Mashq daftari
Download 99.04 Kb.
|
mashq daftari
LEKSIKOLOGIYA
Topshiriq. Quyida berilgan hissiy belgilarni ularga mos iboralar bilan ifodalang. Ijtimoiy tarmoqlarda ularning qaysilaridan foydalanasiz? Sharh: Ushbu topshiriq 8-sinflar uchun bo‘lib, yakka holda bajariladi. O‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini tekshirishga qaratilgan hisoblanadi. Topshiriqning birinchi shartida o‘quvchilar iboralar boyligini ishga solishsa, ikkinchi shartida o‘zlarining shaxsiy hayotidan keyib chiqqan holda og‘zaki javob berishadi. Bunda ularning og‘zaki nutqi bilan bir qatorda dunyoqarashi ham tekshiriladi. Topshiriq. Quyida berilgan matnni o‘qing va savollarga javob bering. Biz gapni qoyil qilamiz, boshqalarga qoyil boʻlamiz, lekin qoyil oʻzi nima, ma’nosi qanday surishtirmaymiz. Qoyil soʻzlovchi degani. Bu soʻz aslida soʻzamol odamga nisbatan ishlatilgan. Gap bilgan qoyil, ish bilgan omil atalgan. Qoyillar va omillar bahsida soʻzamollar ustun kelgan chogʻi, omil soʻzi chekinib, qoyil soʻzi gʻolib boʻldi va omilning hududlarini egalladi. Ishga ustani ham qoyil deydigan bo‘ldik. Ish bilgan ham qoyil makomini oldi. Qoyilmaqom deyishimiz shundan. Bu olamda qoyilmaqom ishlar koʻp. Yelka ushlab, tavbalar deysiz. Nashriyotda muharrir boʻlib ishlardim. Bir she’riy bayozni bosmaxonaga topshirdik. Bir oy oʻtib terilgan nusxa – korrektura keldi. Ne koʻz bilan koʻraylikki, biror sahifa bexato yozilmagan. Harf teruvchi hamma she’rlarni oʻzi tushungancha toʻgʻrilab chiqqan. Muzofot mukofotga, muxammas musallasga, pesha teshaga aylangan. Hammasidan qizig‘i, bir g‘azalxon shoirimizning, Ne muattarlikki bor, ul mushki anbardin kelur, degan satrini mushuk ombordan kelur, deya oʻzicha tuzatibdi. O‘sha harf teruvchini suhbatga chaqirdik. Xatolarini koʻrsatdik. U esa uzr aytish oʻrniga biz bilan bahs qilishga tushdi. “Mushuk ombordan keladi-da, boshqa qayerdan keladi,” deb turib oldi. Biz soʻzlarning ma’nosini chaqib, qozoqning toʻqqiz pulidek qilib tushuntirganimizdan keyin ham xatosini bo‘yniga olmadi, oʻzimizni aybdor qildi. Odamzod tushunadigan kilib yozinglar-da, dedi u bizga va g‘olibona qadam tashlab chiqib ketdi. Oʻshanda biz ijodkorlar, muharrirlar emas, oddiy harf teruvchi ustun chiqdi. Uning aytganlari oʻsha zamonning soʻzi, davlatning, hokim mafkuraning soʻzi edi. Yoʻqsil madaniyati deya atalgan dunyoqarashning ifodasi edi. Biz hammamiz nasl-nasabimizning ulamo, mudarris oʻtganini yashirib qashshoq, batrak boʻlgan deya kechmishimizni ulugʻlagandek, yozgan she’rlarimizning oddiyligi, jo‘nligi bilan maqtanar edik. Shoir uchun eng buyuk maktov she’rining soddaligi hisoblanardi. Yetmish yil hokimlik kilgan bu siyosat boshqa tillar kabi oʻzbek tilini ham abgor qildi. Odamzod tushunadigan qilib yozinglar-da! Qoyil! Lisoniy boylik yuz minglab soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Lekin insonga tiriklik oʻtkazish uchun uch-toʻrt ming soʻzni bilish kifoya. Koʻchada o‘ynab yurgan goʻdakning lug‘at boyligi yuzta soʻzdan oshmaydi. Unga shu yetarli. Uni ham qoyil deymiz. Agar oʻsha qashshoqlikka sigʻinish mafkurasi yana ellik yil davom etsa, soʻz xazinamiz go‘dakning lugʻat boyligidek boʻlib qolishi hech gap emas edi. Jaholatning eng oliy darajasi nodonlik bilan g‘ururlanishdir. Quronni tanimaslik, tasavvufni anglamaslik, mumtoz she’riyatni uqmaslik, tariximizning ulugʻvor sahifalarini tan olmaslik, xalq kadriyatlarini bilmaslik va bu bilan gerdayish har bir kommunist uchun farz edi, yuksak martabalarga koʻtarilishning ravon yoʻli edi. Bunday koʻz qarashni yuragiga jo qilgan kishilar hozir ham bor. Qullikka koʻngan va koʻnikkan bu toifa kechmishni sogʻinadilar, egallagan oʻrindiqlarini qoʻmsaydilar. Ularga ham qoyilmiz. Aytar soʻzni aytdim. Yana nima demoqchi edim? Darvoqe, gap orasida qozoqning toʻqqiz puliday, degan ibora tilga olindi. Toʻqqiz pul nima ekanini yoshi ulug‘ kishilar bilishadi. Bilmaganlar bilib qo‘ysa yomon boʻlmas. Avvalo pul oʻzi nima? Lugʻatlarda pul yunoncha soʻz deyilgan. Tiyin ma’nosida. Fors tilida bu soʻz koʻprik demakdir. Ajabki, yunoncha pul bilan forscha pulning mazmuni tutash. Koʻprik qirg‘oklarni tutashtirsa, pul insonlarni tutashtiradi. Yurtimizda pul muomalasi tarixi juda qadim zamonlarga borib yetadi. Sohibqiron bobomiz zarb kildirgan oltin tangalar dunyo sahnida hozirgi dollar, yevro kabi qudratga ega boʻlgan. Tanga Rossiyaga borib dengi boʻldi, oltin altin shakliga kirib pul birligiga aylandi. Qarangki, rus tangalari oltin emas, kumushdan, kumush aralashmasidan, bora-bora misdan zarb etilib, kadri toʻqqiz pulga tushganda ham nomi altin bo‘lib qolaverdi. Eng qadrsiz narsa toʻqqiz pulga qimmat deyilganidek, ruslar, ni altina net, deb quruq choʻntakni aytadigan boʻldilar. Qozoq to‘g‘ri va sodda xalq emasmi, sartchalik, yo o‘zbekchalik savdoga usta boʻlmagan. Buxoroda zarb qilingan turli-tuman tangalarning oʻlchovini koʻpincha anglamay, savdoni joʻngina ruscha pul hisobida qilgan. Ruslarning grosh degani uch pul, altin degani toʻqqiz pul boʻlgan. Shu sababdan oddiy tushunarli narsani qozoqning toʻqqiz puliday, deyiladi. Ajabki, bunday pul birliklarining yoʻq boʻlib ketganiga yuz yildan oshsa ham matalga aylangan ibora hali tirik. Hikmatli Soʻzning umrboqiyligiga qoyil boʻlmay iloj yoʻq. Matn tarkibidagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarni izohlang. Qoyil va omil so’zlari bugungi kunda nutqimizda qanday ma’noda ishlatilishi haqida fikr yuriting. Matnda keltirilgan qozoqning to’qqiz puli iborasi mazmunini izohlang. Shunday mazmundagi yana qanday iboralarni bilasiz? Tanga – dengi, oltin – altin kabi o’zbek tilidan rus tiliga o’zlashgan yana qanday so’zlarni bilasiz? Erkin Vohidov “So‘z latofati” Sharh: Ushbu topshiriq 10-sinf uchun bo‘lib, bu orqali o‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasi shakllanadi. Bundan tashqari matn asosida berilgan savollar ularning leksikologiyaga oid bilimlarini mustahkamlashga yordamlashadi. Topshiriq: Quyida berilgan so‘zlarni ularning ma’nosi bilan moslashtirib o‘qing hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o’zi ta’tib ko’ruvchi mansabdor hakim dono, oqil; tabib bakovul mingboshi shariat va huquq masalalari yuzasidan hukm chiqaruvchi, fatvo beruvchi lavozimli ulamo muftiy daha yoki qishloq oqsoqoli, hokim; qo’shin boshlig’i yuzta otliq askarga qo’mondonlik qiluvchi harbiy boshliq arkoni davlat davlatning ulug’lari, tayanchlari Sharh: Topshiriq 9-sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu mashq orqali ularning lug‘at boyligi teksiriladi. Topshiriqning o‘ziga xos jihati shundaki, so‘zlar soniga qaraganda ma’nolar soni ko‘proq berilgan. Bu ularda ortiqcha javobni chiqarib tashlash ko‘nikmasini shakllantirishga yordamlashadi. Topshiriq: Quyida berilgan rasmdagi bo‘sh joylarni to‘ldiring. Siz ham o‘z qarindoshlaringni shu tarzda tasvirlang. Sharh: Bu topshiriq 6-sinflar uchun bolib, ularning lug‘at boyligini tekshiradi hamda ularda so‘zlarning ma’nosini izohlash ko‘nikmasini shakllantiradi. Download 99.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling