Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


MASALALARDA MATEMATIKA JOZIBASI


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
MASALALARDA MATEMATIKA JOZIBASI
Ismoilova Iroda Qazaqovna
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 
8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining
Oliy toifali matematika - informatika fani o‘qituvchisi
Telefon: +99894 317 88 73
Nazarov Iskandar O’smonovich
Urganch davlat unversiteti 
fizka-matematika fakulteti 4-bosqich talabasi
Telefon: +99894 112 11 44
nazariskandar097@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari matematika darslarida qo‘llash 
mumkin bo‘lgan xalq og‘zaki ijodidan olingan qiziqarli masalalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Xalq og‘zaki ijodi, masala, mohiyat,qiziqish, ijodkorlik.
Xalqimizda azaldan har xil hayotiy holatlarga doir matematik masalalar keng tarqalgan. Bu 
masalalar har xil qiyinchilik darajasida bo‘lib , o‘zining jozibaliligi va oson yodda qolishi 
bilan ahamiyatlidir .Bu masalalarning asosiy maqsadi kishilarni hayratda qoldirish emas 
,balki kishining fikrlash qobilyatini tekshirish, ularning mulohazaliligi va topqirligini bilishdan 
iborat bo‘lgan . Xalq og‘zagi ijodidan olingan matematik masalalarni o‘quvchilarga havola
etish ularning fanga bol’gan qiziqishlarini orttirish bilan birga ularni topqirlikka ham o‘gatadi. 
Quyida xalq og‘zaki ijodidan olingan qiziqarli masalalardan namunalar keltiramiz. O’ylaymizki, 
bu masalalar o‘qituvchi va o‘quvchilarda kata qiziqish uyg‘otadi. 1)Bir kishi 500 so‘mga 100ta 
qo‘y, sigir va ot sotib oldi. Agar har bir ot 50so‘mdan, har bir sigir 10so‘mdan va har bir qo‘y 
1so‘mdan sotib olingan bo‘lsa, nechta ot, nechta sigir va nechta qo‘y sotib olingan?
2)Bitta g‘isht 2 kg va yana yarim g‘ishtga teng. To‘rtta shundayg‘isht necha kilogram bo‘ladi?
3)Ota 16 ta sigirga ega. Birinchi sigir kuniga 1litr, ikkinchi sigir kuniga 2 litr sut, uchinchi 
sigir kuniga 3 litr sut va hokazo o‘n oltinchi sigir kuniga 16 litr sut beradi. Ota bu 16ta sigirni 
to‘rtta o‘g‘liga teng sonda va teng sut beradigan holatda taqsimlab berdi.Ota sigirlarni qanday 
taqsimlagan?.
4) Uchta mushuk 1,5soatda 3ta sichqonni yeydi. 10ta shunday mushuk 20ta sichqonni necha 
soatda yeydi?
5) Bir ayol bozorga sotish uchun ikki savat tuxum olib bordi. Tasodifan uni bir yigit turtib 
yubordi,natijada barcha tuxumlar sindi.Yigit zararni to‘lash uchun ayoldan savatd qancha tuxum 
borligini so‘radi. Shunda ayol tuxumlarni sanamaganligini aytdi, ammo ularni 2tadan, 3tadan, 
4tadan va 6tadan savatga solganidahar doim bitta tuxum ortib qolganligini, 7tadan solganida 
esabitta ham tuxum ortib qolmaganligini aytdi. Savatda qancha tuxum bo‘lgan?
6) 1,5 tovuq 1,5 kunda 1,5 tuxum qo‘yadi. 4ta tovuq 9 kunda qancha tuxum qo‘yadi?
7) Ota 4ta sutga to‘la, 10ta sutga yarim to‘la va 7 ta bo‘sh idishga ega. U 3ta o‘g‘liga bu 
idishlarni shunday taqsimlab berishi lozimki, bunda har bir o‘g‘li teng sondagi idishlarga va teng 
miqdordagi sutga ega bo‘lsin.Buni siz qanday bajarasiz?
8) Otasi, onasi va o‘gli bitta qayiq yordamida daryoni kesib o‘tishi lozim. Ota va onaning har 
biri 100 kgdan,o‘g‘illari esa har biri 50 kgdan keladi. Qayiq esa 100 kgdan ortiqyukni ko‘tara 
olmaydi. Ularning barchasi qayiq haydashni biladi. Ular daryodan qanday qilib kechib o‘tishadi?
9)Ayol bozorga sotish uchun bir savat olma olib botdi. U birinchi xaridorga savatdagi 
olmalarning yarmini va yana bitta olma, ikkinchi xaridorga savatda qolgan olmalarning yarmini 
va yana 2 ta olma, uchinchi xaridorga ham savatda qolgan olmalarning yarmini va yana 3 olma 
qo‘shib berdi. Shundan so‘ng savatda olma qolmadi. Dastlab savatda qancha olma bo‘lgan?
10) 8 litrli, 5 litrli va 3 litrli uchta idish berilgan. Katta 8 litrli idish suvga to‘la. 5 litrli va 3 
litrli idishlardan foydalanib 4 litr suvni ajratib oling.
11) Mahsulot necha so‘m turadi degan savolga, sotuvchi shunday javob berdi: “3ta tovuq 
go‘shti va 1ta o‘rdak go‘shti qancha so‘m bo‘lsa, 2 ta g‘oz go‘shti ham shuncha so‘m turadi. Bitta 
tovuq go‘shti, 2 ta o‘rdak go‘shti va 3 ta g‘oz go‘shti birgalikda 25 so‘m turadi”. Agar har bir 
mahsulotning butun so‘mda turishi ma’lum bo‘lsa, har bir qush go‘shti necha so‘mdan ekanligini 


61
17
toping.
12)Uchta katta yoshdagi kishi va ikkita bola daryoni kesib o‘tishi lozim. Qayiq bitta kata 
yoshdagi kishini yoki ikkita bolani ko‘tara oladi.Ular daryoni qanday qilib kechib o‘tishadi? 
Agar daryoning kengligi 100 metr bo‘lsa, qayiq jami necha metr yo‘l bosadi?
13) 26 ta tangadan bittasi qalbaki (nisbatan ehgil). Uch marta pallali tarozida tortish bilan 
qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin?
14) Cho‘pon yaylovda otlar, sigirlat va qo‘ylarni boqmoqda. Ular jami 100ta. Agar cho‘pon 
har bir otni boqqani uchun 20 so‘mdan, har bir sigirni boqqani uchun 10 so‘mdan, har bir qo‘yni 
boqqani uchun 1 so‘mdan pul olsa, u jami 200 so‘m bo‘ladi.Yaylovda nechta ot, nechta sigir va 
nechta qo‘y bor?
15) Boqqa kirgan birinchi kishi bir dona,ikkinchi kishi ikki dona, uchinchi kishi uch dona va 
hokazo eng oxirgi kirgan kishi nechanchi o‘rinda kirgan bo‘lsa, shuncha dona olma uzib chiqdi. 
So‘ngra olmalarning hammasini jamlab, baravar bo‘lishganda har bir kishiga 15 olmadan to‘g‘ri 
keldi. Xo‘sh boqqa necha odam kirgan va hammasi bo‘lib nechta dona olma uzib chiqilgan?
16)Ona o‘z bolalariga olma tarqatmoqchi bo‘ldi. Agar har bir bolasiga bir donadan olma 
bersa, u holda uchta olma ortib qoladi. Agar har bir bolasiga uchtadan olma bersa, u holda uchta 
bolasiga olma yetmasdan qoladi. Ona nechtabolasiga nechta olma tarqatmoqchi?
17) Bir kishi vafotidan oldin vasiyat qildi: “Agar mening ayolim o‘g‘il farzand tug‘sa, 
o‘g‘il farzandim boyligimning 2/3qismiga, ayolim esa qolgan qismiga egalik qilishsin. Agar 
qiz farzandim dunyoga kelsa, qizim boyligimning 1/3 qismiga, ayolim esa 2/3 egalik qilishsin”. 
Ammo o‘g‘il va qiz dunyoga keldi. Bu kishining boyligi endi qanday taqsimlanadi?
18) Ikki bolaning har birida bir nechtadan yong‘oq bor. Birinchi bola ikkinchisiga: “Menga 
bitta yong‘g‘ingni ber, shunda yong‘oqlarimiz teng bo‘ladi”,-dedi. Ikkinchi bola birinchisiga: 
“Sen menga ikkita yog‘og‘ingni ber,men sendan ikki marta ko‘p yong‘oqqa ega bo‘layin”,-dedi. 
Har bir bolada nechtadan yong‘oq bo‘lgan?
19) Bir oilada bir nechta o‘g‘il bolalar va bir nechta qiz bolalar bor. Har bir o‘g‘il bola nechta 
aka-ukaga ega bo‘lsa, shuncha opa-singilga ham ega. Har bir qiz bola o‘z opa-singillaridan ikki 
marta ko‘p aka-ukaga ega. Bu oilada nechta o‘gil bola va nechta qiz bola yashaydi?
20) Uchta yigit Ali, Vali va G‘ani birgalikda sayohat qilishmoqda edi.Ali 5kg nonga, Vali esa 
3kg nonga ega edi.G‘anida esa non yo‘q edi.Sayohat davomida uchalasi birgalikda bu 8kg nonni 
yeb tugatishdi.G‘ani o‘rtoqlariga , bergan nonlari uchun 8 so‘m pul berdi. Ali va Vali bu 8 so‘m 
pulni qanday bo‘lib olishlari kerak?
Agar o‘quvchilarga bunday qiziqarli masalalardan yechish tavsiya etilsa, bu ularni mantiqiy 
fikrlashga va ijodkorlikka undagan bo‘lar edi. Natijada matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini 
oshiradi,balki ularni atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatlarini tarbiyalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.A.Mirzaahmedov,A.A.Rahimqoriyev. 5-sinf darslik. 2016. –B 200-234.
2. M.A.Mirzaahmedov va boshqalar . 6-sinf darslik. 2016.-B100-108.
3. M.A.Mirzaahmedov,A.A.Rahimqoriyev. 5-sinfda matematika uslubiy
qo‘llanmasi. 2007. 
4. “Yosh matematik ”qomusiy lug‘ati. 


62

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling