Mas’ul muharrir: f f. n dotsent S. Ismoilov Taqrizchilar: f f. n dotsent Sh. Yusupov katta o’qituvchi B. G’ofurov


Download 1.53 Mb.
bet90/150
Sana28.12.2022
Hajmi1.53 Mb.
#1021188
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ижтимоий фалсафа

Muhokama uchun savollar:


  1. Jamiyat va shaxs munosabatlarini qanday tushunasiz?

  2. Jamiyat va shaxs munosabatlari haqidagi falsafiy qarashlar haqida nimalarni bilasiz?

  3. Shaxsning tarixiy tiplari deganda nimani tushunasiz?



3-savol bo’yicha dars maqsadi: Shaxsning jamiyatga ta’siri, shaxs erkinligi va ma’suliyati hamda bu borada O’zbekistonda olib borilayotgan ishlar tushuntirib beriladi.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Shaxsning jamiyatga ta’siri tushuntiriladi.

  2. Shaxs erkinligi va ma’suliyati mazmuni izohlanadi.

  3. O’zbekistonda shaxs erkinligi va ma’suliyati masalalariga berilayotgan e’tibor izohlanadi.

3-asosiy savolning bayoni:
Jamiyat va shaxslar orasidagi o’zaro aloqa va munosabatlar tahlili shundan dalolat beradiki, jamiyatning tsivilizatsiyali taraqqiyoti shaxs rolining tobora o’sib boruviga olib keladi. Bu hol shaxs erkinligi bilan ma’suliyati masalasini dolzarb masalaga aylantiradi. Shu munosabat bilan erkinlikning o’zi nima? Erkin shaxs qanday shaxs? Kabi savollarga javob topish lozim bo’ladi. Avvalo, erkin shaxs deganda mustaqil shaxs nazarda tutiladi. Mustaqil shaxs mustaqil fikrlash, ishlash, yashash malakasiga ega bo’lgan odam.1
Shaxs mustaqilligini ta’minlovchi eng muhim kafolatlaridan biri – insondagi erkinlik va ma’suliyat tuyg’ularining uyg’unlashganidir. Erkinlik muammosiga faylasuflar o’z munosabatlarini bildirganlar. Rus faylasufi N.Berdyaevning fikricha, erkinlik tufayli inson tanlash, saralash imkoniyatiga ega bo’ladi. Lekin faqat tanlashning o’zigina erkinlikni ta’minlab bera olmaydi. Xaqiqiy erkinlik ijodkorlikni taqozo etadi. Inson erkinligini ijodkorlikdan, bunyodkorlikdan ajratish mumkin emas.2
Deterministik kontseptsiya tarafdorlari erkinlik insonning ob’ektiv zaruriyatni anglab olish qobiliyati, deb tushunadilar. Erkinlik tanlash uchun imkoniyat mavjud bo’lgan joyda vujudga keladi. Erkinlik insonning o’z maqsadlariga erishishining muhim omili, uning uchun berilgan imkoniyatdir. Erkinlik tushunchasining lug’aviy ma’nosi – kishining o’z istagi bo’yicha ish ko’rish imkoniyati.
Erkinlik, shaxs erkinligi volyuntarizm va fatalizm falsafiy yo’nalishlarining bosh masalasidir. Fatalizm lotincha fatalis – taqdirga oid, degan ma’noni anglatadi. Pifagorchilar, Demokrit, Nitsshe fatalizm namoyondalari hisoblanadilar. Fatalizm Kalom falsafasining eng muhim aqidalaridan biridir. Fatalizm har bir hodisa va insonning barcha hatti-harakatlari taqdiri – azalga bog’liq, deb hisoblaydi. Fatalizm inson hech narsani o’zgartira olmaydi, barcha narsa, hodisa, jarayonlar mazmuni, yo’nalishi, okibatlari oldindan belgilangan, degan g’oyani ilgari suradi va bu bilan insonni hech qanday faoliyat ko’rsatmaslikka, passivlikda, qismatga buysundirishga chaqiradi.
Volyuntarizm lotincha voluntas – iroda, degan ma’noni ifodalaydi. volyuntarizm nuqtai-nazarining yirik vakili Shopengauer hisoblanadi. Volyuntarizm falsafasi qadimdan ilgari surilgan. Bu nuqtai-nazar xristianlik falsafasining yirik vakili Avgustin talimotida aks etgan. Volyuntarizm – shaxs irodasini birlamchi, deb e’tirof etadi hamda tarixiy jarayonlar alohida shaxslarning sub’ektiv hohishlariga asosan amalga oshadi, degan g’oyaga asoslanadi.
Fatalizm ham, volyuntarizm ham jamiyat va shaxs orasidagi munosabatlar masalasiga sub’ektiv yondashadi.
Mustaqil shaxsga xos asosiy xususiyat erkinlikdir. Erkinlik tushunchasining lug’aviy ma’nosi kishining o’z istagi bo’yicha ish tutishdir. Erkinlik jamiyat hayotining turli sohalari bilan bevosita bog’liq. Shunga ko’ra erkinlik deganda, a) iqtisodiy, b) siyosiy, v) ma’naviy erkinlik nazarda tutiladi. Iqtisodiy erkinlik, bu avvalo majbur qilish, ekspluatatsiyadan ozodlikdir. Ayni vaqtda iqtisodiy erkinlik inson tomonidan ijtimoiy mexnatning turini tanlab olishda, mulkka munosabatda va qaerda faoliyat ko’rsatishni tanlab olishda namoyon bo’ladi. Bunda shaxs ham o’z intilishlari, ham real jamiyatning real imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Siyosiy erkinlik hayot kechirish uchun zarur huquq va erkinliklarning mavjudligi bilan harakterlanadi. Taraqqiy etgan jamiyatda davlat insonning haq-huquqlarini kafolatlaydi. Saylash – saylanish huquqi, adolatli davlat tizimi, xalqning davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishdagi ishtiroki, ya’ni demokratik huquq va erkinliklardan foydalanish siyosiy erkinlik tushunchasida ifodalanadi.
Ma’naviy erkinlik deganda, avvalo, vijdon erkinligi, jamiyat ma’naviy hayotida ishtirok etish, ma’naviy boyliklardan baxramand bo’lish, ijodning u yoki bu turi bilan shug’ullanish, so’z erkinligi kabilar nazarda tutiladi.
Erkinlik ma’suliyat, javobgarlik bilan bevosita bog’lik. Erkinlik va ma’suliyat inson faoliyatinnig o’zaro uzviy bog’liі ikki tomonini tashkil etadi. Ma’suliyat avvalo, javobgarlik ma’nosini ifodalaydi. Ma’suliyat – ijtimoiy ahamiyatli burch va vazifalarning bajarilishi, muayyan axloqiy tamoyillarga rioya qilish bo’yicha shaxsning jamiyat a’zolari oldidagi javobgarligi. Erkinlik kabi ma’suliyat ham xilma-xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Siyosiy, huquqiy, axloqiy ma’suliyat, shaxs ma’suliyati, jamoa mas’uliyati va boshqalar shular jumlasidandir.
Ma’suliyat jamiyat, ijtimoiy guruh tomonidan shaxsga qo’yiladigan talablar asosida shakllanadi. Bu talablarning shaxs tomonidan o’zlashtirilishi uning hatti-harakatlari, faoliyatida namoyon bo’ladi. Shaxsning shakllanishida ma’suliyat xissini tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Ma’suliyat shaxsning jamiyat manfaatlarini qay darajada chuqur anglay olishini nazarda tutadi. Erkin shaxs avvalo jamiyat manfaatlarini anglagan, jamiyat oldidagi o’z ma’suliyatini chuqur xis eta oladigan inson. Jamiyat hayoti va taraqqiyoti inson faoliyatining maxsuli va ko’rinishi ekan, inson qanchalik ma’suliyatni chukur xis eta olsa, shunchalik u ongli faoliyat ko’rsata oladi.
Shaxs erkinligi ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling