Mashq daftari


Download 99.04 Kb.
bet1/6
Sana16.11.2023
Hajmi99.04 Kb.
#1781382
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mashq daftari

ONA TILI VA


O‘QISH SAVODXONLIGI

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
5-9 sinflari uchun

MASHQ DAFTARI

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat


o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Toshkent – 2023


Tuzuvchi:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat


o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Ona tili va adabiyoti ta’limi
fakulteti 3-bosqich talabasi
Kushaliyeva Xolida

Taqrizchi:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Ona tili va adabiyoti ta’limi kafedrasi
katta o‘qituvchisi, PhD
Klaraxon Mavlonova

So‘zboshi


Assalomu alaykum, aziz o‘quvchilar! Siz ushbu kitob orqali o‘z bilimlaringizni mustahkamlash imkoniga ega bo‘lasiz. Qo‘lingizdagi manbaa sizga ona tili va o‘qish savodxonligi fani borasida sizga manfaatli ko‘makdosh bo‘ladi, degan umiddaman. Qadrli o‘quvchilar, shuni unutmangki, bilimning keraksizi bo‘lmaydi. Siz o‘rganyotgan har qanday ilm hayotingiz davomida sizga qo‘l keladi. Shunday ekan, ilm olishdan charchamang. Sizga maroqli o‘qish tilayman!


FONETIKA(IMLO)





Topshiriq. Quyida berilgan jadvalni so‘zlarning ma’nodoshlarini topib
to‘ldiring.
halim
hassos
hargiz
hilol
hamkor
harir
habib


Sharh: Ushbu topshiriq 6-sinf uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu topshiriq orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi tekshiriladi. Yakka holda bajariladigan bu topshiriqning o‘ziga xos jihati o‘quvchilar nutqidagi nofaol leksikadan faol leksikaga qarab yo‘naltirilganida hisoblanadi. An’anaviy topshiriqlarda biz bu holatning aksini ko‘rishimiz mumkin.

Topshiriq. 2 guruhga bo‘lining. 1-guruh chuqur til orqa undoshi (x,)
2- guruh esa bo‘g‘iz undoshi (h) qatnashgan so‘zlar topib daftariningizga
yozing. Eng ko‘p so‘z yozgan guruh g‘olib bo‘ladi.


Sharh: Bu topshiriq 5-sinflarga mo‘ljallangan. Guruh bo‘lib bajariladigan ushbu topshiriq o‘quvchilarning so‘z boyligini tekshirish bilan bir qatorda ularda x va h harflari imlosi bo‘yicha ko‘nikma hosil qiladi. O‘quvchilar so‘z imlosini xato yozgan taqdirda o‘qituvchi ularning xatosini to‘g‘irlaydi. Bu esa ularda o‘sha so‘z imlosini yanada mustahkamlashga imkon bo‘ladi.

FONETIKA(TALAFFUZ)




Topshiriq. 2 guruhga bo‘ling va “Zanjir” o‘yinini o‘ynang. Bunda
birinchi guruh yozgan so‘z qaysi harf bilan tugasa, ikkinchi guruh o‘sha
harf bilan boshlanadigan so‘z yozishi kerak. Diqqat qiling. Zanjir
shakllanishi uchun so‘zlar qator undosh bilan tugashi kerak.
Namuna: 1-guruh: barg
2-guruh: go‘sht…


Sharh: 7-sinflarga mo‘ljallangan topshiriq orqali ham o‘quvchilarning so‘z boyligi tekshiriladi, ham ularda talaffuz va imlodagi farqlar yuzasidan ko‘nikma hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘quvchilar guruh bilan ishlashni ham o‘rganishadi.

Topshiriq. 2 guruhga bo‘lining. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi
doskaga chiqsin. Birinchi o‘quvchi quyida berilgan so‘zlarni o‘qib tursin,
ikkinchisi esa ularni doskaga yozsin. Talaffuz va imloga diqqat qiling.



oila

tabiat

doim

obro’



muallim

soat

mudofaa



muattar

taassurot

taajub

manfaat



barg

do’st

qaymoq

Sharh: Ushbu topshiriq 6-sinflar uchun mo‘ljallangan. O‘qituvchi talaffuzi o‘quvchilar uchun doim tushunarli va to‘g‘ri bo‘lgan. Ammo tengdoshlaridan eshitgan so‘zni yozish orqali ular talaffuzda qanday xatolikka yo‘l qo‘yishyotganini yohud imlo va talaffuz o‘rtasidagi farqni anglashlari osonroq bo‘ladi.


Download 99.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling