Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


FIZIKA FANI DARSLARIDA TEXNOLOGIYA FANIDAN FOYDALANISH ASOSLARI


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
FIZIKA FANI DARSLARIDA TEXNOLOGIYA FANIDAN FOYDALANISH ASOSLARI
M.E.Yunusova, Toshkent viloyati Zangiota tumani
 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hozirgi zamon talablariga muvofiq ravishda 
dars o‘tishda fanlar aro bog‘liqlikdan ya’ni fanlar integratsiyasidan foydalanish o‘zining samarali 
natijasini beradi. Chunki fan – texnika taraqqiyoti rivojlangan davrda bitta fanni o‘zini chuqur 
o‘rganish uchun uning atrofidagi boshqa fanlarni ham o‘rganish zarur bo‘ladi. Shuning uchun 
ham fanlar aro bog‘lanishni o‘rganish muhim dolzarb bo‘lib hisoblanadi.
Tayanch so‘zlar: fanlar integratsiyasi, masala, usul, metod, jarayon, texnologiya , jonsiz 
tabiat, elementar zarralar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, qattiq jism fizikasi, geleo fizika, 
intensive fizika , texnologiya ta’limi, tikuv mashinalari, stanoklar, qishloq xo‘jalik mashinalari.
Fanlar aro bog‘liqlikdan foydalanib, dars o‘tish va fanlar integratsiyasi haqida ko‘pgina 
ilmiy ishlar qilingan. Men ham ushbu mavzuda fanlar integratsiyasi qanchalik ahamiyati katta 
ekanligi ko‘rsatishga harakat qildim. Maqolamning dolzarb ekanligi shundaki, bunda fizika va 
texnologiya fanlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishni o‘rganish orasida o‘quvchi yoshlarni bilim 
darajasini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishga harakat qildim. Maktabda dars o‘tish bilan birga 
eksperiment qilib ijobiy natijalarga erishdim. Ushbu maqolamda fanlar integratsiyasini o‘rganish 
bilan birga o‘quv ustaxonalarida stanoklar va yoritish lampalari qanday joylashtirilishi, xonaning 
o‘lchamlari qanday bo‘lishi kerakligini aniqlovchi hisoblashishlarini ham qildim. Qilingan 
ishdan foydalanib o‘rta maktab texnologiya ta’limi o‘qituvchilari hohlagan o‘quv ustaxonasini 
hisobini qilishlari mumkin.
Fizika fani va uni texnika bilan bog‘liqligi haqida ko‘pgina ilmiy maqolalar yozilgan. Fizika 
– jonsiz tabiat qonunlari o‘rganiladigan asosiy tabiat fanlaridan biridir. Fizikada o‘rganiladigan 
hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegaralarini aniqlash juda qiyin. Keying vaqtda 
fizikaning plazma fizikasi , elementar zarralar fizikasi , yarim o‘tkazgichlar fizikasi, biofizika , 
qattiq jism fizikasi, geleo fizika bo‘limlari intensiv rivojlanmoqda. 
Fizika materiyning tuzilishi va materiya harakatining eng umumiy ko‘rinishlarini o‘rganadi. 
O’rganish tajriba asosda boshlanadi. Hodisalarni tabiiy sharoitlarda o‘rganish asosida tajriba 
orttirish kuzatish deb hodisalarni sun’iy sharoitda ya’ni laboratoriya sharoitlarida amalga oshirib , 
tajriba o‘tkazishni esa ekspetiment deb atash odat bo‘lib qolgan. Tajribalarda yig‘ilgan axborotlar 
hodisani tushuntirish uchun gipoteza (ilmiy faraz) lar yaratishga asos bo‘lib hizmat qiladi. 
Tajribalarda tasdiqlangan giporezafizik nazariyaga aylanadi. Shu bilan birga , fizik nazariya qayd 
qilinmagan yangi hodisalarni oldindan aytib bera oladi. 
Fizika fanining asosiy bo‘limlari – bu mexanikadir. Mexanika jismlarni yoki ularning 
qismlarini bir- biriga nisbatan ko‘chishidan iborat bo‘lgan maretiya harakatining eng sodda tiri 
haqidagi ta’limotdir. Mehanikaning taraqqiyoti kishilik jamiyatining madaniy tarixi bilan uzviy 
bog‘langandir.
Maktablarda fizikani o‘qitishda alohida mavzuga oid tushunchalarni “Texnologiya ta’limi” 
(dehqonchilik asoslari , chorvachilik asoslari, avtomobillar va traktor , qishloq xo‘jalik mashinalari, 
qishlaq xo‘jalik texnikalari ishlatish va ta’mirlash , yo‘l harakati qoidalari va xarakat xavfsizligi, 
unumli mehnatni tashkil etish , mashina elementlari , ishlab chiqarish asoslari , tikuvchilik 
texnologiyasi va jihozlari, yengil sanoatni ishlab chiqarish asoslari , gazlamashunoslik , bichish 
va tikish texnologiyasi , qishloq xo‘jalik oziq-ovqat mahsulotlari, pazandachilik asoslari, oziq-
ovqatni ishlab chiqarish asoslari , yog‘ochlarga ishlov berish texnologiyasi, yog‘ochsozlik 
sanoati , ishlab chiqarish asoslari , metallarga ishlov berish texnologiyasi , og‘ir sanoat ishlab 
chiqarish asoslari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uni boshqarish, hunarmandchilik asoslari ) 
fanlari bilan aloqadorlikda , bog‘lab tushuntirishning keng didaktik imkoniyatlari mavjud. Bu 
bilan o‘quvchilarning fizikada oladigan bilim va tushunchalarining har tomonlama mustahkam , 
barqaror hamda hayotiy ahamiyatiga oid tasavvurlarini to‘g‘ri sharillantirishga erishiladi. Bunday 
aloqadorlikni tehnologiya darslarida o‘qitiladigan texnik, texnologik , maishiy xizmat, qishloq 
va xo‘jalik asoslari, pazandachilik, xalq hunarmandchiligiga oid plakatlar , elektron slaydlar 
kabi didaktik vositalar va bevosita mexanizmlar , tikuv mashinalari, stanoklar, qishloq xo‘jalik 
mashinalari yoki boshqa texnologik jarayonlarning o‘zida fizikaning o‘tiladigan mavzusiga 


144
17
bog‘lab namoyish qilish va ko‘rsatib tushuntirish hamda aynan shu mavzuga bog‘lab masalalar 
yechish orqali amalga oshirilganda eng yuqori pedagogik samaradorlikka erishish mumkin 
bo‘ladi. 
Buning uchun birinchi bosqichda avvalo, fizikaning tushunchalarini mehnat ta’limining u 
yoki bu fanga oid aloqadorliklar mavzusini tahlili har bir sinf uchun ishlan chiqiladi va maxsus 
jadval ko‘rinishda ifodalanadi. 
Ikkinchi bosqichda ana shu jadvaldagi aloqadorlik bo‘yicha nazariy tushunchalar o‘quvchilarga 
bayon qilinadi. Shundan so‘ng anashu jadvaldagi tushunchalarni bevosita natural obekt ( qurilma 
jarayon va hakazo ) larda jonli namoyish qilish orqali tushuntiriladi. 
Uchinchi bosqichda esa aynan mazkur aloqadorlik tushunchalarini yanada mustahkamlovchi 
fizik masalalar ( o‘qituvchi tomonidan tuzilgan ) yechish amalga oshiriladi.
Fizikaning ba’zi tushunchalarining mehnat ta’limiga ta’luqli fanlar bilan aloqadorligi 
mazmunini ko‘rsatish mumkin.

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling