Mashq daftari


Download 99.04 Kb.
bet3/6
Sana16.11.2023
Hajmi99.04 Kb.
#1781382
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mashq daftari

MUSTAQIL SO’ZLAR




Topshiriq. Matn tarkibidagi son turkumiga oid so‘zlar yordamida
jadvalni to‘ldiring.





Raqamlar sarguzashti
Kunlardan bir kun Bir Ikkiga shunday dedi: — Ey Ikki, kel, turgin yonimda, bo‘laylik O‘n Ikki. Ikki esa javoban: — Yo‘q, ey Bir, sen kelgin, tur yonimda bo‘laylik Yigirma Bir, — dedi, — chunki Yigirma Bir O‘n Ikkidan ko‘p axir. Bir dedi: — Yo‘q, men sendan oldin turishim kerak, chunki sendan avvaldaman. Ikki dedi: — Yo‘q, men sendan oldin turishim kerak, chunki men sendan kattaman. Bir unday dedi... Ikki bunday dedi... O‘rtada kelishmovchilik tug‘ildi. So‘ng, ular Uchning yoniga borishga qaror qilishdi, deyishdiki, u bizdan katta, qarorni u qilsin. Uch ko‘p narsani bilar, hisob-kitobni qoyillatardi. Eh, qaniydi Bir va Ikki kelisha olsa, O‘n Ikki ham bo‘lishardi, Yigirma Bir ham. Uch qarasa bu osonlik bilan bitadigan ish emas. Ustiga-ustak Uchning ko‘nglidan boshqa narsa ham o‘tardi. U ko‘pdan buyon Olti bo‘lishni istardi. Bir va Ikkini ko‘rib, kutilgan payt keldi shekilli, deb xayol qildi. Ya’ni, Bir va Ikki qo‘shilsa, ularni kuchi teng bo‘ladi, bahonada ularni aldab-suldab, o‘zimga qo‘shib olaman. Uch avvaliga Birni o‘ziga qo‘shdi, keyin esa Ikkini. Bo‘lib oldi Olti. Bundan xabar topgan To‘rt Beshga dedi:
— Ko‘rdingmi? Uch ilgari bizga pastdan qarardi. Endi Olti bo‘lib olgach, bosar-tusarini bilmay qolibdi. Bizga yuqoridan qarayapti, mensimayapti. Besh To‘rtga javoban: — Hechqisi yo‘q, — dedi. — Kel, biz ham birlashaylik, To‘qqiz bo‘laylik. To‘rt bilan Besh birlashib, bo‘lishdi To‘qqiz. Olti buni eshitdi-yu o‘zini bosolmadi, bir dumalab aylandi-yu bo‘ldi zumda To‘qqiz. Avvalgi To‘qqiz buni eshitdi va xabar jo‘natdi, dediki, sen asl To‘qqiz emassan, yolg‘onchi To‘qqizsan, aslida Oltisan. Ko‘pam u yoq-bu yoq talashma, bir ursam kalla-oyog‘ing o‘rniga qaytadi, o‘z holingga qaytasan, Olti. To‘qqizga aylanib olgan Olti ham asl To‘qqizga xabar yubordi. Ko‘pam valdirama, bir kalla qo‘ysam, uchga bo‘linib ketasan. Bu mojarodan so‘ng ular qayta uchrashishmadi. Kunlardan bir kun asl To‘qqiz qachongacha toq yashayman, deya o‘ylab qoldi. Darhol o‘zimga yo‘ldosh topaman va juft bo‘laman, dedi. Shu qarorga kelgach, To‘qqiz Yettining yoniga yo‘l oldi. Bu gapni eshitgan narigi To‘qqiz: men ham axir yolg‘izman, darrov o‘zimga juft topishim lozim, deb Sakkizning yoniga bordi. Bundan xabar topgan asl To‘qqiz yana o‘yga toldi. Xo‘sh, men Yettiga qo‘shilsam, bo‘laman To‘qson Yetti. U esa Sakkiz bilan qo‘shilib, bo‘lib olmoqchi To‘qson Sakkiz. Nega endi u mendan ortiq bo‘lishi kerak. Bu fikrdan keyin To‘qqiz Yettini tashlab ketdi va darhol Sakkiz bilan topishdi. Bir To‘qqiz Sakkizning bu tarafidan tortdi, ikkinchi To‘qqiz boshqa tarafidan. Sakkizning nozik beli sindi, bir bo‘lagi qoldi bu To‘qqizda, bir bo‘lagi u To‘qqizda. Haqiqiy To‘qqiz, endi buni nima qilaman, deb ko‘p o‘yladi. Oxiri bir imkon topdi. Uni shishira boshladi. Shishiraverdi, shishiraverdi, shishib-shishib, aylandi Nolga. To‘qqiz oldi Nolni darrov yoniga. Buni ko‘rgan narigi To‘qqiz ham o‘z bo‘lagini shishirishga tushdi. Shishirdi va Nolga aylantirdi, darrov yoniga joylashtirdi. Biroq qorong‘ulikda o‘ng-u so‘lni adashtirdi. Nolni o‘ng tarafga qo‘yish o‘rniga, chap tarafga qo‘yib yubordi. Ya’ni, To‘qqiz bo‘ldi 90, chiqdi ko‘kning to‘qqiz qatiga, bu To‘qqiz bo‘ldi 09, tushdi yerning to‘qqiz qatiga. Yerning to‘qqiz qatidagi 09 ko‘kning to‘qqiz qatidagi 90 ga qichqirdi: meni bu yerda tanho qoldirma, yoningga chiqar! Axir qachondir sen ham To‘qqiz bo‘lgansan, men ham. Ammo To‘qson Nol To‘qqizga istehzo bilan qarab: — To‘g‘ri, qachondir men ham To‘qqiz bo‘lganman, sen ham. — dedi. — Biroq endi sen kabi “To‘qqiz”ni mening yonimda ko‘rib qolguday bo‘lishsa, meni jinni deyishadi, To‘qson To‘qqiz deb masxaralashadi. Nol To‘qqiz to‘xtagani yo‘q. Nimayam qilardi boshqa? Dunyoda g‘alati ishlar yuz bera boshladi. Bu ikki raqamdan boshqa raqam qolmagandi. Maktablarda matematika o‘tilmas, matematika fani o‘qituvchilariga to‘qson manat maosh tayinlab uyiga jo‘natishardi. Bozorda hamma narsaning narxi to‘qson manat edi: istasang to‘qson gilam ol, istasang to‘qsonta gugurt. Havo harorati ba’zi joylarda issiq edi — to‘qson daraja, ba’zi joylarda esa sovuq edi — to‘qson daraja. Futbol o‘yinlari to‘qson daqiqa davom etar va barchasi shunday hisobda yakunlanardi: 0:9. Yozuvchilar qanchalik urinishmasin to‘qson sahifadan ortiq kitob yozisholmasdi. Hamma telefonni qo‘liga olganda faqatgina ma’lumotlar byurosiga qo‘ng‘iroq qilardi: nol to‘qqizga. Ma’lumot byurosi esa javob berardi: “To‘qson marta takrorladik axir, qaysi raqamni terishni istasangiz tering — yo to‘qson — nol to‘qqiz, yoxud nol to‘qqiz — to‘qson. Uchoqlar, avtoulovlar, kemalar, poyezdlarning hammasi to‘qson daqiqada to‘qson kilometr tezlik bilan yurardi. Barcha odamlarning bo‘yi to‘qson santimetr, vazni to‘qson kilogramm edi. Hamma to‘qson yoshda edi. Ish har kuni ertalab soat 9.0 boshlanar, kechqurun 9.0 da bitardi. Barcha oqshom soat 9.0 da uyquga ketar, sahar 9.0 da uyg‘onardi. Men ham ehtimol bu hikoyani o‘sha kunlar yozganimda shunday boshlardim: Kunlardan to‘qson kun... To‘qson kun shunday o‘tdi, axiyri odamlar charchashdi. – Bo‘ldi, yetar, – deyishdi, – o‘z barmoqlarimizni ham sanay olmaymizmi axir?! Keyin To‘qsonning yoniga kelishdi. – Ey To‘qson muallim, – deyishdi, – juda yolg‘iz qolib ketding axir, zerikmadingmi tanholikdan? To‘qson esa shunday javob berdi: – Zerikish ham gapmi-ey. Juda yolg‘izlandim. Bu Nolning ham faqat nomi bor, o‘zi yo‘q, nega uni yonimga oldim o‘zi, bilmayman?! Bir vaqtlari gulday To‘qqiz edim. Yagona edim. Kimga istasam qo‘shila olardim. Kim ham biladi, ehtimol kunlardan bir kun meni ortishtirib O‘n etishardi, eh attang... Odamlar: – Mayli, To‘qson muallim, siqilma, – deyishdi, – hamma narsaning chorasi bor. Kel, o‘zingdan birni ayir. To‘qson chuqur o‘yga toldi. Bu fikr unga bolday yoqib tushdi. O‘zidan Birni ayirdi. Odamlar xursand bo‘lishdi: – Ming rahmat To‘qson muallim, a yo‘g‘-e, Sakson To‘qqiz muallim. Shundan keyin Sakson To‘qqizdan Uch, To‘rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz ham ayrilishdi. Ellik To‘rt qoldi, uni ham oltiga bo‘lib, To‘qqizga aylantirishdi. Bir, Ikki, Uch, To‘rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz va To‘qqiz bir safga tizilishdi. Odamlar raqamlarga boqib, shunday deyishdi: – Aziz do‘stlar, shuni esda tutingki, har raqamning o‘z o‘rni bor. Bir bo‘lmasa yuz ham bo‘lmas, ming, million ham. To‘qqiz Nol juda yuksaklarga chiqishdi, biroq yolg‘iz qolib tushunishdiki, sizsiz ular hech narsaga qodir emas. Shuning uchun har biringiz o‘z o‘rningizni biling, o‘z ishingizni qiling. Mehribon bo‘ling. Tez-tez uchrashib turing. Jihozlarda, maktab doskalarida, kitoblarda, har yerda. Birga keling, ko‘paytiriling, ayriling, bo‘lining. Xullas, shunday qilib Bir, Ikki, Uch, To‘rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz, To‘qqiz qo‘l ushlashib, Nizomiy muzeyiga o‘rnatilgan yangi soatga ketishdi. Ularni intizorlik bilan kutayotgan O‘n, O‘n Bir, O‘n Ikki quvonch bilan kutib olishdi.

Gulxan” jurnalidan





Tartib son

Sanoq son

Hisob so‘z












Sharh: Ushbu topshiriq 7-sinflar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, topshiriq asosida o‘quvchilar yakka tartibda matn bilan ishlashadi hamda sonlarning ma’no turlarini konteksdan ajratib olishni o‘rganishadi.


Topshiriq. Matnni o‘qing va ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni jadvalga
to‘ldiring.



Sarlavhaga diqqat qiling. Qahramonimiz qayerga olib boradigan yo’lni topdi, deb o’ylaysiz?



Download 99.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling