Mashq daftari


Download 99.04 Kb.
bet4/6
Sana16.11.2023
Hajmi99.04 Kb.
#1781382
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mashq daftari

Y oʻlini topdi

Oʻrtoqlari bilan oʻynab qaytgan Firdavs buvisining yoniga bordi. Buvisi gulzordagi rayhonlarning urugʻlagan shoxlarini qaychilab tashlayotgan ekan.


– Buvijon, iltimos ertak aytib bering.
– Ertak! Kuppa-kunduzi-ya?
– Nima, kunduzi ertak aytib boʻlmaydimi?
– Boʻlmaydi. Kunduzi ertak aytgan odamni Quyosh jazolaydi.
– Quyosh! Qanday qilib?!
– Kimda-kim yop-yorugʻ mahali ish qilish oʻrniga ertak aytib oʻtirsa, sochi toʻkilib kal boʻlib qoladi.
– Voy, sochsiz bosh Qodir togʻani boshiga oʻxshab yaltirab qoladi-ku. Menga sochsiz buvi kerakmas. Ammo hozir judayam ertak eshitgim kelyapti. Yuraqoling buvijon, uyga kiraylik, – buvisini qoʻlidan tutdi Firdavs.
– Uyda nima qilamiz? – qoʻlidagi qaychini daraxt shoxiga ilib nabirasiga ergashdi buvi.
– Hozir koʻrasiz, uyga kirib olaylik. – Ostonadan oʻtishlari bilan Firdavs buvisining qoʻlini qoʻyib yubordi-da, deraza tomonga yugurdi. Derazaning qalin pardalarini tushirdi. Xona qorongʻilashdi.
– Bu nima qilganing?! – hayron boʻldi buvisi.
– Axir oʻzingiz ertakni qorongʻida aytish kerak, dedingiz-ku! Ana endi ertak aytavering. Bu yerda bizni Quyosh koʻrmaydi, – mamnun qiyofada kuldi Firdavs.

Gulxan” jurnalidan



Harakatni ifodalovchi so‘zlar

Holatni ifodalovchi so‘zlar









Sharh: Berilgan topshiriq 5-sinflar uchun mo‘ljallangan. Topshiriq orqali o‘quvchilarning fe’l so‘z turkumi borasidagi bilimlari tekshiriladi hamda ularda fe’llarni konteksdan ajratib olish, savol berish kabi ko‘nikamlari shakllanadi. Sarlavhadan keyin berilgan savol esa o‘quvchilarning diqqatini matn mazmuniga jalb etishga yordam beradi.


Topshiriq: Quyida berilgan baliq skeletini olmoshning ma’no
turlariga bittadan misol yozib to‘ldiring va o‘sha misollar ishtirokida gaplar
tuzing.




olmosh


1. 2. 3. 4. 5. 6.


Sharh: Bu topshiqiriq 7-sinflar uchun bo‘lib, bu topshiriq orqali ularning olmosh yuzasidan bilimlari tekshiriladi. Topshiriqning o‘ziga xos jihati shaklida bo‘lib, o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishda muhimdir.


T opshiriq: Quyida berilgan diagramma asosida ot so‘z turkumiga
oid so‘zlar yashang va ularni namunadagidek izohlang.




Sharh: Ushbu topshiriq 7-sinflar uchun mo‘ljallangan. Topshiriq orqali o‘quvchilar nafaqat so‘z yasashni, balki ularni so‘z turkumi doirasida izohlashni ham o‘rganishadi.


Download 99.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling