5.2. Mustaqil ish topshiriqlari uyga vazifa sifatida beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.
|
O’qituvchi
5 minut
| Asosiy savollar.
1. Jamiyatning ijtimoiy hayoti va ijtimoiy tarkibi.
2. Jamiyatning etnik va demografik tarkibi.
3. Jamiyatning sinfiy tarkibi va jamiyat tarkibining boshqa elementlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Jamiyatning ijtimoiy hayoti, jamiyatning ijtimoiy tarkibi, etnik tarkib, demografik tarkib, sinfiy tarkib, ma’lumot darajasiga ko’ra jamiyatning tarkibi, urbanizatsiya, rualizatsiya.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jamiyatning ijtimoiy hayoti, ijtimoiy, etnik, demografik, sinfiy tarkiblari va jamiyat tarkibining boshqa elementlarini har tomonlama muhokama qilishga hamda O’zbekistonda jamiyat ijtimoiy tarkibiga berilayotgan e’tibor va uning yutuqlarini tahlil qilishga harakat qilinadi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatning ijtimoiy hayoti va ijtimoiy tarkibining asosiy mazmuni tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:
Jamiyatning ijtimoiy hayotini tushuntiradi.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibi nima ekanligini izohlab beradi.
1-asosiy savolning bayoni:
Jamiyat tushunchasi, avvalo, kishilar jamoasi, ularning birligini ifodalaydi. Lekin jamiyat shunchaki kishilar yig’indisi emas. Jamiyat bu avvalo, o’zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo’lgan kishilarning birligini ifodalaydi. Jamiyatning ijtimoiy hayoti undagi mavjud kishilar, turli ijtimoiy birliklar va guruhlar orasidagi turli tuman aloqa va munosabatlarni qamrab oladi.
Jamiyatning ijtimoiy hayotining asosini unda mavjud turli-tuman ijtimoiy birliklar tashkil etadi. Ijtimoiy birliklar deganda, xalq, sinf, millat, jamoa, mehnat jamoasi, oila kabilar nazarda tutiladi.
Ijtimoiy birlik tarixan tarkib topgan, o’zaro barqaror ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan, o’ziga xos umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan kishilar birlashuvining o’ziga xos ko’rinishidir.
Ijtimoiy birliklar vaqtincha, qisqa muddatli va barqaror bo’lishi mumkin. Aynan barqaror, ichki aloqa va munosabatlar bilan o’zaro bog’langan kishilarning uyushuvidan iborat ijtimoiy birliklar jamiyat ijtimoiy hayotining mazmunini ifodalaydi.
Ijtimoiy birliklarning o’ziga xos jihatlari deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
a) Muayyan ijtimoiy birliklarni tashkil etuvchi kishilarning uyushuvi ular orasidagi ob’ektiv tarzda yuz beradigan ijtimoiy-aloqa va munosabatlar asosida shakllanadi.
b) Ijtimoiy birliklar kishilar ijtimoiy hayotining mavjudlik shakli hisoblanadi.
v) Ijtimoiy birliklarning shakllanishiga xilma-xil iqtisodiy va ma’naviy omillar ta’sir ko’rsatadi.
Jamiyatning ijtimoiy hayoti uning ijtimoiy tarkibida o’z ifodasini topadi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi turli ijtimoiy birliklardan tashkil topadi.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibi deganda, ijtimoiy sinfiy tarkib, demografik tarkib kabilar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |