Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


FIZIK IXTIROLARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
FIZIK IXTIROLARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Nazarova Sadoqat Mardonovna
Navoiy viloyati Zarafshon shahar
8- maktab fizika fani o‘qituvchisi
Telefon: +998(93) 319 24 17
sadoqat1512@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fizik ixtirolar 
haqida fikr yuritilgan. Shuningdek ushbu ixtirolarni yaratgan olimlar va ularning yaratilish tarixi 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: ixtiro, elektr toki , induksion tok, bug‘ dvigatelichoʻgʻlanma lampa, tranzistor. 
XXI asrni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, ammo bu yo‘l bosib 
o‘tilguncha ancha mashaqqat chekildi. Hozirgi kunga kelib har kuni ixtirolar qilish mumkin 
bo‘lgan ko‘plab laboratoriyalar mavjud, lekin shunday ixtirolar borki, ular bir necha asr tarixga 
ega bo‘lib, zamonaviy ilm-fanning asosi hisoblanadi. Zamonaviy ixtirolarning deyarli barchasi 
avvalgi ixtirolarga asoslangan. Mana shunday texnologiyalar asriga poydevor qo‘ygan ayrim 
ixtirolar bilan tanishamiz.
Elektr toki. Ma’lumki bugungi kunda deyarli barcha texnikalar, zavod va fabrikalar, ishlab 
chiqarish korxonalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Elektr so‘zining kelib chiqishi qadimgi 
yunonlarga tegishli. Yunonlar ingnabargli daraxtlar qoldig‘ining toshga aylangan smolasini 
“elektron” deb atashgan. “Elektr” so‘zi shundan kelib chiqqan. Miloddan avvalgi 8-asrda 
ishqalangan jismlarning tortishish hodisasini birinchi bo‘lib yunon olimi Fales Miletskiy aytgan. 
“Elektr” atamani esa fanga birinchi bo‘lib 1600 yilda ingliz shifokori Uilliam Gilbert kiritdi. 
Shundan so‘ng ko‘pgina olimlar eletr toki ustida izlanishlar olib borishdi va bu izlanishlar 
natijasida turli nazariyalar hamda ixtirolar yaratildi. Bu ixtirolar ichida eng muhimi M. Faradey 
tomonidan butun boshli zamonaviy sivilizatsiyaning tamal toshi bo‘lib xizmat qilgan induksion 
elektr toki olishni ixtiro qilgani edi. Ushbu ixtiro statik va galvanik elektr hodisalarining barcha 
ijobiy jihatlarini o‘zida nomoyon qilgan va yirik sanoat korxonalarini quvvat bilan ta’minlashdan 
tortib butun boshli shaharni yoritib berish imkonini beradigan mukammal elektr toki edi.
Bug‘ dvigateli. Insoniyat aksariyat ixtirolari bilan inson mehnatini yengillashtirishga harakat 
qilgan . Ayniqsa bug‘ dvigatellarining yaratilishi olamshumul yangilik bo‘ldi. Bug‘ dvigateli 
ixtiro qilinishidan oldin, mahsulotlarning aksariyati qo‘l mehnati orqali yaratilgan. Sivilizatsiya 
tarixidagi qisqa vaqt ichida ro‘y bergan eng katta o‘zgarishlardan biri bo‘lgan sanoat inqilobi 
bug ’ dvigateli tufayli oldinga siljidi.
Bug‘dan mashinalarni quvvatlantirish uchun foydalanish g‘oyasi ming yillar oldin paydo 
bo‘lgan, ammo 1712-yilda ingliz olimi Tomas Nyukomen bu energiyani birinchi bo‘lib, foydali 
ish (ko‘p hollarda shaxtalardan suvni tortib chiqish) uchun ishlatgan. 1769-yilda ingliz ixtirochisi 
Jeyms Uatt Nyukomenning dvigatelini modifikatsiyalab, unga alohida kondensator qo‘shdi. Bu 
esa bug ’ dvigatelining kuchini sezilarli darajada oshirib, undan yanada samarali foydalanish 
imkoniyatini yaratdi. Shuningdek, Jeyms Uatt dvigatel yordamida natijadorlikni oshiruvchi 
aylanma harakatlanish usulini ishlab chiqdi. Shu tariqa, Uatt bug‘ dvigatelining ixtirochisiga ay
landi.
Transport va energetika sohasida bug‘ dvigatelini asta-sekin elektr dvigateli va ichki yonish 
dvigateli siqib chiqargan bo‘lsa-da, bu g‘oya hayotda hali ham o‘z amaliyligini topmoqda. 
Dunyodagi ko‘pgina elektr stantsiyalari aslida elektr energiyasini ko‘mir, tabiiy gaz yoki yadro 
reaktorini yoqish natijasida bug‘ harorati oshuvchi bug‘ turbinalari yordamida ishlab chiqaradi. 
Demak, murakkab qurilmalar texnologiyasi zamirida oddiy ixtirolar yotadi. Buni bug‘ dvigateli 
texnologiyasi misoli sifatida yaqqol ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda axborot texnalogiyalar hayotimizning ajralmas qismidir. Deyarli har 
soniyada texnalogiyalar bizning hayotimizni yengillashtirishga , bizga yordam berishga hamda 
o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. Ushbu rivojlanishlarga start bo‘la olgan eng muhim ixtiro bu 
tranzistorlardir.
Tranzistor bu-elektr signallarini kuchaytirish, generatsiyalash yoki kommunikatsiyalash uchun 
qo‘llaniladigan yarimo‘tkazgichli miktoelektron detaldir.


82
17
1947-yilning 16-dekabr sanasi axbarot erasining boshlanishi sifatida qayt etish mumkin. Aynan 
shu kuni Bell labarotoriya xodimlari Jon Bardin, Uolter Bratteyn shunengdek Uilyam Shokli ajoyib 
bir mikroelektron detalni yaratishadi. Ular o‘zi deyarli elektr energiyasini istemol qilmaydigan lekin 
signalni juda yaxshi boshqaradigan yarim o‘tkazgich komponentni, bequtubiy tranzistorni ixtiro 
qilishgan edi.
Bugungi kunda butun jahonda ishlab turgan turli xil elektron uskunalar-telifon, kompyuter, 
bankamatlar, svetafor, avtomabillar, tilivizor, radio, nusxa ko‘paytiruvchi qurulmalar, vahokozo 
minglab elektron asbob uskunalarning barcha barchasining sxemalarida qo‘llanilgan aynan 
tranzistorlar tufayli ishlamoqda. Tranzistor zamonaviy elektronika va mikroelektronikaning 
yuragi yoki miyasi desak ham also mubolag‘a bo‘lmaydi.Tranzistorlar shubxasiz ming yillardan 
keyin ham insoniyatning eng buyuk ixtirolari qatorida qolaveradi.
Aynan ushbu ixtirolar sabab biz bugungi taraqqiy etgan zamonda yashamoqdamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Kashfiyot va ixtirolar. Bolalar uchun ensiklopediya - Davr nashriyoti Toshkent 2013-yil. 
54-bet
2. N.SH. Turdiyev. Fizika 6-sinf darsligi. Toshkent 2017-yil. 118- bet
3. P. Habibullayev, A. Boydedayev. Fizika 8-sinf darsligi. “O’qiyuvchi” nashriyoti, Toshkent 
-2019. 3-4 betlar
4. Orbita.uz elektron sayti. Muzaffar Qosimov “Ixtirolar tarixi” maqolasi 23.01.2017y


83

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling