Mashraboyev nuriddin seleksiyaga oid masalalar va mashiqlar
Download 31.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqSELEKSIYAGA OID MASALALAR VA MASHIQLAR
SELEKSIYASELEKSIYA (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. Seleksiyaning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar Seleksiyasi botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, oʻsimlikshunoslik va q. x. maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy Seleksiya koʻrinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan boshlangan. Bunday Seleksiya astasekin muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib borilgan. Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-a. larda afrikaosiyo gʻoʻzasining qattiq quruq iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va b. navlari), oʻrik (Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak), sholi (Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi), joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun (Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), sabzi (Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va b. ning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan koʻpchilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm va Samarqand bedalari butun dunyoga mashhur boʻlib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yoʻli bilan qorakoʻl, hisori qoʻy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va b. yaratildi. Keyinchalik koʻpgina muhim xoʻjalik xususiyatlarga ega boʻlgan bu navlar va zotlardan Seleksiya ishlarida qimmatli boshlangʻich material sifatida foydalanildi. Ch. Darvin oʻzining «Turlarning kelib chiqishi» (1859) asari bilan Seleksiyaning ilmiy asosini yaratdi (q. Evolyutsion taʼlimot), hayvonlar va oʻsimliklar dunyosida yangi shakllarning paydo boʻlishida tanlaitit ahamiyatini koʻrsatib berdi. Seleksiyaning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek, Seleksiyaning rivojlanishida I. V. Michurinnit ishlari ham muhim rol oʻynadi. Irsiy oʻzgaruvchanlikning gomologik katorlar qonuni hamda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi taʼlimot muallifi N. I. Vavilov S. ning rivojiga katta hissa qoʻshdi. Yevropa va Amerikada Seleksiya 19-a. da rivojlana boshladi. Fransiyada L. Vilmoren koʻp marta tanlash yoʻli bilan qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi. Shved seleksioneri G. NilsonEle oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash usulini qoʻllab, sulining qimmatli navini yaratdi. AQSHdaL. Byorbank duragaylashni qatʼiy tanlash bilan qoʻshgan holda mevali oʻsimliklar va b. ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada Seleksiya ishlari 19-a. oxiridan rivojlana boshladi. Oʻzbekistonda ilmiy Seleksiyaning boshlanishi 20-a. boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari taʼsirida dastlab gʻoʻza S. si bilan shugʻullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898-y. da ish boshlagan Turkiston q. x. tajriba st-yasida (hoz. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. inti) R. R. Shreder q. x. sohasida koʻp qirrali ilmiy faoliyat bilan birga gʻoʻza, gʻalla, sholi Seleksiya ishlariga asos soldi. 1899-y. da Andijon tajriba dalasi. 1900-y. da Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913-y. da Namangan sh. yaqinidagi Paxtalikoʻlda gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona seleksiya st-yasi tashkil etildi. M. M. Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navroskiy kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari, qoramolchilik boʻyicha Seleksiya ishlarini faol olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan «Navroskiy», Triumf navidan «Navroskiy zafari» navlari, Bushuyev koramol zoti yaratildi. Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash] Simongulyan N. G., Shafrin A. N., Muhammadxonov S.R., Gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1974; Miraxmedov S, Mirjurayev M., Kachestvo volokna i seleksiya sortov xlopchatnika, T., 1986; Yigitaliyev M., Muhammadxonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1981; Abdukarimov D., Safarov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va genetika asoslari, T., 1989; Seleksiya yutuklariga oid qonunlar va meʼyoriy hujjatlar toʻplami, T., 2001; Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloqxoʻjaligi ekinlari taʼrifi, T., 2001. Bahodir Normatov.[ Download 31.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling