Mashinasozlik tenologiyasi


Vakuum bo‘yicha izlash usullari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana30.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1141997
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
Kitob 6511 uzsmart.uz

Vakuum bo‘yicha izlash usullari 
Vakuum bo‘yicha sizishni izlash usuli nazorat qilinadigan buyumning 
tutash hajmida vakuumning pasayishini yoki ana shu hajmda paydo
bo‘lgan sinov gazi molekulalarini qayd qilishga asoslangan. Vakuum 
bo‘yicha izlash usulining sezgirligiga buyum bo‘shlig‘ining kir, moylar va 
hokazolardan tozalanganlik darajasi kuchli ta’sir qiladi. Nazorat qilishdan 
oldin buyumning yuzasi erituvchilar bilan bir necha marta yuviladi va 
artiladi, ayrim hollarda esa yaltiraguncha silliqlanadi. 
Buyumning tuzilishi va shakliga qarab nazoratning bir necha 
prinsipial sxemalari qo‘llaniladi . Geliyli kamera va vakuumli
so‘rg‘ichlar bilan nazorat qilish eng keng tarqalgan.
Birinchi holda nazorat qilinadigan buyum geliy bilan to‘ldirilgan 
kameraga joylanib, zarur bosimgacha vakuum hosil qilinadi va zichligi
buzilgan buyum ichida geliy ionlarining paydo bo‘lishi asbob bilan qayd 
qilinadi. Ikkinchi holda ma’lum ortiqcha bosim bilan geliy to‘ldirilgan 
buyumning tashqi yuzasiga vakuum kamerasi qo‘yilib,uning bo‘shlig‘ida
vakuum hosil qilinadi . Kamerada geliy ionlari paydo bo‘lishi geliy bilan
sizishni izlagich yordamida qayd qilinadi. 
Nazorat usuli konstruktor aniqlaydigan buyumning zichlik sinfiga 
qarab tanlanadi. Masalan, atom energetikasida foydalanish sharoiti va
ta’mirlash imkoniyatlariga qarab hamma uskunalar beshta zichlik sinfiga
ajratiladi. Zichlik sinilarining har biriga sezgirlik darajasiga bog‘liq holda 
muayyan sinov usullari mos keladi. 
Ishlatilishi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgani bois ishochlilik 
dardjasi juda yuqori bolishi zarur bolgan muhim detallar kiritiladi. 
Sizishni ishlash juda sermehnat va uzoq davom etadigan operatsiya 
bo‘lib, ishlab chiqarish madaniyati yuqori saviyada bo‘lishini talab qiladi. 
SHu 
sababii 
hozirgi 
vaqtda 
bunday 
sinovlaming 
butun 
siklini
avtomatlashtirishga harakat qilinmoqda. Ayrim sanoat tarmoqlarida nazorat 


yuqori 
darajada 
unumdor 
va 
ishonchli 
bo‘lishini ta’minlovchi
avtomatlashtirilgan stendlar yaratilib, amalda qo‘llanilayotir. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling