Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


KOINOTNING YASHIRIN ENERGIYASI VA UNING ANTITORTISHISH KUCHI


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
KOINOTNING YASHIRIN ENERGIYASI VA UNING ANTITORTISHISH KUCHI
Toirxon Alimov 
Samarqand davlat universiteti dotsenti
Farxod Xamrakulov
Samarqand davlat universiteti mustaqil taqdiqotchisi
+998996264571
 x-farxodjon@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada ko‘rsatilishicha kosmik jismlarga butun olam tortilish kuchidan 
tashqari butun olam antitortilish kuchi ham tasir etib koinotni tezlanish bilan kengayishini 
taminlaydi.
Kalit so‘zlar: Koinot strukturasi, yashirin materiya, yashirin energiya, gravitatsiya, 
antitortishish.
O’ta yagi yulduzlar kosmologiya uchun deb ataluvchi laboratoriya xodimlari Sol Perlmuter 
rahbarligida va Avstraliya milliy universitetining uzoq o‘ta yangi yulduzlarni izlash guruhi 
Brayan Shmidt rahbarligida koinotning nomalum sabablarga ko‘ra nafaqat kengayayotganligi 
balki tezlanish bilan kengayib borayotganligini aniqladi.
Gap shundaki uzoqdagi Ia tipidagi “o‘ta yangi yulduzlarni” yorqinlik kattaligi kutilgandan 
ham kichik bo‘lib chiqdi. Butun dunyodagi teleskoplarda olingan natijalarni to‘plab galaktikalar 
orasidagi gaz va chang tasiri hisobga olingan holda natijalarni mukammal tahlil qilib yuqorida 
keltirilgan guruh olimlari koinot 1929-yilda Habbl aniqlaganidek nafaqat kengayayotganligi 
balki tezlanish bilan kengayib borayotganligini aniqladi. Aniqlanishicha koinot nomalum manfiy 
bosimga ega bo‘lgan qora energiya kuchi tomonidan kengaytirilmoqda. Bunday yangilik qora 
energiya nima degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Eng avval faraz qilish mumkinki bu A. Eynshteyn 
tomonidan kosmologik tenglamaga kiritilgan mashxur kosmologik doimiy – energiyadir. Bu 
doimiy butun koinot to‘ldirilgan, muhit bilan tasirlashmaydigan, energiyani ifodalab uni qora 
energiya deb nomlanadi. Qora energiya qanday xususiyatlarga ega degan savol tug‘ilishi tabiiydir, 
bunday xususiyatlar uncha ko‘p emas [1,2,3,4] xorijiy ilmiy ishlarda ko‘rsatilishicha ular uchta.
Qora energiayaning birinchi xususiyati shundan iboratki energiya normal materiya (kuzatiluvchi 
materiya) va qora materiya (kuzatilmaydigan materiya) [5] singari biror galaktika yoki ularning 
to‘dalariga o‘xshagan obyektlarda to‘planmaydi. Ushbu g‘oya koinotni qaysidir qismida qora 
energiya zichligi biroz ko‘p bo‘lsa qaysidir qismida biroz kam, yani qayeridadir qora energiya 
quyuqroq va qayeridadir biroz siyrakroqdir degan fikr noo‘rindir.
Qora energiyaning ikkinchi xususiyati to‘grisida yuqorida keltirib o‘tganimizdek, qora energiya 
koinotni tezlanish bilan kengayishga majbur etadi. Odatdagi normal materiya gravitatsiyaga ega 
bo‘lganligi uchun agar koinotda qora energiya bo‘lmaganda u gravitatsiya kuchlari tasiri ostida 
faqat siqilgan bo‘lar edi. Qora energiya teskari effektga olib keladi, galaktikalar bir-biridan 
tezlanish bilan uzoqlashadi.
Keltirilgan bu ikki xususiyat tufayli malum manoda qora energiya antigravitatsiyani hosil 
qiladi. Natijada koinot tezlanish bilan kengayib, qora energiya koinotda bir tekis taqsimlangan 
bo‘ladi.
Qora energiyaning uchinchi xususiyati shundan iboratki uning zichligi vaqtga bog‘liq emas. 
Koinot kengayuvchan lekin energiya zichligi o‘zgarmas qoladi, chunki qora energiya shunday 
xususiyatga egaki qora energiya emas balki kengayuvchan koinot uning ustidan ish bajaradi va 
kengayuvchan koinotda bu substansiyaning miqdori koinot kengayishiga proporsional ravishda 
oshib boradi.
Koinotning tezlanish bilan kengayishi jismlarni xarakatini belgilovchi kuch borligidan dalolatdir. 
Biz yuqorida qayd etganimizdek bunday kuch tortishish kuchi bo‘lishi mumkin emas, chunki 
tortishish kuchi galaktikalarni bir-biridan uzoqlashtirmasdan balki yaqinlashtiradi. Galaktikalarni 
bir-biridan tezlanish bilan uzoqlashtiruvchi kuch, tormozlovchi kuchga ko‘ra teskari alomatli 
bo‘lishi kerak, bunday kuchga [1,2] antitortishish kuchi deyiladi. Antitortishishni hosil qiluvchi 
kuchni fizik manbai qora energiyadir [1,2]. Koinotda bunday energiyaning mavjudligi faqatgina 
antitortishish kuchini yani galaktikalarni tezlanish bilan uzoqlashishini hosil qilish xususiyatiga 
ko‘ra aniqlash orqali o‘rganish mumkin. Boshqa hollarda u ko‘rinmas va kuzatib bo‘lmaydigandir 


110
17
[1,2]. U nurlamaydi va nur sochmaydi. Qora energiya makroskopik xususiyatlariga ko‘ra musbat 
zichlik va manfiy bosimga ega bo‘lgan uzluksiz muhitdan iboratdir. Mikroskopik xususiyatiga 
ko‘ra esa qora energiya hali yer sharoitida qayd etilmagan zarrachalardan tashkil topgan bo‘lishi 
extimoldan xoli emas. Koinot yuqorida aytilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan qora enegiya bilan 
to‘ldirilgan ekanligidan kosmik jismlarga Nyuton tortilish kuchidan tashqari antitortilish kuchi 
xam tasir etayotganligi kelib chiqadi. Universal antitortishish to‘grisidagi g‘oya birinchi marotaba 
A.Eynshteyn tomonidan 1917-yili umumiy nisbiylik nazariyasini bir butun koinot masalasiga 
qo‘llaganida kiritilgan edi. Eynshteyn bir butun koinotda tortilish kuchini muvozanatda saqlab 
turuvchi antitortishish kuchi ham bo‘lishi kerakligini nazariy hisoblab ko‘rsatgan edi [1]. Ushbu 
ishda qora energiya, normal materiya zichliklarini hisobga olgan holda, energiya saqlanish 
qonunidan foydalanib Nyutonning butun olam tortishish kuchi F
N
va Eynshteynning butun olam 
antitortishish kuchi F
E
quyidagi formulalar bilan ifodalanishini topish mumkin: 
(1)
(2)
Antitortishish kuchi ishorasi tortilish kuchi ishorasiga nisbatan teskaridir. (1) va (2) 
formulalardan ko‘rinib turibdiki R masofani ortishi bilan Nyuton tortilish kuchini kattaligi 
kamayib borsa, Eynshteynning antitortilish kuchini kattaligi oshib boradi. Kosmologiyada R bir-
biridan uzoqlashayotgan zarralar (obyektlar) orasidagi masofa bo‘lib, u vaqtning oshib boruvchi 
funksiyasidir. Shuning uchun R-ning kichik qiymatlari ertachi kosmologik vaqtlarga to‘g‘ri kelsa, 
R-ning katta qiymatlari kechgi kosmologik vaqtlarga mos keladi. Ertachi vaqtlarda Nyuton kuchi 
asosiy rolni o‘ynasa, kechgi vaqtlarda Eynshteyn kuchi asosiy rolni o‘ynaydi va koinotni tezlanish 
bilan kengayishini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki koinotni tezlanish bilan kengayib ketayotganligi qora energiya 
tufayli Eynshteynning antitortishish kuchi ta’sirida vujudga kelayotganligi va koinot yashirin 
energiya bilan to‘ldirilgan ekanligi oxirigacha isbot etilgan faktdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. А.Д.Чернин Тёмная энергия в близи нас // Гаиш МГУ http://www.astronet.ru/db/msg/ 
1210535
2. А.Д.Чернин Темная энергия и всемирная антитяготения. УФН, том 178, №3, 2008
3. П. Дэвис Суперсила // из-во «Мир», М. 1989, 277 стр 
4. А.В. Засов и др. Тёмная энергия в галактике УФН, том 187, №1, 2017
5. В.Г. Сурдин «Галактики» М.: физматгиз, 2013, 433 стр 


111

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling