Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


UMUMIY O’RTA MAKTAB FIZIKA DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
UMUMIY O’RTA MAKTAB FIZIKA DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Jabborova Gavhara Norboyevna. 
Qashqadaryo viloyati Guzar tumani 
10 umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Fizika fanini o‘qitishda yuqori samaradorlikni taminlashningustuvor g‘oyalarini 
ishlab chiqish , hamda uni targ‘ib qilish.
Kalit so‘zlar: o‘quvchilarni qiziqtirish, fizikaviy tajribalar, tarixiy fizika, fizika fani yutuqlari.
Atrofga qarasangiz, yog‘ayotgan qor yoki yomg‘irni, suzib yurgan bulutlarni, ariq yoki 
daryolardan oqayotgan suvni ko‘rasiz. Bularning barchasi tabiat hodisalaridir. Bizni o‘rab turgan 
tabiatdagi o‘zgarishlar hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda borayotgan jarayonlarning 
qonuniyatlarini o‘rganish ulardan unumliroq foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni 
o‘rganish borasida inson o‘z mehnatini yengillashtiradigan mashinalarni o‘ylab topgan. Kundalik 
turmushimizni elektrsiz, yoqilg‘isiz va toza suvsiz tasavvur qila olmaymiz.Elektr energiyasini 
hosil qiladigan mashinalar, elektrdan va yoqilg‘idan foydalanib ishlaydigan qurilmalar fizika 
faniga asoslanib yaratiladi. Mashina va mexanizmlarni boshqarishda, sozlash ishlarini bajarishda, 
uy-ro‘z g‘or texnikasidan unumli foydala nishda ham fizikadan olgan bilimlarimiz asqotadi.
Tabiatda ro‘y berayotgan turli hodisalarni alomatlariga ko‘ra mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik 
va tovush hodisalariga ajratish mumkin.
Bularning barchasi fizika fani yutuqlari hamda o‘rganish peridmetlaridir.Agar maktab davridan 
o‘quvchi yoshlarni fizika faniga qiziqtirib, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berilsa, ular kelajakda bemalol tabiat 
qonunlarini tahlil qila oladilar.Statistik malumotlarga qaraganda maktab davrida fizika faniga qiziqqan 
yoshlar kelajakda qariyib 95 % dan ko‘prog‘i pisixik jihatdan yuqori saviyaga ega bo‘lishadi.Bundan 
ko‘rinib turibdiki, biz kabi o‘qituvchilar maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilim samaradorligini oshirib 
,ularni turli inavatsion g‘oyalar,hayotiy jarayonlarni misollar yordamida yanada chuqurroq o‘rgatishga 
chorlaydi.Bunda bizdan talab qilinadigan asosiy jarayonlar bilan tanishsak:
• Asosiysi o‘quvchilarni qiziqtirish: bunda ularga turli qiziqarli va hayotda uchraydigan 
savollar berish; Nima sababdan Quyoshdan yorug‘lik chiqadi? Nega suv bug‘ yoki muz 
ko‘rinishida bo‘la oladi? Qanday sababga ko‘ra xona temperaturasida simob suyuqlik holida 
bo‘ladi-yu, temirni suyultirish uchun juda yuqori temperaturagacha qizdirish kerak? yana shunga 
o‘xshash savollar.
• Turli xil fizikaviy tajribalar o‘tkazish: Yassi ko‘zgu yordamida yorug‘likning qaytishini 
o‘rganish, kuch qarshiliklarini o‘quvchilar bilan o‘lchash, spektrda nurlarning joylashish tartibini 
kuzatish va ularni o‘zlariga bu tajribalarni o‘tkazishga yordamlashish.
• Tarixiy fizikaga oid olam shumul voqelarni har darsda berib borish: Buyuk ingliz olimi 
I. Nyuton fizikaning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Quyosh va sayyoralar harakati 
sabablari, kuch va uning jism harakatiga ta’siri, yorug‘likning rangi haqidagi ilmiy ixtirolar 
uning qalamiga mansub,Umar Xayyom o‘sha davr uchun ancha mukammal lashgan taqvim 
(kalendar)ni ishlagan bo‘lsa, Umar Chag‘miniy Yer o‘qining og‘maligi tufayli fasllar almashinib 
turishini qayd qilgan. Bunday buyuk tadqiqotlarni ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali 
ibn Sino, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy hayoti bilan bog‘lash. Shu tariqa 
ularni qonida qanday bobolarining qoni oqayotganini ham ong-ongiga singdirib boramiz.
Yuqoridagi ko‘nikmalar esa o‘quvchi yoshlarni har tomonlama yuksalishiga zamin bo‘lib 
xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni takidlash joizki, har qanday maktab darsliklarini samaradorligini oshirish 
uchun, faqat bir yo‘nalishda ishlamasdan, turli inavatsion g‘oyalarni ishlab chiqish , ular ustida 
izlanish yuqori natijalarni qo‘lga kiritishda tilsim kaliti bo‘lib hizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Maktab darsliklari.
2. N.M.Shahmayev, V.F.Shilov// O’rta maktabda fizikadan eksperiment//Toshkent-
“O’qituvchi”//1997.
3. T.Usmonov// Fizika tarixidan metodik qo‘llanma//Toshkent-2003.
4. Валиев У.К ,Турсунметов К.А. // Методика решения задач по физике полупрово-
дников//Современное Образование -2017.


141

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling