 yilda ishga tushirilgan.
Sut sanoati korxonalarida bolalar uchun sut mahsulotlari (Toshkent, Samarqand, 
Namangan sut kombinatlari, buzoqlar uchun suniy sut(Namangan, Denov, Shahrixon sut 
kombinatlari)) ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Texnik kazein chet ellarga 
chiqarilmoqda. Jizzax va Navoiy sut kombinatlarida Gretsiya va Germaniya firmalari 
bilan hamkorlikda kazein ishlab chiqarish qo’shma korxonalari qurildi. Korxonalar 
xorijiy texnologiya, qadoqlash avtomatlari bilan jixozlanmoqda. "O’zgo’shtsutsanoat"
uyushmasi tarkibida 37 sut korxonasi 118 sut qabul qilish punktlari ishlaydi. Uyushma 
tarkibidagi "O’zmaxsusavtotrans" birlashmasi 2.5 mingdan ortiq avtomobil, 
avtorefrejirator, sut va yuk tashuvchi mashinalarga ega.

Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling