Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet50/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Jamiyatning demografik tarkibi

Аҳолининг ёш хусусиятлари ва жинсга кўра таркиби

Миграция жараёнлари

Аҳолининг жисмоний ва руҳий соғломлиги

Jamiyatning demografik tarkibini hisobga olish jamiyat iqtisodiy hayotini tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Jamiyatda kechadigan demografik va iqtisodiy jarayonlarni aslo bir-biridan ajratib bo’lmaydi, ular o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Buni «iqtisodiyot - aholi zichligi» va «aholi – iqtisodiyot» tizimlari orqali ifodalash mumkin. Iqtisodiyotning o’sish sur’atlari aholining umumiy soni va zichligi bilan bog’liq. Ayni vaqtda jamiyat hayotining barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy) dagi ijobiy yoki salbiy o’zgarishlarga aholining umumiy soni, zichligi bilan bir qatorda jamiyatda kechadigan migratsiya jarayonlari, aholining jismoniy va ruhiy sog’lomligi kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.


Muhokama uchun savollar:


  1. Jamiyatning etnik tarkibi deganda nimani tushunasiz?

  2. Urug’, qabila, elat, millat tushunchalarini izohlang?

  3. jamiyatning demografik tarkibini tushuntirib bering?

3-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatning sinfiy tarkibi va jamiyat tarkibining boshqa elementlari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyatning sinfiy tarkibi tushuntiriladi.

  2. Jamiyatning ijtimoiy tarkibining boshqa elementlari (istiqomat joyiga, ma’lumot darajasiga va b) va uning mazmunini tushuntiradi.

3-asosiy savolning bayoni:
Jamiyatning sinfiy tarkibi uning muhim tomonini tashkil etadi. Jamiyatning sinfiy tarkibi deganda sinflar, tabaqalar, qatlamlar nazarda tutiladi.
Jamiyatning sinfiy tarkibining asosini sinf tashkil etadi. Sinflar tarixiy hodisa. Ular jamiyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Sinflarning mohiyati, kelib chiqish sabablari faylasuflarni qadimdan qiziqtirib kelgan. Sinflarning kelib chiqish sabablarini avvalo jamiyatning iqtisodiy hayotidan, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridan qidirmoq lozim. Ishlab chiqarishning taraqqiyoti, ijtimoiy mehnat, tovar ayirboshlashning paydo bo’lishi va rivojlanishi, xususiy mulkning paydo bo’lishi sinflarning kelib chiqish sabablaridir.
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida uning sinfiy tarkibi o’zgarib borgan. Ijtimoiy tabaqalar deganda, urf-odatlar yoki qonun bilan mustahkamlangan avloddan avlodga meros sifatida o’tadigan huquq va burchlarga ega bo’lgan sinflar tarkibidagi ijtimoiy birliklar nazarda tutiladi. Ayrim Sharq mamlakatlarida kastaviy bo’linish mavjud. Bunga Hindistondagi kastachilik tizimi misol bo’la oladi.
Ijtimoiy qatlam deganda intellegentsiya-ziyolilar nazarda tutiladi. Jamiyatning professional (kasb-kor) va ma’lumotga ko’ra tarkibi jamiyat tarkibining muhim tomonini tashkil etadi. Professional va ma’lumotga ko’ra jamiyat tarkibining shakllanishi dehqonchilikning, o’troq hayotning chorvachilikdan ajralib chiqishi, qishloq xo’jaligidan hunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi, aqliy mehnatning, jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi bilan bog’liq holda yuz bergan.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibida istiqomat joyiga ko’ra aholining tarkibini inobatga olmoq lozim bo’ladi.
Istiqomat joyiga ko’ra aholining tarkibi deganda kishilarning hayotlari kechadigan istiqomat joylariga munosabatlari nazarda tutiladi.
Turli sinf, ijtimoiy guruh, qatlam vakillari istiqomat joylariga ko’ra:
a) shaharliklar,
b) qishloq aholisiga bo’linadilar.
Shahar aholisining qishloq aholisidan farqli xususiyatlari quyidagilarda aks etadi:
a) Kishilar bandligining aksariyat sanoat ishlab chiqarishi bilan bog’liqligi.
b) O’ziga xos ma’naviy muhit, bilim olish, ma’lumotini oshirish, ma’naviy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlarini mavjudligi.
v) Tanlov imkoniyatlarining kengligi
g) Ma’lumot darajasining nisbatan yuqoriligi.
d) Shahar aholisining siyosiy faolligi
e) O’ziga xos oila va oilaviy munosabatlari nazarda tutiladi.
Jamiyat hayotini tashkil etish va boshqarishda bu omilning o’rni katta ekanligini unutmaslik lozim.
Jamiyat taraqqiyoti tarixi tsivilizatsiya tarixi 2 yo’nalishda aks etadigan jarayonlari bilan bevosita bog’liq holda kechadi. Bular urbanizatsiya va rualizatsiya jarayonlari.
Urbanizatsiya - shaharlashish, ijtimoiy hayotda shahar o’rnining tobora ortib boruvini ifodalaydigan ijtimoiy jarayon.
Rualizatsiya qishloq hayotining ahamiyatini bo’rttirish asosida vujudga kelgan qishloqlashuv, qishloq hayotiga qaytish ma’nolarini ifodalaydi.
Hozirgi davrda urbanizatsiya va rualizatsiya jarayonlari tobora o’zaro bir-birini taqozo etmoqda.
Shunday qilib, jamiyatni ijtimoiy hayoti uning ijtimoiy tarkibida o’z ifodasini topadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling