Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet49/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Jamiyatning ijtimoiy hayoti deganda nimani tushunasiz?

  2. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi nima?

2-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatning etnik va demografik tarkibi hamda ularning muhim tomonlari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyatning ztnik tarkibi tushuntiriladi.

  2. Jamiyatning demografik tarkibi va uning mazmunini tushuntiradi.

2-asosiy savolning bayoni:
J amiyatning ijtimoiy tarkibining asoslaridan birini uning etnik tarkibi tashkil etadi.
Jamiyatning etnik tarkibiga urug’ qabila, elat, millat kiradi.
2 –Chizma.
Jamiyatning etnik tarkibi

urug’, qabila elat millat


U rug’-etnik tarkibning dastlabki ko’rinishi hisoblanadi. Urug’chilik insoniyat tarixining qadimiy davrlariga xos bo’lib, yashash uchun kurash, tashqi dushmandan saqlanish maqsadida qarindoshlik asosidagi birlashuv natijasida shakllangan. Urug’chilikning iqtisodiy asosini erga jamoa egaligi tashkil etadi.


Qabila kelib chiqishi umumiy asosga ega bo’lgan, keyinchalik o’zaro bir biridan farqlanadigan urug’lardan iborat kishilarning tarixiy etnik birligi hisoblanadi.
Elat hudud, til madaniy jihatdan umumiylikka ega bo’lgan, iqtisodiy aloqalari shakllana boshlagan tarixiy etnik birlik hisoblanadi.
Millat elatlar birlashuvi natijasida hosil bo’lgan tarixiy-etnik birlik hisoblanadi.
Millatning asosiy belgilari:
a) Xududiy birlik,
b) Til birligi,
v) Iqtisodiy hayot birligi,
g) Ma’naviy ruhiy birlik.
Millat – tarixan tarkib topgan, milliy birlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan kishilarning ijtimoiy barqaror birligi. Er yuzida 3 mingga yaqin millat bo’lib, u insoniyatning o’rta hisobda 96 % ini birlashtiradi.
Millatning ma’naviy ruhiy birligi uning ongida, milliy ongda o’z ifodasini topadi.
Milliy ong millatning o’zi bilan birga shakllanib boradi va uning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Milliy ong millatning tarixi, taqdiri va istiqboli bilan bog’liq bo’lgan manfaatlar va maqsadlarni ifodalovchi, millat vakillari faoliyatini ma’lum maqsadlar sari yo’naltiruvchi g’oyalar, fikrlar tizimini ifodalaydi.
Millatning hayoti va taraqqiyotida milliy o’zlikni anglash muhim o’rin tutadi. Milliy o’zlikni anglash murakkab jarayon. Milliy o’zlikni anglash umummilliy manfaatlarni ustivor qo’ya bilish bilan bevosita bog’liq.
Milliy o’zlikni anglash millat manfaatlarini anglay olish va himoya qilishning muhim omili hisoblanadi.
Milliy o’zlikni anglash o’z millati tarixini bilish (tarixiy xotira), milliy an’ana, urf-odatlarga, marosimlarga munosabat, o’z milliy tiliga munosabat, milliy g’urur kabilarda namoyon bo’ladi.
Jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim tomonini demografik tarkib tashkil etadi.
Biz jamiyatga ta’sir ko’rsatadigan muhim tabiiy omil - aholi zichligi bilan tanishgan edik. Aholi zichligi jamiyatning demografik tarkibida o’z ifodasini topadi.
Jamiyatning demografik tarkibi aholi zichligi bilan bir qatorda, uning joylanishi, yosh, jins xususiyatlari, migratsion jarayonlar, aholining sog’lomlik darajasini hisobga olishni taqozo etadi.
3 – Chizma.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling