Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet89/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Jamiyat va shaxs tushunchalarini qanday tushunasiz?

  2. Jamiyat va shaxning o’zaro aloqadorligi deganda nimani tushunasiz?

  3. Shaxsning jamiyatdagi vazifalari qanday?



2-savol bo’yicha dars maqsadi: Jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlar haqida falsafiy fikrlar tarixi va shaxsning tarixiy tiplari tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlar tushuntiriladi.

  2. Jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlar haqida falsafiy qarashlar tushuntirib beriladi.

  3. Shaxsning tarixiy tiplari mazmunini izohlaydi.

2-asosiy savolning bayoni:
Jamiyatning shaxsga ta’siri masalasi ijtimoiy fikr tarixida xilma-xil qarashlarni keltirib chiqargan. Ingliz faylasufi Djon Lokk inson tug’ilganda, uning ongi «toza taxtachaga» o’xshaydi. Yomon ijtimoiy muhit yomon narsalarni yozadi va yomon odamning shakllanishiga olib keladi. yomon odam yomon muhitni yaxshilay olmaydi, deb hisoblaydi.
Feyerbax insonning ongidagi o’zgarish jamiyatning o’zgarishiga sababchi bo’ladi, deb hisoblaydi
Jamiyatning insonga ta’siri, avvalo uning shaxs bo’lib shakllanish jarayonida aks etadi.
Jamiyat shaxsning shakllanishi jarayoniga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Jamiyatning shaxsga ta’siri, megamuhit, makromuhit, mikromuhit darajasida amalga oshadi.1
Megamuhit insoniyat dunyosi, davr muhitining insonga ta’siri.
Makromuhit inson hayot kechirayotgan jamiyat, mamlakat.
Mikromuhit insoni o’rab olgan, unga bevosita ta’sir ko’rsatadigan muhit (oila, mehnat jamoasi).
Shaxsning jamiyatga ta’siri ijtimoiy muhitning turli ko’rinishlarida turlicha kechadi. Shaxsning jamiyatga bevosita ta’siri mikromuhitda namoyon bo’ladi. Makro va megamuhitga ta’siri u mansub bo’lgan ijtimoiy guruh, millatning ta’sirida namoyon bo’ladi. Shaxsning jamiyatga ta’siri uning qanday shaxs ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shaxslarning ularga xos xususiyatlarga ko’ra: a) oddiy, b) talantli, v) buyuk, g) geniy turlarini ko’rsatish mumkin. Oddiy shaxsning jamiyatga ta’siri asosan tor doirada – mikromuhitda bevosita seziladi. Buyuk shaxslar, tarixiy zotlar, geniylar o’z faoliyati bilan jamiyatga ta’sir etishi, uning hayotida chuqur iz qoldirishi mumkin. Bunday holatda shaxs tarixni sub’ekti darajasiga ko’tariladi. Tarixiy taraqqiyot, uning yo’nalishiga buyuk shaxslar sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadilar.
Jamiyat va shaxs orasidagi aloqadorlikka ijtimoiy-tarixiy nuqtai-nazardan yondashmoq lozim. Bu narsa, bir tomondan, shaxsning jamiyatga ta’siri turli davrlarda o’ziga xos namoyon bo’lishini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, jamiyat turli davrlarda shaxs oldiga turli vazifalarni qo’yadi. Shunga ko’ra, Sharq madaniyatida donolik, botirlik, kamtarlik odillik qadrlangan. Qadimiy Yunonistonda aqliy barkamollikka erishish yuksak baholangan; sanoatlashgan jamiyatda esa tadbirkorlik, tashabbuskorlik qadrlangan.
Jamiyat bilan shaxs orasidagi aloqadorlik shaxsning tarixiy tiplarida o’z ifodasini topadi. Shaxsning tarixiy tiplari deganda: a) shaxsiy qaramlik, b) shaxs mustaqilligi, v) erkin shaxs nazarda tutiladi.
Shaxsiy qaramlik insoniyat jamiyati taraqqiyotinng quyi bosqichlariga xos. Ibtidoiy jamiyatda shaxsnnig extiyojlari, faqat jamoa vositasida qondirilgan va u jamoaga qaram. Arxaik jamiyatlarda hali inson shaxs bo’lib shakllanmagan. Bu taraqqiyotning individ bosqichi, deb yuritiladi. Quldorlik, feodalizm tuzumida shaxs o’z xo’jayinlariga qaram. Mulk egalari bu jamiyatlarda qaramlik sub’ekti bo’lib hisoblanadilar. Shaxsiy qaramlik ishlab chiqarish usuli bilan bog’liq. Dastlab, tsivilizatsiyaga qadar faqat o’zlashtirishga asoslangan ishlab chiqarish usuli mavjud edi. Keyinchalik agrar tsivilizatsiya davrida (quldorlik, feodalizm) shaxs mulk egasiga qaram bo’lib qoldi. Bu qaramlik quldorlikda – batamom qaramlikni, feodal jamiyatda esa qisman qaramlikni ifodalar edi. Insonning shaxsga aylanish jarayoni uning ma’lum darajada o’zini o’zi anglash, extiyojlari doirasining kengayishi, ma’naviy extiyojlari bilan bog’liq edi. Quldorlik, feodalizm davrida hosil qilingan qo’shimcha maxsulotlar ma’naviy extiyojlarni qondirish uchun etarli emas edi.
Shaxs bilan jamiyat orasida o’zaro munosabatning ikkinchi bosqichi kapitalizm davrida tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Bu bosqich moddiy qaramlikka asoslangan shaxs mustaqilligi, deb yuritiladi. Bir tomondan, kapitalizm davrida jamiyatga kasb-hunarni erkin tanlay oladigan, bir joydan ikkinchi joyga ko’cha oladigan erkin ishchi kuchi kerak. Shu bilan bir qatorda erkin mexnatkash o’z ish kuchini narsa, tovar sifatida sotmogi va uning o’rniga o’ziga kerak bo’ladigan narsalarni erkin olmog’i lozim. Bu hol ishchi kuchining tovarga aylanganligidan dalolat beradi.
Erkin shaxs postindustrial jamiyatga o’tish jarayonida shakllana boshladi. Bu jamiyatda bilim, axborot, kasbiy mahorat ustuvor hisoblanadi, xizmat ko’rsatish sohalari jadal rivojlana boshlaydi. Qudratli moddiy-texnik baza, taraqqiy etgan ishlab chiqaruvchi kuchlari bo’lgan bilan bunday jamiyatda shaxs taraqqiyotining moddiy va ma’naviy omillari etilgan bo’ladi. Ochiq, erkin jamiyat erkin shaxsning shakllanishida zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Shaxs faqat ochiq, erkin jamiyatdagina erkin bo’la olishi mumkin. Shuning uchun ham mustaqillikka erishgan, demokratik taraqqiyot yo’lini tanlab olgan davlat va jamiyatda inson eng oliy qadriyatga aylanadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling