Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
KOINOTNING YASHIRIN ENERGIYASI VA UNING ANTITORTISHISH KUCHI
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
KOINOTNING YASHIRIN ENERGIYASI VA UNING ANTITORTISHISH KUCHI Toirxon Alimov Samarqand davlat universiteti dotsenti Farxod Xamrakulov Samarqand davlat universiteti mustaqil taqdiqotchisi +998996264571 x-farxodjon@mail.ru Annotatsiya. Ushbu maqolada ko‘rsatilishicha kosmik jismlarga butun olam tortilish kuchidan tashqari butun olam antitortilish kuchi ham tasir etib koinotni tezlanish bilan kengayishini taminlaydi. Kalit so‘zlar: Koinot strukturasi, yashirin materiya, yashirin energiya, gravitatsiya, antitortishish. O’ta yagi yulduzlar kosmologiya uchun deb ataluvchi laboratoriya xodimlari Sol Perlmuter rahbarligida va Avstraliya milliy universitetining uzoq o‘ta yangi yulduzlarni izlash guruhi Brayan Shmidt rahbarligida koinotning nomalum sabablarga ko‘ra nafaqat kengayayotganligi balki tezlanish bilan kengayib borayotganligini aniqladi. Gap shundaki uzoqdagi Ia tipidagi “o‘ta yangi yulduzlarni” yorqinlik kattaligi kutilgandan ham kichik bo‘lib chiqdi. Butun dunyodagi teleskoplarda olingan natijalarni to‘plab galaktikalar orasidagi gaz va chang tasiri hisobga olingan holda natijalarni mukammal tahlil qilib yuqorida keltirilgan guruh olimlari koinot 1929-yilda Habbl aniqlaganidek nafaqat kengayayotganligi balki tezlanish bilan kengayib borayotganligini aniqladi. Aniqlanishicha koinot nomalum manfiy bosimga ega bo‘lgan qora energiya kuchi tomonidan kengaytirilmoqda. Bunday yangilik qora energiya nima degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Eng avval faraz qilish mumkinki bu A. Eynshteyn tomonidan kosmologik tenglamaga kiritilgan mashxur kosmologik doimiy – energiyadir. Bu doimiy butun koinot to‘ldirilgan, muhit bilan tasirlashmaydigan, energiyani ifodalab uni qora energiya deb nomlanadi. Qora energiya qanday xususiyatlarga ega degan savol tug‘ilishi tabiiydir, bunday xususiyatlar uncha ko‘p emas [1,2,3,4] xorijiy ilmiy ishlarda ko‘rsatilishicha ular uchta. Qora energiayaning birinchi xususiyati shundan iboratki energiya normal materiya (kuzatiluvchi materiya) va qora materiya (kuzatilmaydigan materiya) [5] singari biror galaktika yoki ularning to‘dalariga o‘xshagan obyektlarda to‘planmaydi. Ushbu g‘oya koinotni qaysidir qismida qora energiya zichligi biroz ko‘p bo‘lsa qaysidir qismida biroz kam, yani qayeridadir qora energiya quyuqroq va qayeridadir biroz siyrakroqdir degan fikr noo‘rindir. Qora energiyaning ikkinchi xususiyati to‘grisida yuqorida keltirib o‘tganimizdek, qora energiya koinotni tezlanish bilan kengayishga majbur etadi. Odatdagi normal materiya gravitatsiyaga ega bo‘lganligi uchun agar koinotda qora energiya bo‘lmaganda u gravitatsiya kuchlari tasiri ostida faqat siqilgan bo‘lar edi. Qora energiya teskari effektga olib keladi, galaktikalar bir-biridan tezlanish bilan uzoqlashadi. Keltirilgan bu ikki xususiyat tufayli malum manoda qora energiya antigravitatsiyani hosil qiladi. Natijada koinot tezlanish bilan kengayib, qora energiya koinotda bir tekis taqsimlangan bo‘ladi. Qora energiyaning uchinchi xususiyati shundan iboratki uning zichligi vaqtga bog‘liq emas. Koinot kengayuvchan lekin energiya zichligi o‘zgarmas qoladi, chunki qora energiya shunday xususiyatga egaki qora energiya emas balki kengayuvchan koinot uning ustidan ish bajaradi va kengayuvchan koinotda bu substansiyaning miqdori koinot kengayishiga proporsional ravishda oshib boradi. Koinotning tezlanish bilan kengayishi jismlarni xarakatini belgilovchi kuch borligidan dalolatdir. Biz yuqorida qayd etganimizdek bunday kuch tortishish kuchi bo‘lishi mumkin emas, chunki tortishish kuchi galaktikalarni bir-biridan uzoqlashtirmasdan balki yaqinlashtiradi. Galaktikalarni bir-biridan tezlanish bilan uzoqlashtiruvchi kuch, tormozlovchi kuchga ko‘ra teskari alomatli bo‘lishi kerak, bunday kuchga [1,2] antitortishish kuchi deyiladi. Antitortishishni hosil qiluvchi kuchni fizik manbai qora energiyadir [1,2]. Koinotda bunday energiyaning mavjudligi faqatgina antitortishish kuchini yani galaktikalarni tezlanish bilan uzoqlashishini hosil qilish xususiyatiga ko‘ra aniqlash orqali o‘rganish mumkin. Boshqa hollarda u ko‘rinmas va kuzatib bo‘lmaydigandir 110 17 [1,2]. U nurlamaydi va nur sochmaydi. Qora energiya makroskopik xususiyatlariga ko‘ra musbat zichlik va manfiy bosimga ega bo‘lgan uzluksiz muhitdan iboratdir. Mikroskopik xususiyatiga ko‘ra esa qora energiya hali yer sharoitida qayd etilmagan zarrachalardan tashkil topgan bo‘lishi extimoldan xoli emas. Koinot yuqorida aytilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan qora enegiya bilan to‘ldirilgan ekanligidan kosmik jismlarga Nyuton tortilish kuchidan tashqari antitortilish kuchi xam tasir etayotganligi kelib chiqadi. Universal antitortishish to‘grisidagi g‘oya birinchi marotaba A.Eynshteyn tomonidan 1917-yili umumiy nisbiylik nazariyasini bir butun koinot masalasiga qo‘llaganida kiritilgan edi. Eynshteyn bir butun koinotda tortilish kuchini muvozanatda saqlab turuvchi antitortishish kuchi ham bo‘lishi kerakligini nazariy hisoblab ko‘rsatgan edi [1]. Ushbu ishda qora energiya, normal materiya zichliklarini hisobga olgan holda, energiya saqlanish qonunidan foydalanib Nyutonning butun olam tortishish kuchi F N va Eynshteynning butun olam antitortishish kuchi F E quyidagi formulalar bilan ifodalanishini topish mumkin: (1) (2) Antitortishish kuchi ishorasi tortilish kuchi ishorasiga nisbatan teskaridir. (1) va (2) formulalardan ko‘rinib turibdiki R masofani ortishi bilan Nyuton tortilish kuchini kattaligi kamayib borsa, Eynshteynning antitortilish kuchini kattaligi oshib boradi. Kosmologiyada R bir- biridan uzoqlashayotgan zarralar (obyektlar) orasidagi masofa bo‘lib, u vaqtning oshib boruvchi funksiyasidir. Shuning uchun R-ning kichik qiymatlari ertachi kosmologik vaqtlarga to‘g‘ri kelsa, R-ning katta qiymatlari kechgi kosmologik vaqtlarga mos keladi. Ertachi vaqtlarda Nyuton kuchi asosiy rolni o‘ynasa, kechgi vaqtlarda Eynshteyn kuchi asosiy rolni o‘ynaydi va koinotni tezlanish bilan kengayishini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytish mumkinki koinotni tezlanish bilan kengayib ketayotganligi qora energiya tufayli Eynshteynning antitortishish kuchi ta’sirida vujudga kelayotganligi va koinot yashirin energiya bilan to‘ldirilgan ekanligi oxirigacha isbot etilgan faktdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. А.Д.Чернин Тёмная энергия в близи нас // Гаиш МГУ http://www.astronet.ru/db/msg/ 1210535 2. А.Д.Чернин Темная энергия и всемирная антитяготения. УФН, том 178, №3, 2008 3. П. Дэвис Суперсила // из-во «Мир», М. 1989, 277 стр 4. А.В. Засов и др. Тёмная энергия в галактике УФН, том 187, №1, 2017 5. В.Г. Сурдин «Галактики» М.: физматгиз, 2013, 433 стр |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling