Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент


GALAKTIKAMIZNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA HOZIRGI ZAMON


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/171
Sana28.08.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1670852
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171
Bog'liq
17.Fizika-matematika

17
GALAKTIKAMIZNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI HAQIDA HOZIRGI ZAMON 
DUNYOQARASHLARI.
Muminova Nargiza Elibayevna
10-sonli umumta’lim maktabi
fizika va astronomiya fani o‘qituvchisi
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 
Annotatsiya:Ushbu maqolada Galatikamizning tuzilishi va aylanishi haqida ma’lumotlar 
berilgan. Shuningdek, Somon yo‘li nima va Galaktikaning rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon 
tasavvurlariga ko‘ra butun materiya ,energiya, fazo va vaqt Katta portlash tufayli paydo 
bo‘lganligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlari: Galaktika,Quyosh,Somon yo‘li, yulduzlar, radioqurilma,Katta portlash, 
gigant,yadro,temperatura, reliktiv, Penzias ,Vilson.
Yer va boshqa sayyoralar Quyosh sistemasiga kirgani kabi , Quyosh sistemasi ham Galaktika
deb ataluvchi yulduzlar to‘dasiga kiradi.Biz osmonda ko‘z bilan ko‘radigan barcha ob’yektlar
Galaktikaga kiradi.Galaktika tarkibida 250 milliarddan ortiq yulduz bor.Butun osmonni belbog‘ 
kabi o‘raydigan yorug‘ tasma -Somon Yo‘lidagi yulduzlar bizning yulduz sistemamiz –
Galaktikamizning asosiy qismini tashkil etadi.Ba’zan, Somon Yo‘li –bizning Galaktikamiz, deb 
xato aytiladi.Somon Yo‘li – osmonda bizga ko‘rinadigan va yulduzlardan tashkil topgan yorug‘ 
halqa bo‘lib, Galaktikamiz esa yulduzlarning gigant orolidan . Galaktikamizga hamma yulduz 
turkumlaridagi yulduzlar kiradi. Galaktikamiz yadrodan va uni o‘rab turuvchi ikki sistemadagi
yulduzlardan iborat. Yulduzlar disksimon va galaktik toj shaklida joylashgan.Yadro bizdan
10000pk yoki 30000 yorug‘lik yili masofada Qavs yulduz turkumi tomonidan joylashgan.
Yadroda yulduzlar zich joylashgan.Disk qatlamiga Galaktikaning 5% yulduzlari to‘g‘ri keladi. 
Galaktika tojini sharsimon ko‘rinishdagi yulduz to‘dalari va noma’lum tabiatli moddalar tashkil 
etadi. Galaktikamizning diametri taxminan 30000 pk yoki 100000 yorug‘lik yiliga teng.Tashqi 
tomondan Galaktikamizga qaralganda u spiralsimon ko‘rinishga ega bo‘ladi. Galaktikadagi
hamma yulduzlar uning markazi atrofida aylanib turadi. Galaktikaning ichki qismidagi yulduzlar 
yalanishining burchak tezligi deyarli bir xil bo‘lib, uning tashqi qismlari esa sekin aylanadi. 
Yulduzlarning Galaktikada aylanishilari, sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishidan shunisi 
bilan farq qiladi.Quyosh va uning sistemasi Galaktika yadrosi atrofida 250km/s tezlik bilan 
aylanadi.Yer hisobi bilan olsak, Quyosh galaktika yadrosi atrofida 230 million yil davomida 
bir marta aylanib chiqar ekan.Quyosh sistemasi paydo bo‘lganiga 4.7 milliard yil bo‘lganligini 
hisobiga , Galaktika yadrosi atrofida hozirga qadar 20 marta aylanganligini aytishimiz mumkin.
Galaktikaning aylanishiga ko‘ra uning massasi taxminan aniqlangan, u taxminan 2 
Quyosh massasiga teng ekan.Bir qancha olimlar tamonidan Olamni Katta portlashdan paydo 
bo‘lganligi haqidagi nazariyalarini o‘z davrlarida aytib o‘tishgan.Jumladan, 1964 yilda Penzias va 
Vilson tasodifan bir muhim hodisaga duch kelib qoldilar: ular bizning Galaktikamizdan kelayotgan 
radionurlanishning 75 sm to‘lqin uzunlikdagi intensivligini o‘lchashmoqchi bo‘lishganda , asbob 
tomonidan shu diapazonda radioshovqin qayd qilinadi. Bu signalning intensivligi yo‘nalishiga 
bog‘liq emasligi aniqlanadi.Ular avvaliga bu shovqin antenna yoki radioqurilma zanjirining 
shovqini bo‘lsa kerak deb o‘yladilar.Bir yilcha radioqurilma xarakteristikalarini yaxshilash ustida 
ishlaganlaridan keyin , 1965 yilda yana o‘sha mikroto‘lqinli shovqin barcha yo‘nalishlarda
kuzatildi. Ma’lumki, har bir jism, uning ichidagi elektronlarning tartibsiz harakati tufayli, 
radiodiapazonda “shovqin” beradi. Jismning temperatirasi qancha yuqori bo‘lsa , bu nurlanish
intensivligi shuncha katta bo‘ladi. Penzias va Vilson bu issiqlik nurlanishiga mos temperatura
3.5 K ekanligini aniqladilar. Katta portlashdan keyin koinotda qoldiq-reliktiv nurlanish saqlanib 
qolishligi, uning temperaturasi hozirgi vaqtda 5-6K atrofida bo‘lishligi mana shu yuqoridagi
kashfiyotda o‘z isbotini topgan.Penzias va Vilson 1978 yilda bu kashfiyotlari uchun Nobel
mukofatiga sazovar bo‘lganlar.
Galaktika tuzilishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlariga ko‘ra 13-15 milliard
yil avval butun materiya ,energiya, fazo va vaqt Katta portlash tufayli sekundning qandaydir bir 
ulushlarida paydo bo‘lgan.Portlash jarayoni hozirda quyidagicha brogan degan tasavvurlar bor. 
Portlashdan so‘ng sekundning ma’lum ulushlarida temperature pasayib protonlar va neytronlar 


77
17
hosil bo‘lgan.Uch minutdan so‘ng poton va neytronlar birlashib vodorod va geliy yadrolarini
hosil qilgan.Uch yuz ming yil o‘tib elektronlar yadro atrofida aylana boshlaydi va atom shakllana 
boradi.Koinotda nur paydo bo‘ladi.Bir milliard yildan so‘ng gravitasion kuchlari moddani
siqa boshlaydi va galaktikalar hosil bo‘ladi.15 millard yil o‘tadi va biz kengayayotgan Koinotni 
ko‘ramiz.
Xulosa qilib aytganda, ba’zi olimlarning bildirilgan fikrlariga ko‘ra ,koinotning kengayish
ma’lum davrgacha boradi,so‘ngra ular qaytadan siqiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Shodiyev D,Turdiyev N Fizika: 9 sinf-T.:Manaviyat” , 2002. 141 –bet.
2.Boydedayev A” Tabiat kuchlari va Olam evolyutsiyasi” 1996.51-bet.
3.Voronsov-Velyaminav B.A “Astronomiya” 11sinf.1995. 126-127 betlar.


78

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling