Mashinasozlik sanoati


Download 38.35 Kb.
bet5/7
Sana26.01.2023
Hajmi38.35 Kb.
#1124190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mashinasozlik

 
moy sanoati. 
Bu tarmoqda hozirgi kunda yillik quvvati 3 mln.t. moyli o’simlik urug’larini qayta 
ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. Bu korxonalarda yog’, mayonez, margarin 
mahsulotlari, kirsovun, atirsovun, texnika moyi va boshqalar ishlab chiqariladi. Xom-
ashyo sifatida chigit, raps, zig’ir masxar urug’i, soya, meva danaklari ishlatiladi. 
Tarmoqda oziq-ovqat sanoati umumiy mahsuloti xajmining 40%ga yag’in beradi. Paxta 
moyi eksportga ham chiqariladi. Toshkent, Qo’qon, Farg’ona, Kosonsoy, Guliston, 
Kattaqo’rg’on, Denov, Urganch, Andijon, Yangiyo’l shaharlarida yog’-moy kombinatlari 
va yog’ ekstraktsiya zavodlari ishlab turibdi. Tarmoq korxonalari xorijiy firmalar 
uskunalari bilan jixozlanmoqda va bunda " Alfa-Laval" (Shvetsiya) Krupp, Sket 
(Germaniya) "Jen-Braun", "Korver", "Kraun" (AQSh), "Bolistra" (İtaliya) hamda Polsha
Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda. 

Elevator sanoati. 
O’zbekiston o’zining g’alla mustaqilligni dasturini amalga oshirishga kirishi bilan 
Respublikada don mahsulotlarini etishtirish ko’paydi. 1997 yilda bizda 3,8 mln.t. don 
etishtirildi. Qurilayotga va qayta jihozlanayotgan elevatorlar avtomatik dispecherlik 
boshqaruv sistemalari g’alla xaroratini avtomatik holda masofadan o’lchaydigan 
qurilmalar bilan jihozlangan. Barcha viloyatlarda joylashgan elevatorlar soni 45 taga etdi, 
ularning sig’imi 4,5 mln.t. g’allaning 65%i elevatorda saqlanadi.
 
Un tortish sanoati. 
XIX asrning ohirlarida O’zbekistonda zavod tipidagi un tortish korxonalari paydo 
bo’ldi. 1956 yilda "Uzdontayyorlov" negizida Respublika don mahsulotlari vazirligi 

tuzildi, 1992 yilda "Uzdonmahsulot" kontserni, 1994 yildan davlat aktsiadorlik 


korporatsiyasiga aylantirilgan. Keyingi yillarda sutkasiga 120 dan 500 tonnagacha don 
tortadigan 23 ta korxona qurildi. G’alla mustaqilligni tamirlash dasturi amalga oshirishi 
bilan ilgarigi g’allani chetdan olib kelib ishlaydigan korxonalar mahalliy don 
mahsulotlari bilan taminlanmoqda. Hozirgi "O’zdonmahsulot" korporatsiyasi tarkibida 9 
navli un, manniy yormasi ishlab chiqaradigan 52 zavod mavjud ularning 17 tasi 
zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan.

Non sanoati 
O’zbekistonda sanoat usulida non pishiradigan birinchi korxona Toshkent non zavodi 
1929 yilda ishga tushgan. Keyinchalik yirik shaxarlarda (Toshkent, Nukus, Jizzax, 
Angren, va b.) yirik non zavodlari va nonvoyxonalar qurilib ishga tushirildi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar 
bilan jixozlash non turlarini ko’paytirish yo’nalishlarida muxim ishlar amalga oshirildi.
Non sanoati korxonalarida nonning 300 dan ortiq turi tayorlanadi. 

Download 38.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling