Масъул муҳаррир: Файзиев Шохруд Фармонович, ю ф. д., доцент
Boyarova Irina Vasilevna. Mordoviya Respublikasi. Maqola www.nsportal.ru saytida chop etilgan. 2
Download 4.72 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika-matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
1. Boyarova Irina Vasilevna. Mordoviya Respublikasi. Maqola www.nsportal.ru saytida chop
etilgan. 2. MBOU “Tonkinskaya SSH”, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Toropova Galina Nikolaevna Maqola “Pedagogik kengash” saytida e’lon qilingan. 72 17 FIZIK HODISALAR HAQIDA UMUMIY MULOHAZALAR Mahmudova Hodisa Urinxudjayevna 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Fizika fani o‘qituvchisi. Andijon viloyati Jalaquduq tumani Annotatsiya: Ushbu maqoladi Fizika fani tabiat haqidagi fani ekanligi, tabiatda bo‘ladigan hodisalar, fizika faninig rivojlanish tarixi, fizik qonunlar, kuzatish va tajribalar haqida fikrlar va ma’lumotlar berilgan. Shuningdek ushbu fan va tabiat hodisalari haqida ijodkorlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Fizika fani, Tabiat hodisalari, Fizik jismlar, yorug‘lik, havo. Fizika-tabiat haqidagi fanlarning asosidir (Isaak Nyuton) “Fizika” so‘zi lotincha “Phusis” –“Tabiat” degan ma’nosini bildiradi. Fizika fani-tabiatda yuz beradigan fizik, kimyoviy va biologik hodisalar hamda ular orasidagi o‘zaro bo‘g‘lanishni o‘rganuvchi fandir.Bundan tashqari Fizika fani Astronomiya fani bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Algebra va Geometry fanlari bilan ham bog‘langandir. Fizika fani-modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar, mexanik hodisalar, issiqlik, yorug‘lik va tovush hodisalarini o‘z ichiga oladi. Fizika faninig asosiy tushuncha va atamalarini quyidagilardan iborat. Fizik jismlar- tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi. Masalan:quyosh, yulduzlardan to xonadagi havogacha, toshlar, idishdagi suvdan to sayyoralargacha, xonadagi stol va stellar. Oshxonadagi jihozlar va boshqalar.. Jismlar sistemasi-ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi. Masalan, avtomobilning harakati. Bunda avtomobilning barcha qismlari vaqt davomida ma’lum yo‘l o‘tadi va ketgan vaqtlari xisobga olinadi. Fizik hodisalar - moddani tashkil zarralar o‘zgarmay qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan: toshning tushishi, g‘ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, yomg‘ir yog‘ishi, chaqmoq chaqishi, qor va do‘llarning xosil bo‘lishi va ularning temperaturalarga bog‘liqligidir. Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali yaratiladi. Kuzatissh va tajribalar o‘quvchilar bilimini yanada mustahkamlaydi. Kuzatish va tajribalar asosida fizik qonunlar yaratiladi. Fizik qonunlar-hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi. Masalan: Nyuton, Arximed, Kepler qonunlaridir. Kuzatish deb-sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Masalan: jismlarning Yerga tushishini o‘rganishda, bu hodisani ko‘p marta kuzatgandan so‘ng, qonuniyat topiladi. Buning uchun tajribalar o‘tkaziladi. Tajribalar o‘tkazishda o‘lchash ishlari olib boriladi. Shunday qilib fizik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o‘tkazishlardan iborat ekan. Bular orqali o‘quvchilarning fikrlash doirasi kengayadi. Fizika yunoncha «phusis» — tabiat dcgan sozdan olingan bo‘lib, tabiatshunoslik degan ma’noni anglatadi. Inson o7.ini o‘rab turgan tabiat haqidagi bilimlarni yashash uchun boigan ayovsiz ku rash la i ja rayon ida o‘rganib borgan. Dastlabki ilmiy ma’lumotlarni to‘plash, insonlar ckin ckib, o‘troq hayot kechiradigan joylarda boshlangan. Bu qulay imkoniyatga ega bo‘lgan misrlik va bobilliklar to‘plagan bilimlaridan foydalanib piramidalar, ibodatxonalar, qal’alar, to‘g‘onlar qurganlar. Qurilishda oddiy mexani/mlardan: richaglar, yumalatuvchi xodalar, qiya tekislikdan foydalanganlar. Fizika haqidagi ma’lumotlarni birinchi bor kitob shaklida qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu) (e. o. 384—322-y.) bayon etgan. Olamning nimadan tn/ ilganligi haqidagi nazariyani miloddan avvalgi 341—270-yillarda yaslhagan Epikur bergan. Uning g‘oyalarini Lukretsiy degan shoir o‘zining «narsalarning tabiati haqida» nomli poemasida keltiradi. Unga ko‘rabarchajismlar koVga ko‘rinmaydigan, bo‘linmay - digan atomlardan tashkil topgan va ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Fizika qonunlarini harbiy texnikada keng ko‘lamda qo‘llagan olimlardan biri Arximed edi. Arximed miloddan awalgi 287-yikla Sitsiliya orolidagi Sirakuza shahrida tug‘iladi. Bu davrda 73 17 Sitsiliya oroli Rim va Karfagen orasidagi urush maydoni edi. Oroldagi hokimiyat mustaqilligini ;isr;ib qolish uchun mudofaa inshootlarini quradi. Bunda Arximedning muhandislik qobiliyati qo‘l keladi. Rimliklar Sitsiliyaga ham dengizdan, ham quruqlikdan hujum qilishadi. Gretsiyalik tarixshunos Plutarx shunday yozadi: «Rimliklarning ikki tomonlania (dengiz va quruqlikdan) hujumidan sirakuzaliklar qo‘rquvga tushdilar. Bunday baquvvat, ko‘p sonli qo‘shinga qarshi ular nima bilan javob berishadi? Arximed o‘z mashinalarini ishga soldi. Quruqlikdagi qo‘shinlar ustiga shiddatli otilgan ulkan toshlar ulami to‘zg‘itib yubordi... Kemalarga birdaniga devor ustidan katta tezlikda xodalar kelib urilib, ulami cho‘ktirdi. Temir ilmoqlar kemalarni ilib olib, bir uchidan yuqoriga ko‘taradi, so‘ngra ikkinchi uchidan tikka suvga botiradi. Ayrimlari turgan joyida ay- lantirilib yuborilib, boshqarilmay qoldi va urilib halok bo‘ldi. Dahshatli manzara!..» Shundan so‘ng rimliklar chekinish- ga majbur bo‘ladi. Shahami esa uzoq muddatli qamaldan so‘ng olishga muvaffaq boladi. Bu jangda Arximed ham halok bo‘ladi. Shunday qilib Arximed urush uchun xizmat qilgan hamda shu unish qurboni boMgan birinchi olim Arximed sifatida tarixga kirdi. O’rta asrlarda fan, madaniyat rivojlanishi sharqqa ko‘chdi. Bu davrda fizika va boshqa fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk bobolarimiz yashab o‘tdi. Ularga Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al- Xorazmiy, Umar Xayyom, Umar Chag‘miniy va boshqalami keltirish mumkin. Beruniy moddalaming zichligi, koinot fizikasi, minerallar, yorug‘lik, tovush va magnit hodisalari kabi ko‘pgina yo‘nalishlarda ishlar olib borgan. Uning ayniqsa Yer radiusini juda aniq o‘lchaganligi (Beruniyda 6490 km, hozirgisi 6400 km) diqqatga sazovordir. Al-Xorazmiyning matematika, astronomiya sohasi bo‘yicha islilarini dunyo tan olgan. Ibn Sinoni butun dunyoda tibbiyotning otasi deb bili- shadi. Uningbundan tashqari mexanik harakat, ob-havoga doir, yorug‘lik hodisalari kabi mavzularga bag‘ishlangan ishlari ham mavjud. Umar Xayyom o‘sha davr uchun ancha mukammallashgan taqvim (kalendar)ni ishlagan bo‘lsa, Umar ( hag‘miniy Yer o‘qining og‘maligi tufayli fasllar almashinib turishini qayd qilgan. Fizikaning keyingi taraqqiyoti Yevropa bilan bog‘langandir. Chex olimi N. Kopernik birinchi bo‘lib quyosh sistemasining tuzilishini to‘g‘ri talqin qilib berdi. Lekin bu ta’limotni qabul qilish oson kechmaydi. Italyan olimi G. Galiley va nemis olimi I. Kepler o‘z tajribalariga hamda hisoblashlariga asoslanib ta’limotni tasdiqlaydilar. Birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskopda kuzatgan olim ham Galiley edi. Uning, ayniqsa, jismlarning erkin tushishiga doir ishlari diqqatga sazovordir. Buyuk ingliz olimi I. Nyuton fizikaning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Quyosh va sayyoralar harakati sabablari, kuch va uning jism harakatiga ta’siri, yorug‘lik rangi haqidagi ilmiy ixtirolar uning qalamiga mansub. XVIII—XIX asrlar fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash davrlari bo‘ldi. Bu ilavi larda fan bilan juda ko‘plab olimlar shug‘ullanganlar. Birinchi bug ‘ mashinalarning ishlatilishi, harbiy texnikaning rivojlanishi, elektrdan foydalanish kabi ko‘pgina ishlar ularning mehnati samarasidir. Shu davrda e’tirof etilgan olimlarga J. Uatt, M. Lomonosov, L. Eyler, T. Yung, 0. I ivnel, A. Volta, X. Ersted, A. Amper, G. Om, M. Faradey, E. X. Lens, V. Veber, J. Joul, V. Tomson, L. Bolsman, D. Mendeleyev va boshqalami kiritish mumkin. XX asrga kelib fizikada buyuk kashfiyotlar qilindi. Bu kashllyotlar natijasida atom energiyasidan foydalanish mumkin bo‘ldi. Inson kosmosga chiqdi. Shu davrning buyuk siymolariga G. Lorens, A. Eynshteyn, V. Rentgen, J. Tomson, M. Plank, E. Rezerford, N. Bor, A. Ioffe, A. Vavilov, De Broyllarni keltirish mumkin. Albatta, fizikaning rivojlanishi bir tekisda kechgani yo‘q. Ayrim davrlarda ko‘plab kashfiyotlar qilinsa, ayrim paytlarda rivojlanish sustlashgan. Lekin inson hamma vaqt qiyinchiliklarni yengib, oldinga intilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N. SH. Turdiyev. Fizika 6-sinflar uchun. – Toshkent: 2013 2. P. Xabibullayev A. Boydadayev, A. Baxramov. - Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2013 3. A. Baxramov, M. Yo‘ldasheva Fizika 8-sinflar uchun metodik qo‘llanma. – Toshkent: 2010 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling