Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


FIZIKA DARSLARIDA AKTDAN FOYDALANISH


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
FIZIKA DARSLARIDA AKTDAN FOYDALANISH
Aminova Sayyora Atoxonovna
Xorazm viloyati Xonqa tumani 
19-maktab fizika fani o‘qituvchisi
Tel:+998919958082
ANNOTATSIYA: Fizika darslarida AKTdan foydalanishning muhim ahamiyati.
KALIT SO’ZLAR: AKT, MS Word, fizika, 3D, hodisa, quvvat.
Darsda faqat bo‘r va latta ishlatiladigan vaqti o‘tdi. O’quvchilarni samarali o‘qitish
uchun kompyuterlar, proyektorlar va AKT dasturlari bilan jihozlangan auditoriyalardan
foydalanishlari kerak. AKT kundalik hayot talabi va jamiyatning globallashuvida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Agar fizika darsi davomida 3D ekranda elektromagnetizm mavzusini bosqichma bosqich
tushuntiradigan virtual taqdimot paydo bo‘lsa, bunday taqdimotni o‘quvchi hech qachon esdan 
chiqara olmaydi va chuqur o‘zlashtira oladi. Fizika bu har xil hodisa va voqealarni atrofdamizdagi 
olam bilan bog‘lab ilmiy yondashib diagrammalar va suratlar orqali ko‘rib chiqish bo‘lib
hisoblanadi.
Quvvat to‘g‘risida faqat kitobdan o‘qib, aniq tushunchalariga ega bo‘la olish oson narsa
emas. Mazmun tushunarli va qiziqarli bo‘ladi faqat amaliy, hayot bilan bog‘langan bo‘lsa. Boshqa 
o‘quv fanlarida ifodali va mul’timediyali taqdimotlar bir birini yaxshi tushunishlikka yordam
bersa, ulardan farqli ravishda, fizika fanida esa AKTdan asosiy g‘oyani ravshanlashtirishda
foydalaniladi. 
O’quvchilar ushbu fan haqida nazariyani egallashlaridan ko‘ra yangi konsepsiya (g‘oya)
ni tushunishlari lozim. O’qituvchilarning aksariyati AKTdan foydalanishi, fizika fani
bo‘yicha darslar samarali bo‘lishi kerak. 
O’qituvchilar turli xil dasturlarni: Ms-Word, Ms-Excel, Ms-PowerPoint, Photoshop, Flash, 
Movie Maker va web 2.0 dasturlarini ishlatishi mumkin. MsWord yordamida savolnomalar,
matnlar, tasvirlar va boshqa elektron hujjatlar tayyorlanishi mumkin.
Ms-Excel dasturi yordamida grafiklar, diagrammalarni gistogramma va sektorli dia-
gramma shaklida diagrammalar orqali ma’lumotlarni tasvirlash va taqdimot qilish mumkin.
Tasvirning sifatini Photoshop dasturida yaxshilash mumkin. Taqdimotni PowerPoint
dasturida yaratish va ular yordamida turli konsepsiyalarni o‘rgatish mumkin. Ushbu
taqdimotlarda Photoshop dasturida tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan 
animatsiyalar ishlatilishi mumkin.
Bunday vositalarni ishlatish orqali o‘quvchilar konsepsiya (g‘oyani) yaxshi o‘zlashtirishlari
mumkin. Ushbu vositalar nafaqat o‘qitish jarayonini qiziqarli qiladi, balki o‘quvchilarga 
davomli ta’sir ko‘rsatadi. 
Fizika darsi jarayonida dars ishlanmalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Deyarli barcha kompyuterlarda OFFICE dasturlari o‘rnatiladi. Shu dasturlardan elementar
foydalanishni biladigan deyarli barcha o‘qituvchilar darslarda o‘zlari tayyorlagan elektron
ishlanmalardan foydalanishlari mumkin.
Dars jarayonida turli xil dasturlarda tayyorlangan testlar, boshqotirmalar, krasvordlar berilsa 
va fizik kattaliklar va qoidalarni takrorlash uchun esa turli animatsiyalardan foydalanilsa 
o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda tushunarli bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. B.B.Mo‘minov, N.I.Kamolova. Flash texnologiyasi & Action Script. Buxoro 2010. 
2. A.Samirjonov. Maktabda fizika darsi.–T.: “O’rta va oliy maktab nashriyoti” 1998 y.
3. B.Q.Xo‘jaev, Sh.Sh.Olimov. Yangi pedagogik texnologiyalar. 
4. Nazariya va amaliyot. – Buxoro: Buxoro nashriyoti. 2004 y.


98

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling