Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov
Download 1.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo’yicha dars maqsadi
- 2-asosiy savolning bayoni
Muhokama uchun savollar:Jamiyatning ma’naviy hayoti deganda nimani tushunasiz? Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish tushunchalariga izoh bering? Jamiyat ma’naviy hayoti tarkibiy tuzilishini sanab bering? 2-savol bo’yicha dars maqsadi: Ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida vorislik va yangilanish tushunchalari va bunda shakllanadigan qadriyatlar, madaniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi. Identiv o’quv maqsadlari: Ma’naviyatda vorislik tushunchasi tushuntiriladi. Jamiyat ma’naviy hayotida yangilanish nima ekanligini tushuntiradi. 2-asosiy savolning bayoni: Aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi ma’naviy ishlab chiqarish sohalarining shakllanishi va taraqqiyotiga xizmat qilgan. Shu asosda ma’naviy ishlab chiqarish ixtisoslashib borgan. Ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni, uning natijasida yaratilgan adabiyot, axloq, til, san’at, fan jamiyat ma’naviy hayotining shakllanishi va rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Ma’naviy ishlab chiqarish keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, bu jarayonda: a) obrazlar, g’oyalar, nazariyalar yaratiladi. b) insonning o’zi va jamiyat takomillashib boradi. Jamiyatning ma’naviy hayoti uzviy bir-biriga bog’liq jarayonlar tizimidan iborat. Bu tizimning asosiy elementlarini ma’naviy ehtiyoj, ma’naviy faoliyat, ma’naviy o’zlashtirish tarzida ifodalash mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatning ma’naviy hayoti ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan, deb hisoblash lozim. Ma’naviy ehtiyoj deganda, ma’naviy qadriyatlarni yaratish va o’zlashtirish ehtiyoji nazarda tutiladi. Inson o’z tabiatiga ko’ra faqat «qorin g’ami», «tirikchilik tashvishi» bilangina yashay olmaydi. Unda moddiy ehtiyojdan kam ahamiyatga ega bo’lmagan ma’naviy ehtiyoj ham bor. Bu ehtiyoj «ruh ehtiyoji» deb ham yuritiladi. Inson aqliy etuklikka, axloqiy barkamollikka intiladi. U o’z tabiatiga ko’ra olamni tobora ko’proq bila boradi, doimo go’zallikka intiladi, bularning hammasi ma’naviy ehtiyojga taalluqli. Insoniyat jamiyati taraqqiyotining quyi bosqichlarida ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlardan ajralmagan va kishilarning kundalik hayoti va faoliyati bilan taqozolangan holda mavjud bo’lgan. Moddiy ishlab chiqarish taraqqiyoti ma’naviy ehtiyojlar uchun dastlabki imkoniyatlarni yaratgan davrdan boshlab ma’naviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali ma’naviy ehtiyojlarni qondirish imkoni yaratilgan. Tarixan ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlardan keyin shakllangan, lekin bundan ma’naviy ehtiyoj faqat moddiy ehtiyojlardan kelib chiqadi, degan bir yoqlama xulosaga kelish hatodir. Ma’naviy o’zlashtirish, deganda ma’naviy qadriyatlar bilim, til, adabiyot, san’at, axloq normalari kabilarni o’rganish nazarda tutiladi. Ma’naviy ishlab chiqarish natijalari (bilimlar, badiiy va xokazo ijod namunalari)ning jamiyat hayotiga kirib borishi-ma’naviy o’zlashtirishdir. Jamiyat o’zaro bir-biri bilan aloqa – munosabatga kirishgan kishilar jamoasidir. Jamiyat a’zolari orasida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan aloqa va munosabatlar ijtimoiy munosabatlar, deb yuritiladi. Kishilar orasidagi aloqa va munosabatlar qanchalik xima-xil bo’lmasin, ular 2 asosiy ko’rinishga ega: a) Moddiy, iqtisodiy munosabatlar b) Ma’naviy munosabatlar Ma’naviy munosabatlarga axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy kabi munosabatlarni kiritish mumkin. Moddiy, iqtisodiy munosabatlar inson ongidan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda shakllanadi. Ma’naviy munosabatlar ong orqali amalga oshadi va bunda jamiyatdagi g’oyalar, ma’naviy qadriyatlar, ma’naviy munosabatlarga hal qiluvchi darajada ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy munosabatlarning o’ziga xos ko’rinishi – shaxslararo munosabatlardir. Jamiyat ma’naviy hayoti ma’naviyat tushunchasida o’z ifodasini topadi. Ma’naviyat – kishilarning o’zaro munosabatlari va hayotiy tajribalari davomida shakllanadigan va rivojlanadigan qadriyatlar tizimi. Ma’naviyat insonning inson bo’lib shakllanishiga turtki beradigan buyuk omil. Ma’naviyat keng qamrovli tushuncha bo’lib, u insonning botiniy dunyosi, ruhiyati, o’z-o’zini anglashi, ongliligi, qobiliyati, intilishlari, did-farosati, aql-zakovati, yaxshilikni yomonlikdan, adolatni razolatdan, go’zallikni xunuklikdan, oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyatini ifodalaydi. Ayni vaqtda ma’naviyat jamiyatga nasbatan jamiyat ma’naviyati sifatida qo’llanadi. Til, adabiyot, san’at, diniy e’tiqod, fan, axborot tizimlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim-tarbiya jamiyat ma’naviyatini ifodalaydigan ijtimoiy hodisalardir. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling