Mashqlarini taxlil qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
nutqni-tinglab-tushunishga-o-rgatish-va-nutq-mashqlarini-taxlil-qilish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 482 w www.oriens.uz April 2021 Ключевые слова: педагогическая технология, учебный процесс, устная и письменная речь, диалогическая речь, восприятие речи на слух, непосредственная помощь, самостоятельное обучение. KIRISH Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markazida ta‟lim jarayonining ham subyekti, ham obyekti bo„lgan o„qituvchi va o„quvchi turadi. Talabalarning bir-birlari bilan o„zaro aloqalari, muloqotlari interaktiv metodlarni qo„llaganda, tabiiy, erkin bo„lishini tajriba ko„rsatmoqda. Ingliz tilini o„rgatish murakkab jarayondir. Oliy ta‟limda ingliz tilini o„rgatish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish eng muhim masalalardan biridir. Ingliz tilini davr talabiga mos ravishda o„qitishda zamonaviy ta‟lim texnologiyalaridan foydalanish muhimdir.Bunda axborot manbalari, jihozlari, audiovizual vositalar kompyuterga kiritilgan o„yinlar, o„qitishning zamonaviy kompyuter tizimlari, multimedia, audio va video kassetalar, disk, fleshkalardan va boshqa yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‟quvchilarni bilimini mustahkamlashda va oshirishda muhim o„rinni egallaydi. Talabalarning ingliz tili faniga bo„lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida axborot texnologiyalari bilan bir qatorda pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, hamkorlikda o„qish va tarjima qilish, bahs- munozara, davra suhbati, klaster va boshqa ko„pgina usullardan foydalanilgan holda og„zaki va yozma nutqqa o„rgatiladi. Pedagogik texnologiyada talabaning tanqidiy tafakkur yuritishi asosiy maqsad hisoblanadi. Ilg„or pedagogik texnologiyalarning juda ko„p usullari mavjud. Bu usullaridan o‟quvchilarning yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. Ta‟limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishning negizida ta‟lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi hamda axborot texnologiyalari shakllanadi. Chet tillarni mukammal egallagan mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda. METODLAR Chet tilidagi nutqni eshitish, tushunish, so‟zlashuv deb ataladigan nutq faoliyati turini o‟zida aks ettiradi.Shu bilan ular eshitib o‟qishda ham ma‟lum tajriba orttiradilar.Ular darsda o‟qituvchining nutqini, javoblarini eshitadilar.Ba‟zan o‟qituvchi ularga ovoz chiqarib o‟qib beradi, ba‟zan esa gapirib beradi. Lekin chet tilini eshitish odatda gapirishga nisbatan ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi.Eshitish odatda o‟quvchilarni yangi til materiallaridan tanishtirish uchun yoki qayta esga olish uchun tegishli nutq mazmunini bayon etish uchun xizmat qiladi.Eshitib tushunishga o‟rgatish bilan bog‟liq bo‟lgan mustaqil maqsad qo‟yilmaydi.Eshitib idrok etishni maxsus mashq qilishni talab etadigan materiallar tanlanmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling