Massaj usullari tartibi. - Massaj usullari tartibi.
- Massaj umumiy va maxalliy bo`ladi.
- -Umumiy massajda butun gavda mahalliy massajda gavdaning ayrim qismlari massaj qilinadi. Xar bir massaj usullari ma`lum tartibda olib boriladi. Massaj silashdan boshlanadi, keyin ishqalashga o`tiladi, so`ngra uqalash, qoqish va yana silash bilan tugallanadi. Odatda, umumiy massaj qo`l oyoqni massaj qilishdan boshlanadi. Massaj qilinuvchi kishi chalqancha yotadi. Massaj quyidagi tartibda olib boriladi: oyoq panjasi, boldir, xar ikkala son, so`ngra qo`l panjasi, bilak, o`ng va chap yelka va nihoyat ko`krak. Shundan keyin massaj qilinuvchi kishi qornini erga bosib yotadi. Uning oyoq panjasi, boldiri, soni, xar ikkala dumba soxasi, so`ngra orqasi massaj qilinadi. Umumiy massaj qornini silash bilan tugallanadi. Bo`g’imlar massaji silash va sekin harakatlar qilish bilan chegaralanadi. Umumiy massajning o`rtacha muddati 50 minut.
- Massajning xususiy metodikasi
- Qo`lni massaj qilish. Qo`lni massaj qilishda massaj qilingan soxa tanadan yon tomonga 15-20 gradus va oldingan 60-70 gradus bukib qo`yiladi. Bilak tirsak bo`g’imi ichiga o`tmas burchak xosil qilib , qayrilgan panja yelka bilan bir xil balandlikda turadi. Qo`l massaji quyidagi tartibda olib boriladi: dastlab barmoqlar aloxida-aloxida massaj qilinadi, so`ngra panja , bilak kaft usti bo`g’imi, bilak, tirsak bo`g’imi, yelka va nixoyat yelka bo`g’imi massaj qilinadi. Panja soxasini massaj qilishda silash va ishqalash usullari yelka va bilak soxalarini massaj qilishda silash va uqalash, qoqish va shapatilash usullari qo`llaniladi. Limfa tomirlarini yo`nalishi va limfa tugunlarining joylashishiga qarab, silashni panjadan boshlab qo`ltiqqacha davom ettirish kerak. Qo`l panjasi massaji bosh barmoqning yumshoq qismi bilan orqa tomonidan, ko`rsatkich yoki o`rta barmoq bilan kaft tomonidan aylanma xarakat qilib, barmoq falangalarini silash va ishqalashdan iboratdir.
Massaj muskullariga katta ta'sir ko'rsatadi muskul va tolalarni qisqartishi muskul xujayralarini o'zida o'zgarishlar paydo qiladi. Muskulning charchashi massaj ta'sirida massajsiz dam olganidan ertaroq bosiladi. - Massaj muskullariga katta ta'sir ko'rsatadi muskul va tolalarni qisqartishi muskul xujayralarini o'zida o'zgarishlar paydo qiladi. Muskulning charchashi massaj ta'sirida massajsiz dam olganidan ertaroq bosiladi.
- Massaj atrofiyaga uchragan muskullar xajmini sezilarli darajada kattalashtirib, ish qobiliyatini oshiradi. Muskulga ko'rsatiladigan ta'sir limfa qon oqimining kuchayishiga olib keladi.
- Bu xususan silash, uqalash vaqtida shishlarning surilib ketishiga yordam beradi. Muskullarda rezerv kapilliyarlari ishga tushadi. Bu kapilliyarlari qo'shimcha qon, demakki kislorod ham keladi. Massaj uqalayotgan joylar qonning qayta taqsimlanishiga ta'sir qilish bilan birga yurak ishiga ham ta`sir ko'rsatadi. Arterial bosim bilan puls sal o'zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |