Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet62/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Ma’naviyatda vorislik deganda nimani tushunasiz?

  2. Ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida qanday qadriyatlar yaratilishini tushuntiring?

  3. Ma’naviy munosabatlar va iqtisodiy munosabatlar tushunchalariga to’htaling?

3-savol bo’yicha dars maqsadi: Ijtimoiy ong tushunchasi, uning sohalari, darajalari va shakllari haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Ijtimoiy ong tushunchasi tushuntiriladi.

  2. Ijtimoiy ong sohalari, darajalari va shakllari nima ekanligini tushuntiradi.

3-asosiy savolning bayoni:
Jamiyat ma’naviy hayotining asosini jamiyat ongi-ijtimoiy ong tashkil etadi. Ijtimoiy ong jamiyat hayoti-ijtimoiy borliqning inson miyasidagi in’ikosidir.
Ijtimoiy ong jamiyatda yaratilgan xilma-xil ijtimoiy qarashlar (axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy, ilmiy va x.k) tasavvurlar, g’oyalar, nazariyalarni o’z ichiga qamrab oladi.
Ijtimoiy ong jamiyat ma’naviy hayotini o’zida mujassamlashtirgan murakkab tizimiga ega bo’lgan ijtimoiy hodisadir. Ijtiomiy ong murakkab tuzilishga ega. Ijtimoiy ongning strukturasiga ijtimoiy ong sohalari, ijtimoiy ong darajalari, ijtimoiy ong shakllari kiradi. Ijtimoiy ong sohalariga kundalik va nazariy ong, darajalariga – ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura, shakllariga-axloqiy, estetik, diniy, siyosiy, huquqiy ong kiradi. Shuningdek, ijtimoiy ongning maxsus shakllari bor. Bu – fan va falsafadir.
Ijtimoiy ong jamiyatda kechadigan o’zgarishlar, jarayonlarni anglash orqali shakllanadi.
Jamiyat ma’naviy hayotida amal qiladigan umumiy qonun-ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, deb yuritiladi.
Bu qonunning amal qilish ijtimoiy ong va borliqning birligi va uzviy aloqadorligida, ijtimoiy ong taraqqiyotidagi vorislikda, ijtimoiy ongning jamiyat hayotiga faol ta’sirida namoyon bo’ladi.
Respublika Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasining muhim tomonini jamiyat ma’naviyatiga dahldor muammolar tashkil etadi. U «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy axloqiy negizlari ustida to’xtalib, «O’zbekistonni yangilash va rivojlantirish to’rtta negizga tayanib ish ko’rishini ya’ni:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
- vatanparvarlik; - ekanligini asoslab berdi.1
Mamlakatimizda milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanganligi jamiyat ma’naviy hayoti sohasiga e’tiborning kuchliligidan dalolat beradi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling