Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
MATEMATIKA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
MATEMATIKA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA REFLEKSIYANING O’RNI Primova Nazira Adilovna Toshkent shahar Sergeli tumani 68 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi.99 937 94 38 Annotatsiya: Matematika fani bo‘yicha olib borilayotgan darslar an’anaviy darslar bilan bir qatorda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan, o‘quvchilarning ko‘proq o‘zlarini mustaqil izlanishga, faoliyatga chorlaydigan uslublardan foydalanishni taqozo etmoqda. refleksiya o‘quvchilarning dars davomidagi o‘z faoliyatini tahlil qilishi va baholash bosqichi bo‘lib, maqolada refleksiyaning dars jarayoniga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: zamonaviy ta’lim, texnologiya, motivatsiya, darsning maqsadi, yangi mavzu, baholash, mustahkamlash, refleksiya. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘quvchilarni mustaqil faolyatga chorlaydigan usuldan foydalanish yaxshi natija bermoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida darsni tashkil qilish 6 bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich o‘qituvchidan puxta tayyorgarlik, bilim va ko‘nikma talab qiladi. 1. Motivatsiya – bosqichining maqsadi o‘quvchilarni ongli ravishda darsdan ta’lim jarayoniga olib kirish, darsning maqsadi va mazmunining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirishdan iborat. Dars mavzusini dolzarblashtirish orqali o‘quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun lozim bo‘ladigan bilimlar bazasini tekshirish, o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklarni aniqlash. 2. Yangi mavzuni yoritish. Bunda dars ishlanmasini to‘g‘ri tashkil etish, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga e’tibor berish, dars materiallarini kichik–kichik bo‘laklarga bo‘lib, ketma–ket ma’lum uzviylikda va mantiqiy bog‘liqlikda ko‘rgazmali tarzda hamda turli o‘qitish uslublaridan foydalangan holda berish. 3. Birlamchi mustahkamlash: tashqi nutqda bilimlarni boshlang‘ich mustahkamlash. Olingan nazariy bilimlarni aniq misollarga qo‘llab va turli topshiriqlarni bajarib, o‘quvchilarda mavzuga oid amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. 4. Ikkilamchi mustahkamlash: mustaqil ish (o‘z faoliyatini tekshirish va baholash bilan) ichki nutqda bilimlarni mustahkamlash. 5. Umumlashtirish: yangi bilimlarni takrorlash orqali orttirilgan bilimlar tizimiga kiritish, umumlashtirish. 6. Darsga yakun yasash (refleksiya) va uyga vazifa berish. Zamonaviy pedagogikada inson o‘z faoliyati, xatti-harakati va ularning natijalarini tahlil qilishiga (o‘zini-o‘zi baholashiga) refleksiya deb ataladi. Refleksiya o‘quvchilarga o‘z o‘quv faoliyatlari va ularning natijalarini baholashlariga yordam beradi. Shuningdek, keyingi o‘quv faoliyati maqsadini belgilashiga va ularga tuzatishlar kiritishiga zamin yaratadi. SHu jihatdan undan aynan dars natijalarini baholashda foydalanish mumkin bo‘ladi. Refleksiya vazifalariga quyidagilar kiradi: • Diagnostik baholash vazifalar • Tashkiliy vazifalar • Motivatsiya vazifasi • Uzatish vazifasi. Refleksiyaning turli xil usullari mavjud bo‘lib, bunda o‘quvchilar anonim ravishda savollarga, jumlalarni to‘ldirishga yoki test usulida javob berishlari mumkin. Bu orqali o‘qituvchi dars jarayonining yutuq va kamchiliklari, o‘quvchilarga ko‘proq qanday texnologiya qiziqarli bo‘lgani va dars o‘tish uslublari o‘quvchilarga ma’qulmi yoki aksincha ekanligi haqida bilib olishlari va shundan xulosa chiqarib o‘z ustida ishlashlari mumkin. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T., “Universitet”, 2005, 131 b. 2. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob, Toshkent, “Ilm- Ziyo” nashriyoti, 2012. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling