Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi. O’qituvchi


Download 1.53 Mb.
bet60/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kiritadi.

O’qituvchi
10 minut

Asosiy savollar.


1. Jamiyatning ma’naviy hayoti tushunchasi. Jamiyat ma’naviy hayotining tarkibiy elementlari.
2. Jamiyat ma’naviy hayotida vorislik va yangilanish.
3. Ijtimoiy ong jamiyat ma’naviy hayotining asosi sifatida.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Jamiyatning ma’naviy hayoti, ma’naviyat, ma’naviy ehtiyoj, ma’naviy ishlab chiqarish, ma’naviy o’zlashtirish, ma’naviy munosabat, ijtimoiy ong.
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar:
Jamiyatning ma’naviy hayoti uning tarkibiy elementlari, ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong uning sohalari, darajalari va shakllari haqida qolaversa O’zbekistonning ma’naviy sohadagi islohotlarining mazmun-mohiyati tahlil etiladi.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyatning ma’naviy hayoti va uning tarkibiy elementlari mazmuni tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyatning ma’naviy hayotini tushuntiradi.

  2. Jamiyat ma’naviy hayotining tarkibini izohlab beradi.

  3. O’zbekistonning ma’naviy sohadagi islohotlarini tushuntirib beradi?

1-asosiy savolning bayoni:
Jamiyatning ma’naviy hayoti-deganda kishilarning ma’naviy ishlab chiqarish faoliyatlari, uning natijalari hamda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida shakllanadigan aloqa va munosabatlar nazarda tutiladi.
Ma’lumki ishlab chiqarishsiz jamiyatning o’zi bo’lishi mumkin emas, zotan ishlab chiqarish kishilarning ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Ishlab chiqarish faoliyati ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:
1. Moddiy ishlab chiqarish faoliyati.
2. Ma’naviy ishlab chiqarish faoliyati.
Ma’naviy ishlab chiqarish deganda ong, g’oyalar, qarashlarni ishlab chiqarish nazarda tutiladi.
Jamiyatning ma’naviy hayoti deganda unda ishlab chiqarilgan xilma-xil qarashlar, g’oyalar nazarda tutiladi.
Jamiyatning ma’naviy hayoti o’ziga xos tarkibiy tuzilishga ega. Uning asosiy elementlari deganda:
a) ma’naviy faoliyat,
b) ma’naviy ehtiyoj,
v) ma’naviy o’zlashtirish,
g) ma’naviy munosabatlar nazarda tutiladi.
Ma’naviy faoliyat yoki ma’naviy ishlab chiqarish inson faoliyatining muhim ko’rinishi bo’lib, kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan narsalarni yaratishini nazarda tutadi. Ma’naviy ishlab chiqarish insonning olamga foal munosabatini ifodalaydi. Ayni vaqtda ma’naviy ishlab chiqarish o’zining bir qator jihatlari bilan moddiy ishlab chiqarishdan farqlanadi.
a) Agar moddiy ishlab chiqarish natijalari narsalar dunyosini ishlab chiqarishga, moddiy qadriyatlarni yaratishga qaratilgan bo’lsa, ma’naviy faoliyat natijalari g’oyalar bilimlar, ma’naviy qadriyatlarning shakllanishiga olib keladi.
b) Moddiy ishlab chiqarish kishilar hayotiga bevosita zarur narsalarni yaratishga yo’naltirilgani holda ma’naviy ishlab chiqarish jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
v) Moddiy ishlab chiqarish natijalari bo’lmish mahsulotlar predmetli harakterga ega bo’lsa, ma’naviy ishlab chiqarish natijalari aksari hollarda, bilim, axborotlar shaklida namoyon bo’ladi.
g) Ma’naviy ishlab chiqarish jamiyat hayotining boshqa barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy) ning yanada takomillashib borishiga xizmat qiladi.
d) Ma’naviy ishlab chiqarish turli shakl va ko’rinishlardan iborat bilimlarning shakllanishi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.
e) Ma’naviy ishlab chiqarish ijtimoiy fikrning shakllanishiga xizmat qiladi. Bunda g’oya, g’oyaviylik muhim o’rin tutadi.
j) Ma’naviy ishlab chiqarish olamni nazariy, ratsional bilish asosida o’rganadi.
z) Ma’naviy ishlab chiqarishda ijodning ustivorligi kuzatiladi.
y) Ma’naviy ishlab chiqarish deganda ishlab chiqilgan g’oyalarni jamiyat hayotiga yoyish ham nazarda tutiladi.
Ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni insonni, uning ongini o’stiradi, boyitadi. Ayni vaqtda odamlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bilimlar, g’oyalar, nazariyalar, badiiy obrazlar va boshqa ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ma’naviy va moddiy ishlab chiqarishni aslo bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Bu yaxlit ishlab chiqarish jarayonining o’zaro uzviy bog’liq 2 tomonini tashkil etadi.
Ma’naviy ishlab chiqarish jarayonining o’zi muttasil rivojlanib boradi. Dastlab ma’naviy ishlab chiqarish xalq ijodiyotida o’z ifodasini topgan.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling