Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


ELEKTRODINAMIKA BO’LIMINI O’QITISHDA O’QUVCHILARNING ILMIY


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
ELEKTRODINAMIKA BO’LIMINI O’QITISHDA O’QUVCHILARNING ILMIY 
DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH.
Tojakmatova Santalat Sattarovna 
Namangan tumani 22-sonli maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998941597712
Annotatsiya: Ushbu ishda elektrodinamika bo‘limini o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirishning nazariy asoslari ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: Elektrodinamika, mexanika, molekulyar fizika, elektr, magnit, elektr zaryad, 
maydon.
Elektrodinamika mexanika molekulyar fizikaga nisbatan sifat jihatdan farq qiladigan materiya 
harakatining va o‘zaro ta’sirining yangi elektromagnit ta’sirini o‘rganadigan bo‘limdir. Materiyaning 
bu shaklini xarakterlaydigan eng muhim kattalik elektromagnit maydon bilanharakatdagi zaryad 
orasidagi bog‘lanishdir.
Elektrodinamikani o‘rganishda o‘quvchilarning olamning fizik manzarasining navbatdagi 
bosqichi haqidagi bilimlari shakllanib rivojlanadi va kengayib boradi. Bu bo‘limda materiyaning 
maydon ko‘rinishi bilan harakatning elektromagnit shaklining opoziga xos xususiyatlari
harakatning mexanik issiqlik shaklidan farq qilishi ko‘rinadi. Fizik maydon – elektrodinamik 
o‘zaro taosirda moddiy tashuvchi materiya ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Elektrodinamikadagi eng muhim tushunchalar bu elektromagnit o‘zaro ta’sir, elektr zaryad
elektromagnit maydon moddalarning elektr magnit xossalari universalligi kabilar kiraddi. 
Bo‘lardan biz ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Elektromagnit o‘zaro ta’sir tabiatdagi o‘zaro ta’sirning o‘ziga xos turlaridan biri bo‘lib faqat 
mikrojarayonlardagina ham muhim rol o‘ynaydi.
Elektromagnit maydonni miqdoriy va uning ta’sirlarini tajribada asoslash jarayonida 
elektromagnit maydon materiyaning turi ekanligini o‘quvchilar tushunib oladilar: bunda 
quyidagilarga eotibor berish kerak.
1. Elektromagnit o‘zaro ta’sir olamning fizik manzarasining muhim xarakteristiqalaridan 
biri bo‘lib barcha elektrik magnit optik elektromagnit hodisalarning asosida yotadi va materiya 
harakatining elektromagnit shaklining manbai hisoblanadi.
2. Har qanday elektromagnit maydon o‘zaro ta’sirda moddiy tashuvchi bo‘lib fizik maydon 
hosil bo‘ladi va barcha o‘zaro ta’sirlar kabi materiya ko‘chishi bilan bog‘langan.
3. Elektromagnit o‘zaro ta’sir yaqin o‘zaro ta’sir bo‘lib uning tarqalish tezligi doimiy 
kattalikkalasirdan biri bo‘lgan yorug‘lik tezligidan katta bo‘ladi.
4. Elektromagnit o‘zaro ta’sir almashinish xarakteriga ega bo‘lib buni optik va yadro fizikasida 
ko‘ramiz.
5. Moddalarning elektr tuzilishi elektromagnit o‘zaro ta’sirning universalligini ko‘rsatadi.
Elektr zaryad – elementar zarralar uchun massadan keyingi asosiy xarakteristiqalardan 
biri uning kattaligi sanoq sismavzusiga bog‘liq bo‘masligidir. Zaryad elektromagnit o‘zaro 
ta’sirlashuvining ham miqdoriy ham ham sifat xarakteristiqasi bo‘lib xizmat qiladi. Zaryadsiz 
elektromagnit maydon o‘zaro ta’sir sodir bo‘lmaydi. Elementar zarralar zaryadli diskretli va 
atomistic tabiati jihatdan o‘zidan kichik zaryadning yo‘qligi bilan ajibdir.
Zaryadni materiyani modda ko‘rinishidan ajratib bo‘lmaydi. Chunki moddasiz zaryad 
bo‘lmaydi. Zaryad elektr maydonning manbai hisoblanadi.
Zaryadlangan har bir moddaning moddiy jism atrofida maydonning bo‘lishi moddiy olamning 
birligini ifodalaydigan dalillardan iboratdir. Fizik qonunlar zaryadning ishorasi o‘zgargan bilan 
o‘zgarib qolmaydi yoki har qanday zaryad fizik qonunlar simmetrikdir.
Materiyaning modda va maydon ko‘rinishlari zaryad orqali bog‘langan bo‘ladi. Elektr va 
magnit hodisalarni nazariyasida elektr zaryad tushunchasi asosiy tushunchalardan biri bo‘lib 
qulon amper laplas hamda maksvell qonunlari va tenglamalariga zaryad miqdori yoki elektr toki 
ko‘rinishiga kiradi.
O’quvchilarda materiyaning to‘lqin zarra tabiati haqidagi tushunchalarni qaror toptirishda 
materiyaning modda va maydon ko‘rinishlari orasidagi birlik hamda olamning moddiyligi va 
birligini izoxlash fizika o‘qitishni asosini tashkil qiladi.


102
17
Agar biz elektr hodisalarni har tomonlama diqqat bilan tahlil qilganimizda harakat uzluksizlik 
bilan o‘zlikliligining dialektiq birligida namoyon bo‘ladi.masalan fizikada elektr maydon magnit 
maydon uzluksiz kvantlangan holda namoyon bo‘lsa uni hosil qiluvchi zaryad esa sof diskretdir.
Elektr zaryadning saqlanish qonuni tabiatning asosiy qonunlaridan biri bo‘lib tabiatning boshqa 
asosiy qonunlari singari materiya va uning harakatining paydo bo‘lmasligi va yo‘qolmasligi 
haqidagi dialektiq tamoyillarini tasdiqlovchi qonunligiga.
Elektromagnit maydonboshqa maydonlar qatori elektromagnit o‘zaro ta’sirida moddiy 
tashuvchi bo‘lib,olamning fizik manzarasini to‘laroq bilish, tushinish imkonini beradi.
Elektromagnit maydonning moddiyligini qator tajribalarda ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega.
Elektromagnit maydonning moddiyligini inkor etishga urinishning bexudaligini ko‘rsata bilish 
uni sezishning o‘ziga xos tomonlari ochiladi va uning modda bilan ozaro ta’sirida moddiyligini 
namoyon bo‘lishiga o‘quvchilarning diqqatini qaratilishi kerak.
Elektromagnit maydon mavzusini o‘qitishda elektromagnit maydonni o‘rganishda ham fizik 
maydonning moddiyligi maydon orqali o‘zaro ta’sir roy berishning universialligi materiyaning 
ikki ko‘rinishi bo‘lgan modda bilan maydonning o‘zaro bog‘langanligi g‘oyasiga tayanish 
maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. P. Habibullayev va boshqalar. Fizika: umumiy o‘rta ta’lim maktablari 8-sinfi uchun darslik. 
— T.: «O’qituvchi»,2019. — 176 b.
2. Nurillaev B.N., Tillaboev A.M., M.Yu.Ataeva., S.S.Jumanazararov. Fizika fanini oʻqitishda 
zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli boʻyicha oʻquv uslubiy majmua // T.: 2017. 
- 95.


103

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling