Muhokama uchun savollar:
Ijtimoiy taraqqiyot dialektik jarayon deganda nimani tushunasiz?
Evolyutsion taraqqiyotning mazmunini izohlang?
Inqilobiy taraqqiyot va evolyutsion taraqqiyotning o’zaro farqlarini ifodalang?
Mavzu yuzasidan mustaqil ish topshiriqlari:
Ijtimoiy taraqqiyot tabiiy tarixiy jarayon ekanligini tushuntiring?
Ijtimoiy taraqqiyot haqida falsafiy qarashlarning shakllanishi haqida nimalarni bilasiz?
Ijtimoiy taraqqiyotga formatsion va tsivilizatsiyali yondashuvlarni izohlang?
O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida nimalarni bilasiz?
Mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar:
Ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy progres, ijtimoiy regress tushunchalari, ijtimoiy taraqqiyotga tarixiy va zamonaviy yondashuvlar, O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni yuksaltirishga qaratilayotgan e’tibor haqida kengroq ma’lumot olishga zamin yaratiladi.
Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
Ijtimoiy taraqqiyot va bunda kechadigan o’ziga xos jarayonlar, bu haqdagi falsafiy qarashlarning mazmun-mohiyati, o’ziga xos tomonlarini har tomonlama tahlil etishga erishish.
O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va bundan ko’zlangan maqsad nimada ekanligi, I. A. Karimov asarlarida ijtimoiy taraqqiyot masalalarining yoritilishini kelajak avlodlarga etkazib berishni kengroq targ’ib etishga e’tibor qaratish.
Adabiyotlar:
Falsafa. O’quv qo’llanma. – T.: “Sharq”, 1999 yil, 268-276-betlar.
Falsafa asoslari. – T.: “O’zbekiston” , 2005 yil, 284-288 betlar.
Tulenov J. Jamiyat falsafasi. Oltinchi bo’lim. – T.: 2001 yil, 24-28 betlar.
Falsafa – T.: 2006 yil, 444-464 betlar.
Karimov I, Tulenova K. Ijtimoiy falsafa. (Uslubiy qo’llanma) – T.: 2008 yil, 72-77 betlar.
Krapivenskiy S. E. Sotsialnaya filosofiya. – Moskva, “Vlados”, 1998 yil, 53-60, 151-174 betlar.
Danilyan O.G, Taranenko V.M. Filosofiya – Moskva, “Eksmo”, 2005 yil, 437-446 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |