Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi “Kesuvchi asboblarni loyixalash va ishlab chiqarish”
Download 270.44 Kb.
|
Mashinasozlik texnologiyasi
Sidirgich – ko’p tig’li yuqori unumli kesuvchi asbob bo’lib seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlarida ko’plab qo’llaniladi. Qo’yimni sidirgich tishlari orasida taqsimlanishi oldingi tishga nisbatan kelgusida turgan tishlarining balandligi va kengligini ortib borishi hisobiga amalga oshiriladi. Qo’yimni kenglik boyicha taqsimlanishi, kesish jarayonini yengillashtirish maqsadida bajariladi.
Turli shaklga ega bo’lgan teshiklarga ishlov beruvchi sidirgichlarni ichki sidirgichlar, tashqi ochiq konturli yuzalarga ishlov beruvchi sidirgichlarni tashqi sidirgichlar deyiladi. Kesish jarayonini ta’minlovchi bosh xarakat, to’g’ri chiziqli va ilgarilanmadir. Ba’zi holatda aylanma yoki vintli bosh xarakatli sidirgichlar ham qo’llaniladi. Sidirgichlar yordamida sidirish jarayonini maxsus gorizontal yoki vertikal sidirish dastgohlarida bajariladi. 1-rasmda sidirish jarayonini bir nechta sxemalari ko’rsatilgan: teshiklarga (1-a rasm) va tashqi yuzalarga (1-b rasm) kesuvchi asbobni ilgarilanma qaytma xarakatida ishlov berishda; xarakatsiz sidirgichga nisbatan (1-v rasm) zagotovkalarni avtomatik ravishda yuklash va tushirishda tashqi yuzalarni to’xtovsiz sidirish; aylanma detallarga yassi yoki dumaloq sidirgichlar bilan (bunda bosh harakat to’g’ri chiziqli yoki aylanma) ishlov berishda (1-g rasmda); proshivkalar bilan teshiklarga ishlov berishda (1-d rasm) proshivka qisishga ishlashi uchun kuch kesuvchi asbobni torets qismiga yo’naltirilgan. Proshivkalarning bo’ylama turg’unligini ta’minlash uchun, ularning uzunligi 15 diametrdan oshmasligi kerak. Proshivkalarning konstruktsiyasi sidirgichlar kabi bir hil. Sidirgichlarning afzalliklari kuyidagilar: Kesish jarayonida qo’yim bir vaqtni o’zida bir nechta tishlar tomonidan kesilganligi uchun ish unumdorligi yuqori, bunda kesish tezligi 6...12 m/min bo’lgani bilan kesuvchi qirralarni faol uzunligi juda katta. Masalan, diametri 30 mm bo’lgan teshikni bir vaqtni o’zida beshta tish bilan sidirishda, sidiriluvchi qatlamni kengligi 470 mm.ni tashkil etadi. Ish unumdorligi boshqa ishlov berish turlariga nisbatan 3 – 12 marta yuqori; Sidirgichni qora, toza va kalibrlovchi tishlari hisobiga ishlov berilgan yuzalarni aniqligi (IT7… IT8) yuqori va g’adir–budurligi past (Ra 0.32...2,5). Sidirish bilan frezalash, randalash, zenkerlash, razvyortkalash, ba’zida jilvirlash ishlarini bajariladi; Asbobni yuqori turg’unligi; Dastgohlar konstruktsiyasining soddaligi. Bunda, sidirish vaqtida surish xarakati yo’q, shuning uchun bunday dastgohlar uzatmalar qutisiga ega emas, bosh xarakat kuch gidrotsilindrlari tomonidan amalga oshiriladi. Sidirgichlarning Download 270.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling