Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
MATEMATIKANI SAMARALI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN USULLAR
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Matematika fani o‘qituvchisi Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
17
MATEMATIKANI SAMARALI O’QITISHDA QO’LLANILADIGAN USULLAR To‘rayeva Nigora Kenjayevna Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Matematika fani o‘qituvchisi Diyorova Marhabo Suyunovna Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Matematika fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Matematika fani barcha fanlarning asosi sifatida xizmat qilishi barchamizga ma’lum. Bu fan o‘zining asl holatida yillar davomida o‘qitilib kelinadi. Maktablarda bosh;ang‘ich sinflardan boshlab matematika fani o‘qitilishi uning hayotimizda tutgan o‘rnining qay darajada ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. Maqolada matematikaning kundalik hayotidagi o‘rni va uni o‘qitishda qo‘llaniladigan hozirgi zamonaviy usullar haqida haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: dastur, texnologiya, maqsadlar qo‘yish, muammoni hal etish, tasavvur, matematik nutq. Matematika fani o‘quvchilarga zerikarli tuyulsa demak ta’lim usuli noto‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatadi. Maktablarda matematika o‘qituvchilari oldida quyidagi yo‘l-yo‘riq asoslari turadi: - O’qitish va o‘rganish; - Dastur; - Texnologiya va dars jarayonida qo‘llaniladigan vositalar; - Baholash; - Professionallik. O’qitishning samaradorligini oshirishda har bir o‘quvchining bilim olish darajasini hisobga olish talab etiladi, chunki barcha o‘quvchilar matematikani yuqori darajada o‘zlashtira olmaydilar. O’quvchilarning matematika fanini o‘zlashtirishi bevosita dars dasturining qanday tashkil etilishii hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga bog‘liq. Bugungi kunda matematika fanini o‘qitishda turli xildagi amaliyotlar mavjud. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. 1. Matematika o‘qishga yo‘naltirilgan maqsadlarni qo‘yish. Bunda o‘quvchilarga matematika fanining ahamiyati va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, ushbu fanga oid fan sohalari haqida ma’lumot berish maqsadga muvofiq. 2. Bosh qotiradigan vazifalarni bajarish va muammoni hal qilish. Bolalarga bilim darajasidan kelib chiqqan holda turli xildagi boshqotirmalar, masalalar berish ularning aqliy faoliyatini rivojlantiradi. 3. Matematik tasavvurlardan foydalanish. Mantiqiy fikrlashga asoslangan topshiriqlar o‘quvchilarning tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 4. Matematik nutqning mazmunli shakllanishiga yordam berish. O’quvchilarga matematik fikrlarni o‘rganishga hamda matematikaga oid tushunchalarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda qo‘llash. 5. Matematikani o‘rganishda samarali kurashni qo‘llab-quvvatlash. Bunda sinfni guruhlarga bo‘lish yoki barcha o‘quvchilarga bir topshiriq berish orqali ular o‘rtasida raqobat yuzaga chiqarish mumkin. Buning natijasida rag‘batlantirish amalga oshirilsa bolalar eng kamida topshiriqni bajarishga harakat qiladi va darsga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi. Faol matematik o‘qituvchilar tegishli va mazmunli vaziyatlarda muammolarni hal qilish orqali talabalar uchun maqsadli o‘rganish tajribasini yaratadilar. Matematika fani qiziqarli va samarali o‘qitilishida yuqoridagi usullardan foydalanish dars jarayonida o‘quvchilarning qiziqishlarini orttirishda va o‘zlashtirish darajasini yuqori qilishda yordam beradi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. What is Effective Teaching of Mathematics?, Chris Coombes, Generation Ready, 2013. 2. Teaching Math to Young Children Practice Guide, https://ies.ed.gov/ncee/wwc. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling