Maskur bitiruv ishida endigina tarix fanini qiziqib o`qishni boshlagan 5 sinf o`quvchilarining qiziqarli mavzusiga bag`ishlangan


Download 136.68 Kb.
bet7/8
Sana17.02.2023
Hajmi136.68 Kb.
#1206604
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Тайёр 7 Дунёнинг етти мужизаси

V. Dars yakunlarini chiqarish. 3 daqiqa
1. O`qituvchi o`quvchilar og`zaki javoblari uchun qo`yilgan baholarni e`lon qiladi.
2. O`qituvchi yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifalar. 2 daqiqa
1. O`rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
2. Mavzudagi asosiy tushunchalar va atamalarni daftarga yozish.
3. Keyingi darsda o`rganiladigan “O`zbekistondagi eng qadimgi davlatlar” mavzusi bilan tanishib kelish.


Xulosa
Qadimgi misrliklar O`rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda bunyod etilgan va o`z salobati, go`zalligi bilan o`sha zamon odamlarini hayratga solgan inshootlardan yettitasini “dunyoning yetti mo`jizasi” deb ataganlar. Misr ehromlari dunyoning yetti mo`jizasidan biri hisoblanadi. Misr piramidalari eski va o`rta davrlarda Misr fir’avnlari qabrlari ustiga qurilgan obidalardir. O`rta va Janubiy Amerikada Mayalar, Atsteklar va Inkalar tomonidan o`xshash binolar qurilgan bo`lsa-da haqiqiy ehromlar Misrda. Shu sababli Misr-Ehromlar o`lkasi deb ataladi.
Grekcha “pyramis” so`zidan kelib chiqqan piramida asosan tosh yoki g`ishtdan bino etilgan. To`rtburchak asosida tepaga qarab yo`nalgan uchlar eng tepada uchburchak shaklida birlashgan.
XIII asrda yashagan sayyohlardan biri bu ehromlarni ko`rib: «Dunyoda hech bir narsa vaqtga dosh berolmaydi, lekin bu ehromlardan vaqt ham hayiqadi»,-degan edi. Chindanda bu ulkan sag`analar bugungi kunda ham xuddi qadimgiday salobat bilan turibdi.
Ehromlarning eng yuksagi fir’avn Xufu (Xeops) piramidasidir. Uning balandligi 147 metr, bundan qariyb 5 ming yil ilgari, ya’ni miloddan avvalgi 28-asrda qurilgan. Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir kilometrga yaqin yo`l bosish kerak.

  • Piramida kimning nomiga qurilgan bo`lsa, uning mumiyosi turgan xonaga yiliga 2 marta quyosh kiradi.

  • Har biri 20 tonna og`irlikdagi toshlardan bino etilgan.

  • Piramida ichida sut bir necha kun buzilmaydi va buzilmasdan qatiq holiga keladi.

  • Mumiyolarda radioaktiv modda bo`lganligi sababli mumiyolarni birinchi bor topgan 12 olim rakdan vafot etgan.

  • Piramida ichida qolgan suv, 5 hafta turgandan keyin yuz losyoni sifatida ishlatish mumkin.

Kirli suv piramida ichida bir necha kun qolsa, suvni tozalangan holda ko`rish mumkin.

  • Yaralar, vujuddagi yongan yerlar piramida ichida tez tuzaladi.

  • O`simliklar piramida ichida juda ham tez o`sadi

  • Ovqat qoldiqlari hech buzilmasdan piramida ichida mumiyolashadi

  • Piramida ichi yozda sovuq, qishda issiq bo`ladi.

Yetti «mo`jiza»ning yana biri Semiramidaning samoviy bog`laridir. Bu bog`lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari-Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo`lgan. Samoviy bog`larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog`lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o`z saroyini baland sun’iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan.
Bu bog`larni sug`orish uchun suvni Frot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko`tarib beradigan, charm idishlar o`rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog`lar shu darajada go`zal ediki, uni etti iqlimda yo`q «Bog`i Eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog`larni ko`ra olmaydilar. Frot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog`lar o`rnida minoracha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.
Bu haykal o`z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400-yildan ko`proq vaqt ilgari, miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan. Zevs haykali-uchinchi «mo`jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug`vor bo`lib, balandligi 14 metr. Fidiy Zevsni insonlarga xos olihimmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bilan qoplangan va sochlari to`zg`igan qiyofasida faqat salobat, ulug`vorlik emas, olijanoblik, ezgulik balqib turadi. Go`yo uning lablarida hozir tabassum paydo bo`ladi-yu, azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadiganday tuyuladi. O`ng qo`lida ma’buda Nikaning haykali, chap qo`lida-muqaddas burgut o`rnatilgan podsholik hassasi bor.
Kichik Osiyoning Efes shahridagi yunon ma’budasi Artemida ibodatxonasi dunyo «mo`jizasi»ning to`rtinchisi hisoblanadi. Bu ibodatxona marmardan ishlangan bo`lib, qariyb 120-yil davomida qurilgan va miloddan avval 550-yilga yaqin tugallangan. Koshona g`oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan.
Britaniya muzeyidan Jon Vud 1863-yili ibodatxonada tadqiqotlar boshladi. 1869-yili 6 metr chuqurlikda, loylar orasida ibodatxona asoslarini topdi. Topgan haykallarini va ba’zi topilmalarni Britaniya muzeyiga olib ketdi. 1904-yili yana shu muzeydan D.G.Xograt boshchiligidagi bir gurux arxeologlar qazuv ishlarini davom ettirdilar va bu erda bir birining ustiga insho etilgan 5 ibodatxonani kashf etdilar. Bugun kelgan turistlarga ibodatxona joyini bildirish uchun botqoqlik holida bo`lgan erga faqatgina bir dona ustun tikilgan.
Maydondagi Rodoslik Kolossning balandligi 37 metrli bronzadan yasalgan. Uning baquvvat oyoqlari sal kerilgan, o`ng qo`lining kafti esa ko`zlari ro`parasiga qadar oldinga ko`tarilgan. Qaddini bir ozgina orqaga tashlab, nigohini uzoq-uzoqlarga qaratgan. Boshi atrofga nur sochib turgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu Quyosh xudosi-Geliosning tasviri bo`lib, orol aholisi bu xudoni o`zlarining homiylari deb hisoblashgan. Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida ekan, uni yorug`likka Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan emish. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataydilar.
Dunyoning keyingi oltinchi “mo`jizasi” Iskandar mayog`ining loyihasini o`z zamonasining mashhur va talantli me’mori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli bo`lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori kvadrat shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol yo`nalishlariga mo`ljallab qurilgan. Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo`lib, uning ustiga dengiz xudosi Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o`rnatilgan edi.
Dunyoning yettinchi «mo`jiza»si Kichik Osiyoda, uncha katta bo`lmagan Kariya podsholigi poytaxti-Galikarnas (Turkiyaning hozirgi Bodrum shahri)dagi podsho Mavsol va uning xotini Artemisiya maqbarasidir. Nihoyatda muhtasham bo`lgan bu maqbara miloddan avvalgi 4-asr o`rtalarida qurilgan. Maqbara binosi uch qavatdan iborat bo`lib, birinchi qavati zinasimon poydevor shaklida oq marmardan ishlangan. Bu qavatda podsho va uning xotini qabrlari qo`yilgan. Ikkinchi qavatda chiroyli marmar ustunlar bilan bezatilgan xonalar bo`lib, bu xonalar podsho va malika sharafiga turli marosimlar uchun mo`ljallangan edi.
Ha, bu mo`jizalar haqida hozirgacha faqat kitoblarda o`qib hayratlanasiz, xolos. Uning go`zalligi saqlanib qolgan qadimgi yodgorliklar, ko`hna obidalar misolida ko`rishimiz mumkin. Dunyoni teran anglay desang, tarixga nazar sol. Ana shundagina kishini lol qoldiradigan mo`jiza-yu, kashfiyotlardan boxabar bo`lasiz.
Ushbu ma’lumotlar o`quvchilarni tarix darsiga bo`lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Download 136.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling