Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

Matematik model - matematik timsollar, belgilar va hodisalar sinfining taxminan namunasi, 
bayoni. Obyektiv dunyo hodisalarini to‘liq aks ettiradigan Matematik model qurish mumkin 
emas, lekin istalgan aniqlikda to‘g‘ri aks ettiradigan matematik model qurish mumkin. 
Matematik model 4 bosqichga bo‘linadi: modelning asosiy obyektlarini bog‘lovchi qonunlarni 
shakllantirish; matematik model olib keladigan matematik masalalarni yechish; modelning 
nazariyaga mos kelishini aniqlash, modelni tahlil qilish va takomillashtirish. Matematik 
modelning klassik namunalaridan biri suyuqlik harakatini o‘rganishdir. Dastlab, XVIII asrda 
suyuqlik qisilmaydigan bir jinsli, faqat massa va energiya saqlanishi qonuniga bo‘ysunadigan 
modda (“ideal qisilmaydigan suyuqlik”) deb olingan. Shularga asoslanib qurilgan matematik 
modelda suyuqlik harakati maxsus differensial tenglamalar bilan ifodalangan. Keyinchalik, bu 
matematik model takomillashtirilib, suyuqlikning qisiluvchanligi, yopishqoqligi, molekulyar 
tuzilishi, uyurma hosil bo‘lishi, issiqlik, elektr va boshqa ta’sirlar hisobiga olingan differensial 
tenglamalari tuzilgan. Matematik model fizika, astronomiya, biologiya iqtisodiyot, tibbiyot va 
boshqa sohalarda asosiy tadqiqot usuli hisoblanadi. 
Matematik model tuzish usullaridan bo‘lgan approksimatsiya masalasi haqida ham ma’lumotlar, 
hamda amaliy formulalar va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Bunda asosiy 
maqsad, murakkab jarayonlardagi miqdoriy bog‘lanish qonuniyatlarini kuzatuvlar asosida 
olingan jadval ma’lumotlar bo‘yicha tuzish usullari haqida to‘xtalgan. Bu masala yechimini 
interpolyatsion ko‘phadlar, eng kichik kvadratlar usuli, hamda ortagonal ko‘phadlar yordamida 
yechish usullari ko‘rsatilgan. Xususan, iqtisodiy jarayonlarni matematik modeli sifatida XX 
asr o‘rtalarida G.B.Dantzig, L.V.Kantorovichlar tomonidan amaliyotga kiritilgan chiziqli 
programmalash masalalari ChPM yo‘nalishini keltirish mumkin. Yuzaki qaraganda, bozorda 
o‘tirgan oddiy sotuvchi (tadbirkor) o‘z tajribasiga suyangan holda, narx-navo dinamikasini 
tahlil qilib, har kuni o‘zi bilmagan holda qandaydir optimizatsiya masalalarini yechib boradi. 
Uning tanlagan yechimi omadli yoki omadsiz bo‘lishiga qarab uning daromadi shakllanadi. Bu 
yerda yechimni omadli yoki omadsiz sifatlari bilan bog‘ladik. Sababi, iqtisodiyot bilan bog‘liq 
masalalar haddan tashqari ko‘p variantli bo‘lib ularni to‘la tahlil qilish va optimal variantni 


59
17
tanlash zamonaviy kompyuterlar uchun ham mushkul masalalardan hisoblanar ekan. Masalan 
ChPM ning tanlash masalasi deb ataladigan masalasida n- tartibli kvadrat matritsa hosil bo‘ladi. 
Shu matritsaning har bir satri va har bir ustunidan bittadan elementni shunday tanlash kerakki, 
tanlangan elementlar yig‘indisi maksimal bo‘lsin. Bu masalani yechish uchun n variantni 
hisoblash va taqqoslash kerak bo‘lar ekan. Hattoki, oddiy n teng bo‘lgan holda ham n!> 8 bo‘lib, 
bu masalani yechish uchun sekundiga milliard amal bajaradigan kompyuter ham 5 yil tinimsiz 
ishlashi kerak ekan. Demak, bu yerda mavjud variantlarning barchasini emas, ma’lum ma’noda 
optimallikka da’vogar bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlarnigina tahlil qilish va ular orasidan 
optimalini ajratish yo‘lini tutish talab qilinadi. CHPM fani aynan shu yo‘nalishda shakllangan 
bo‘lib, uning matematik asoslarini, hamda amaliy tadbiq etadi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, matematik modellashtirish fani matematika va 
iqtisodiyotdagi bir qator muammolarni yechishga yordam beradi va mavjud vaziyatning muammo 
yoki hodisaning optimal variantini tanlashda, hodisani pragnozlashtirish bo‘yicha muammolarni 
yechishga yodam beradi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISH VA 
PROGNOZLASH” Тoshkent 2018 
2. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
3. Джарол Б.Мангейм, Ричард К.Рич. Политология. Методы исследования.
4. http://www/intertrends.ru/
5. http://www.uza.uz
6. http://www.cer.uz


60

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling