Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
FIZIKA FANINI O’QITISHDA O’QUVCHILAR QIZIQISHLARINI
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
17
FIZIKA FANINI O’QITISHDA O’QUVCHILAR QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI. Mamadjonova Sidiqa G‘anijonovna, Namangan viloyati Chust tuman 49-IDUM Telefon raqam +998902145748 Annotatsiya: Ushbu ishda fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilar qiziqishlarini rivojlantirish muammolari bayon etilgan. Shuningdek, VI-IX sinf o‘quvchilari uchun fizikaga qiziqishni uyg‘otish usullari nazariy asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: fizika, bilish, qiziqish, motiv, texnika, texnologiya, demonstratsiya. O’quvchilarni fan asoslarini chuqur mustaqil ravishda o‘rganadigan bilimlar bilan qurollantirish, ularda bilim, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish albatta mustaqil fikrlashga o‘rgatish hamda o‘z fikrlarini amalda qo‘llash, shuningdek o‘quvchilarni faol mehnat faoliyatiga, ongli kasb tanlashga va fizika faniga qiziqishi muhim o‘rin tutadi. Xususan, o‘quvchilarda motivatsiyalash jarayonlarini ko‘rib chiqaylik. Bizga ma’lumki, ”motiv” – lotincha, ”moveo” – harakatlantiraman degan ma’noni anglatadi. Psixologiya fanida esa motiv - inson faoliyatining biror maqsadini bajarishga, his – hayajon uyg‘otishga va mayl hosil qilishga sabab bo‘luvchi omil. Bilishga qiziqish o‘quvchining o‘qishga butunlay va ayrim fanlarni o‘rganishga ijobiy munosabatini aniqlaydi. O’qituvchi o‘z faniga qiziqish uyg‘ota olsagina, o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlari uchun imkoniyat yaratiladi, ya’ni ular bilimlarni egallash yo‘lida turli qiyinchiliklarni yengishga intilishlari uchun asos paydo bo‘lishi uzoq yillik olib borilgan tajribaviy tadqiqotlar asosida tasdiqlandi. O’tkazilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda VIII – IX sinf o‘quvchilarining fizika faniga qiziqishi biroz pasaygan. Shunga qaramay, fizika - texnika va texnologiyalarning ilmiy asosi bo‘lib hisoblanadi. Bu esa fizikadan olingan bilimlari asosida har bir o‘quvchining kelajakda muvaffaqiyatli ishlashi, ixtirochilikda faol ishtirok etishi, ishlab chiqarishning texnika va texnologiyalarni takomillashtirishi uchun zarur deb hisoblayman. VI-IX sinf o‘quvchilari uchun fizikaga qiziqishni uyg‘otishda o‘qituvchining darslarda ko‘rsatmali vositalarini qo‘llashi, tajribalarni mustaqil bajarishi, laboratoriya ishlarini o‘tkazishi va o‘qituvchining shaxsiy sifatlari hal etuvchi rolni o‘ynaydi. IX sinf o‘quvchilarining fizika faniga qiziqishi ularning bo‘lajak kasbni tanlashlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Fizika fani o‘qituvchilari darslarini qiziqarli o‘tishda o‘quvchilarni motivatsiyalash, yani ularni fizika fanini o‘rganishida his-hayajonini uyg‘otish, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va o‘quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil etish mahorati bo‘lishi kerak. Buning uchun fan o‘qituvchilari nima qilishi kerak? Buning uchun aniq amaliy ishlarga intiluvchi, g‘ayrat va his tuyg‘usi kuchli VI-IX sinf o‘quvchilarida yaxshi tayyorlangan demonstratsion (demonstratsiya - lotincha so‘z bo‘lib, ko‘rsataman, isbotlayman degan ma’noni anglatadi ) tajribalardan foydalanish va mustaqil eksperimentlar o‘tkazish, hamda kuzatishlarni bajarish, shuningdek darsda olingan bilimlarni amalda qo‘llanilishini ko‘rsatadigan masalalarni yechish o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. VI-sinf o‘quvchilarida quyidagi ko‘rinishdagi masalalar orqali qiziqishlarini vujudga keltirish mumkin: 1.Suvli idish yordamida po‘lat silindrning massasini qanday aniqlash mumkin? 2.Tarozi, tarozi toshlari hamda suvli idish bo‘lgan holatda, jism hajmini qanday bilsa bo‘ladi? 3.Chizg‘ich yordamida to‘g‘ri to‘rtburchakli taxtachani xajmini aniqlab bering. O’quvchilar darsda yoki tajriba ishlarida menzurka yordamida faqat jismlarning massasini aniqlashar edi. Endi ularga teskari masala taklif etilishi tufayli, o‘xshash masalalarni yechish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Qonun sifatida ko‘pchilik o‘quvchilarda kuchli qiziqish hosil qiladi, chunki bu fizik kattaliklarni o‘lchashning turli hil usullarini namoyon bo‘lishiga olib keladi. Darsda qilingan tajribalar ham o‘quvchilarda qiziqish paydo qiladi. Masalan, qisqa vaqt atir bilan ho‘llangan paxtali probirkani oching. ”Nimani sezdingiz”?- degan savolni o‘rtaga tashlang, yoki margansovka aralashmasini stakandagi toza suvga pipetka yordamida 1-2 tomchi tomizing. ”Bu 75 17 tajribada nimani kuzatasiz”?-degan muammoli vaziyatni vujudga keltiring. So‘ngra o‘quvchilarga quyidagi savollarni bering: 1. Qayerda diffuziya tezroq sodir bo‘ladi: suyuqlikdami yoki gazlardami? 2. Diffuziya hodisasi nimadan dalolat beradi? O’qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda bajaradigan bu ishlarni maktab fizika kursining har bir bo‘limi bo‘yicha mavzuli rejalarni tuzishda rejalashtirish kerak. Shunday qilib, o‘quvchilarning fizikani bilishga qiziqishlarini qo‘llash va rivojlantirish uchun o‘quv mashg‘ulotlari ketma-ketligida o‘quvchilarni doimiy ijodiy aqliy ishga, faqat yangi bilimlarni olishlaridagina emas, shu bilan birga bilishga oid mahoratlarini takomillashtirish, ilmiy tekshirish metodlarini: kuzatishni, eksperimentni, hayoliy modellashtirish metodlarini, gipotezalar va boshqalarni egallashda darslarda oldinga siljishiga undaydigan sharoitni yaratishimiz zarur. Shu munosabat bilan o‘quvchilarda umumlashgan bilish mahoratlarini shakllantirishga qisman bo‘lsa ham ega bo‘lamiz deb hisoblayman. Foydalanilgan adabiyotlar 1. N. Sadriddinov, A. Rahimov, Fizika o‘qitish uslubi asoslari. Toshkent ”o‘zbekiston”, 2006 2. A. G. Glazunov, I. I. Nurminskiy O’rta maktabda fizika o‘qitish metodikasi. Toshkent, ”o‘qituvchi”, 1996 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling