Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
INTERFERENSIYA HAQIDA TUSHUNCHA
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
INTERFERENSIYA HAQIDA TUSHUNCHA Rajabova Nargiza Ikromovna Urganch tumanidagi 32-maktab fizika fani o‘qituvchisi Email: rajabovanargiza060@gmail.com Tel: +998975154060 Annotatsiya: Ushbu maqolada yorug‘lik hodisalaridan biri interferensiya hodisasi haqida keng tushunchalar berilgan. Interferensiya hodisasini o‘rganishda ushbu maqoladan foydalanish asqotadi. Kalit so‘zlar: Yorug‘lik to‘lqini, qorong‘u xalqalar, interferension maksimum, interferension minimum, to‘lqin uzunligi, kogorent to‘lqinlar. Interferensiya - yorug‘likni to‘lqin tabiatini namoyon bo‘lishining bir isbotidir. Interferensiya so‘zi lotin tilida interfere – “xalaqit bermoq” degan ma’noni anglatadi. Bu juda qiziq va chiroyli manzara ma’lum shartlar bajarilganda, ikkita yoki bir nechta to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida kuzatiladi. Ikki yorug‘lik to‘lqini qo‘shilib, bir-birini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Natijada ekranda markazi bir nuqtada yotuvchi yorug‘ va qorong‘i halqalar navbat bilan joylashadi. Bular interferension maksimum va minimum deb yuritiladi. Interferensiya hodisasini biz kundalik hayotimizda juda ko‘p kuzatganmiz. Masalan, suv betiga to‘kilgan neft maxsulotlarining har xil rangda tovlanishi, kapalaklar qanotining tovlanishi, «Havoga uchirilgan sovun pufagi atrofdagi narsalarga xos bo‘lgan barcha ranglar bilan tovlanadi. Sovun pufagining kishiga shunchalik zavq baxsh etishiga xuddi ana shu yorug‘lik interferensiyasi sababdir. Ingliz olimi Tomas Yung yupqa pardalarning har xil rangda tovlanish sababini biri pardaning tashqi yuzasidan, ikkinchisi esa ichki yuzasidan qaytuvchi 1 va 2 to‘lqinlarning qo‘shilishidan deb tushuntirish mumkin, degan genial fikrni maydonga tashladi. Bunda yorug‘lik to‘lqinlarining interferensiyasi sodir bo‘ladi - ikki to‘lqin qo‘shiladi, buning oqibatida natijaviy (yig‘indi) yorug‘lik tebranishlari fazoning turli nuqtalarida kuchayadigan yoki zaiflashadigan vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan manzara ko‘zatiladi. Interferensiya natijasi yorug‘likning pardaga tushish burchagi, pardaning qalinligi va to‘lqin uzunligiga bog‘liq. Agar singan ikkinchi to‘lqin qaytgan birinchi to‘lqindan to‘lqinlar uzunligining butun soni qadar kechiksa, yorug‘lik kuchayadi. Agar ikkinchi to‘lqin birinchi to‘lqindan to‘lqin uzunligining yarim to‘lqinlarining toq soni qadar kechiksa, yorug‘lik zaiflashadi. To‘lqinlarning qo‘shilishida turg‘un interferension manzara hosil bo‘lishi tuchun to‘lqinlar kogerent bo‘lishi, ya’ni ularning to‘lqin uzunliklari bir xil va fazalari farqi o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Pardaning tashqi va ichki yuzalaridan qaytgan to‘lqinlarning kogerent bo‘lishiga sabab shuki, bu to‘lqinlarning ikkalasi ham bitta yorug‘lik dastasining qismlaridir. Ikkita mustaqil yorug‘lik manbai chiqargan yorug‘lik tо’lqinlari qо’shilganda intensivliklar qо’shilishini kuzatish mumkin, interferensiyani emas. Yorug‘lik interferensiyasi fan, texnikada va ishlab chiqarishda juda keng qo‘llaniladi. Bu hodisa gaz holatidagi moddalarning sindirish ko‘rsatkichlarini, to‘lqin uzunliklarini, burchaklarni aniq o‘lchash, yuzalarning silliqligini kontrol qilish uchun ishlatiladi. Interferensiyaning bundan tashqari eng muhim qo‘llanishlaridan biri «optik yoritish» deb nom olgan. «Optik yoritish»ning mohiyati quyidagilardan iborat. Ko‘pgina hozirgi zamon asboblari murakkab optik sistemalar, qaytaruvchi sirtlardan tashkil topgan bo‘lib, nurlarning bu sirtlardan o‘tishida qaytishi tufayli intensivligi va natijada asboblarning yoritish kuchi pasayadi. Bu effektni yo‘qotish uchun optik sistemalar sirtida sindirish ko‘rsatkichi optik material sindirish ko‘rsatkichidan kichik bo‘lgan yupqa, shaffof qatlam hosil qilinadi. 1. Ko‘p hollarda sirtning qaytarish koeffitsiyentini kamaytirish bilan birgalikda uni oshirish ham talab etiladi. Masalan: qaytarish koeffitsiyenti juda yuqori bo‘lgan ko‘zgular hosil qilish maqsadida (lazerlarda rezonatorlar ana shunday ko‘zgulardan iborat). Buning uchun ham yorug‘likning interferensiya hodisasi juda qo‘l keladi. Bu vaqtda sindirish ko‘rsatkichi katta va kichik bo‘lgan yupqa (11-13 tagacha) qatlamlar hosil qilinib, bu qatlamlardan qaytuvchi nurlar orasidagi fazalar farqi 2pB.T.Qo‘yliyev Optika T-2014. 2. А.K.Ataxadjayev, B.S.Jo‘rayev “Molekulyar optika” Samarqand-1992.y |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling