Mashinasozlik sanoati


Download 38.35 Kb.
bet2/7
Sana26.01.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1124190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mashinasozlik

Tsement sanoati. 
Respublikamizda 1913 yilda Xilkovo (Bekobod) tsement zavodi, 1927 yilda Quvasoy 
tsement zavodi ishga tushirildi. 1947 yil Angren, 1962 yil Ohangaron, 1977 yil Navoiy 
tsement kombinatlari ishga tushdi.
Tabiiy tosh (marmar, granit)lardan mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlangan. Bular 
sobiq İttifoqning katta-katta shaharlarni bezashda metro stantsiyalarida ishlatilgan. 
Manbalari: G’azg’on, Pangor, Sevasoy, Chorkesar (granit), Chust (trovertin). 

Engil sanoat 
Asr boshlarida Respublika engil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash 
korxonalaridan iborat bo’lib, yalpi sanoat mahsulotining 4/5 qismi shu sohaga to’g’ri 
kelgan. 
Hozirgi kunda tarmoq tarkibida paxta tozalash zavodlaridan tashqari to’qimachilik, 
trikotaj, shoyi to’qish, tikuvchilik, kon-poyafzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va 
attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 142 korxona mavjud bo’lib unda 300 mingdan 
ortiq kishi faoliyat ko’rsatmoqda va jami sanoat mahsulotining 17.6% bermoqda. 

Paxta tozalash sanoati 
Engil sanoat tarmog’ining asosiy bo’g’ini bo’lib, mahsuloti (paxta tolasi) 40dan ortiq 
mamlakatlarga eksport qilindi. O’zbekistonda 130ta paxta tozalash zavodi bo’lib ularda 
har yili 1.5 mln tonnadan ortiq paxta tolasi, 100 ming tonnadan ortiq lint, 2.5 mln tonna 
chigit, 200 ming tonna urug’lik chigit ishlab chiqariladi. 1992 yildan 
"O’zdavlatpaxtasanoatsotish" davlat aktsiyadorlik uyushmasi tashkil etilib uning 
tarkibida 12 viloyat va Qorqalpog’iston Respublikasi paxta tozalash sanoat birlashmasi 
"Toshkent Kanop zavodi" birlashmasi, Respublika ilmiy markazi faoliyat ko’rsatmoqda. 

Bu tarmoq uzoq tarixga ega. Tayyorlangan gazmollar (atlas, beqasam, baxmal, 


olacha) o’rta asrlarda Buyuk İpak yo’li orqali Evropa va Yaqin sharq mamlakatlariga 
chiqarilgan, ammo sanoat usulida gazmollar ishlab chiqarish 20-yillardan boshlandi. 
1930 yilda Farg’ona to’qimachilik, 1932 yil Toshkent to’qimachilik kombinati qurila 
boshlandi. Keyinchalik Buxoro, Andijon, Popda yirik korxonalar, Xivada gilam 
kombinati qurildi. Hozir O’zbekistonda 4 ta yirik kombinat, 30-dan ortiq yigruv-tikuv 
fabrikasi ishlab turibdi. Keyingi pytlarda chet el firmalari bilan (AQSh, Turkiya, İtaliya, 
Pokiston, Hindiston, Koreya va boshqalar) birga qo’shma korxonalar tashkil etildi va 
etilmoqda. 

Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling