Mashinasozlik sanoati


Download 38.35 Kb.
bet6/7
Sana26.01.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1124190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mashinasozlik

Konserva sanoati 
Bizda bu tarmoqda asosan meva va sabzavotlardan konservalar ishlab chiqariladi. 
Tarmoq korxonalari hozir asosan "O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi 
tarkibiga kiradi. Korserva mahsulotlari ishlab chiqarishda "O’zbekbirlashuv"ning ulushi 
ham salmoqli. Bu tizimda 28t konserva zavodi bor. Konserva mahsulotlari Polsha, 
Germaniya, İtaliya, Yaponiya, Malayziya kabi mamlakatlarga eksport qilinadi. 
Respublika sanoati korxonalari yiliga 12 mlrd shartli banka mahsulot ishlab chiqarish 
quvvatiga ega. 50 dan ortiq agrofirma ishlaydi. "O’zbaliq" korporatsiyasi korxonalarida 
dudlangan baliq, Mqynoq baliq konserva kombinati chetdan olib kelinadigan xom 
ashyodan turli baliq konservalari (8.6 mln shartli banka baliq konservasi ishlab 
chiqaradi). 

Qand sanoati. 
Urushgacha bir necha qand zavodlari faoliyat ko’rsatgan. Urushdan so’nggi 
ixtisoslashuv o’zgarib, aholi ehtiyoji asosan chetdan keltirilgan qand mahsulotlari 
hisobiga qonlirilgan. Mustaqillikdan keyin tarmoqni rivojlantirishga katta etibor berildi. 
Respublikaning qzida qand lavlagi etishtirish imkoniyatlari kengligi tufayli quriladigan 
qand-shakar zavodlarida, qand-lavlagi xom-ashyosidan shakar olish texnologiyasi 
tanlandi. 1995 yil Turkiya firmalari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida Xozarasp 
tumanida qand-shakar zavodi qurib bitkazilib, sutkasiga 3000 t qand lavlagi qayta 
ishlanadi. 
Bundan tashqari qand lavlagini qayta ishlovchi zavodlar qurish uchun Frantsiya, 
Xitoy va Misr firmalari bilan shartnomalar imzolangan. 

Qandolatchilik sanoati. 
Bizda qadimgi qandolatpazlar uzum, tut shirasidan shinni asal, turli mevalarning 
shiralari, kunjut, un, o’rik magizi, yong’oq va boshqalardan xolva, novvot, pashmak, 
parvarda, nisholda, murabbo tayyorlaganlar. Hozir respublikada sanoat usulida 1000 dan 
ortiq turda qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yirik korxonalar Toshkent, 
Yangiyo’l, Samarqand, Namanganda joylashgan. "O’zbekbirlashuv" korxonalarida 15% 
qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Respublikaga chetdan qandolat mahsulotlari 
keltirish yildan-yilga kamaymoqda. 

Vino sanoati. 
Qadimda bizda musallas, sirka, bo’za kabi ichimliklar tayyorlangan. Rossiya 
Turkistonni bosib olganidan keyin Toshkentda İ.İ. Pervushin, Samarqandda D.Filatov 
vino zavodlari paydo bo’ldi. Rossiyadan ko’plab aholi ko’chib kelgandan keyin vinoga 
bo’lgan talab keskin ortdi.
Hozir tarmoq korxonalarining aksariyati "O’zbekmevasabzavotuzumsanoat" xoldiing 
kompaniyasi tarkibida. Mahalliy xom ashyoda ishlaydigan korxonalar Respublikaning 
barcha viloyatlarida bor.
Respublikada tarmoqqa tegishli 56 korxona bor. Eng yiriklari: "Toshkentvino", 
"O’zbekiston shampani" (Toshkent), "Zarafshon" (Samarqand), "Gulbuloq" (Andijon), 
"Mastona" (Qo’qon), "Shohruh" (Buxoro) va boshqalar. "Toshkentvino" kombinatida 
Angliyaning "Kriston" firmasi bilan hamkorlikda bir smenada 25 ming shisha Shotland 
viskisi ishlab chiqaradigan qo’shma korxona tashkil etilgan. Shuningdek, İtaliya, 
Germaniya, İspaniya firmalari bilan birgalikda qo’shma korxonalar mavjud. 
Mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi.


Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling