Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


HARAKATGA DOIR MASALALARNI YECHISH USULLARI HAQIDA


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
HARAKATGA DOIR MASALALARNI YECHISH USULLARI HAQIDA
Shixova Risolat Normetovna, Xorazm viloyati 
Shovot tumanidagi 1-maktabning boshlangich ta’lim fani o‘qituvchisi
risolatxon@inbox.uz, +998994243347
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda harakatga doir masalalarni yechish 
usullari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Harakatga oid masalalar, bir-biriga yo‘nalgan uchrashuvchi jismlar harakati, 
qarama-qarshi yo‘nalgan jismlar harakati, yaqinlqshish tezligi
Bugungi kunda boshlang‘ich sinflarda harakatga oid masalalar ko‘proq uchraydi. Bular aslida 
fizika kursi misollari… Bilamizki, fizika fan sifatida 6-sinflarda o‘ta boshlaydi.Shu sababli 
mazkur mavzu boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiyinchilik tug‘diradi. Mazkur maqolada 
anashu muammoni qo‘ldan kelganicha bartaraf qilish yo‘llari, mavzuni tushuntirish yo‘llari 
haqida fikr yuritamiz. Harakatga oid masalalarni o‘rgatishga tayyorlash o‘quvchilarning qaysidir 
harakatli jarayonlar haqidagi tushunchalarini umumlashtirishdan iborat bo‘lib, bu yerda “harakat 
tezligi” asosiy tushunchalardan biri sifatida yuzaga chiqadi. Harakat tezligi: (v)- bu vaqt 
birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘ldan iborat.
Harakatga oid masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarning piyodaning o‘rtacha tezligi, 
velosipedchining o‘rtacha tezligi, avtomobilning o‘rtacha tezligi haqidagi tushunchalari 
shakllanadi. Tekis va notekis harakat tushunchasi haqida tasavvurga ega bo‘lishadi. Dastlab 
tekis harakatga oid masalalar ko‘riladi. So‘ngra harakatga oid murakkab masalalar o‘rgatiladi.
Mavzuga oid bilimlarni mustahkamlashda harakatga oid turli ko‘rinishdagi, turli qiyinlikdagi 
murakkablik darajasi har-xil bo‘lgan ko‘plab masalalarni ko‘rib chiqish kerak. O’quvchilar 
bunday masalar yechishning eng optimal variantini, eng qulay usulini tanlay bilishlari lozim. 
Bunda 2 turdagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi :
1. Bir-biriga yo‘nalgan uchrashuvchi jismlar harakati ;
2. Qarama-qarshi yo‘nalgan jismlar harakati;
Bir-biriga yo‘nalgan “uchrashuvchi jismlar” harakati maxsus savollar yordamida 
umumlashtiriladi. O’quvchilarga bu ikki turdagi harakat ko‘plab hayotiy misollar va kuzatishlar 
yordamida “bir-biriga qarab harakatlanish”, “ bir punktdan qarama-qarshi harakatlanish”, “ikki 
punktdan bir-biriga qarab harakatlandi va uchrashdi” jumlalarining ma’nosini to‘g‘ri anglashlariga 
erishiladi. Rasmlar yordamida ko‘rgazmali tasvirlardan so‘ng o‘quvchilarga sekin qiyinlashish 
darajasida bunday masalalarni “kesmalar yordamida”, sxema tuzishni o‘rgatish maqsadga 
muvofiqdir. Bunda har bir jism tezligini ifodalovchi yo‘nalgan kesma uzunligi tezlik qiymatiga 
bog‘liq bo‘lishini va ular orasidagi masofani, ular bosib o‘tgan masofani mos uzunlikdagi 
kesmalar yordamida sxemalarda ifodalay bilishni o‘rgatish zarurdir. Bunday turdagi masalalarni 
yechishda yaqinlashish tezligi tushunchasi kiritiladi.
Qoida: Yaqinlqshish tezligi –bir-biriga qarab harakatlanayotgan ikkita jismning birlik vaqt 
ichida bosib o‘tgan masofalari yig‘indisidir.

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling